suv yordamida qisilgan havo teshikning yuqorisiga qarab harakatlanadi va uning
uzviy davomi bo‘lgan gidro trubina parragini harakatga keltiradi. To‘lqin ketishi
(qaytishi) bilan havoning teskari harakati boshlanadi va yana jadallik bilan teshikdagi
vakuum havoga to‘ladi. Jarayoning bir necha bor takrorlanishi oqibatida har gal gidro
trubina boshqatdan yangi aylanish impulsini oladi. Mutaxassislarning hisob-
kitoblariga ko‘ra bunday elektrostansiyalardan oqim energiyasining 45 foizigacha
miqdorda foydalanish mumkin.
Ikkinchi tur oqim elektrostansiyalarining tuzilishi va ishlash prinsipi 1.4 -
rasmda keltirilgan. Bunday elektrostansiyalar to‘lqinning zarb kuchi ostida vintning
aylanishiga asoslangan. Har galgi suv to‘lqini vintlarni aylantirib vintga uzatish
mexanizmi orqali biriktirilgan generator elektr energiyasini ishlab chiqaradi.
1.4-rasm. Daryo va dengiz oqimi energiyasi foydalanib