• Issiqlik energiyasining yer qaridan otilib chiqishi. 1.8-rasm . Issiq suv va bug‘ manbalari
  • Yerning geotermal energiyasi vositasida ishlovchi elektr stansiyalar




    Download 4,8 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet7/75
    Sana20.01.2024
    Hajmi4,8 Mb.
    #142019
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   75
    Bog'liq
    qayta tiklanuvchi energiya

     
    Yerning geotermal energiyasi vositasida ishlovchi elektr stansiyalar. 
    Issiqlik yoki elektr energiyasini yer qa’ridan chiqadigan issiqlikdan olish 
    mumkin. Yer qaridan chiqadigan issiqlik yer qatlamiga yaqin bo‘lsa, geotermal 
    energetika iqtisodiy samarador bo‘ladi. Vulqon harakati faol va ko‘p sonli issiq suv 
    manbalari(geyzerlar)ga ega bo‘lgan Yapon arxipelagidagi Kamchatka yarim oroli, 
    Kuril orollarida geotermal energetika iqtisodiy jihatdan samarador hisoblanadi (1.7 
    va 1.8-rasm).


    Boshqa birlamchi manbalardan farqli o‘laroq geotermal energiya manbaini bir 
    necha ming kilometr uzoq masofaga uzatish iqtisodiy va texnik tomondan samarador 
    emas.
    Shu sababli yer ostidan chiqadigan issiqlik energiyasi – mahalliy energiya 
    manbai hisoblanib, bir muncha kichikroq hududda (geologiya-razvedka, burg‘ilash 
    uchastkasini tayyorlash, burg‘ulash, quduqlarni sinovdan o‘tkazish, suyuqlikni olish, 
    energiya ishlab chiqarish va uzatish, to‘ldirish, infratuzilmani yaratish va boshqalar) 
    o‘zlashtiriladi va ishlatiladi.
    1.7-rasmIssiqlik energiyasining yer 
    qaridan otilib chiqishi. 
    1.8-rasmIssiq suv va bug‘ manbalari 
    Geotermal energiyadan AQSH, Meksika va Filippinda katta miqyosda 
    foydalaniladi. Filippinda geotermal energiya ulushi 19%, Meksika - 4%, AQSH 
    (bevosita isitish, shu jumladan elektr energiyasini qayta ishlashsiz) - 1% ga teng. 
    AQSH ning barcha geotermal elektr stansiyalarining umumiy quvvati 2 million kVt 
    dan ortiq. Geotermal energiya Islandiya poytaxti Reykyavikni issiqlik energiyasi 
    bilan to‘liq ta’minlaydi. 1943-yilda u erda 440 dan 2400 metrgacha chuqurlikka ega 
    bo‘lgan 3240 quduq burg‘ulangan bo‘lib, ular yordamida 60 dan 130 ° C gacha 
    haroratga ega bo‘lgan issiq suv yer sathiga ko‘tariladi. Ushbu quduqlardan 
    to‘qqiztasi hali ham faol ishlamoqda. Rossiya Federatsiyasining Kamchatka yarim 
    orolida quvvati 200 MVt li geotermal IES (issiqlik elektr stansiyasi) faoliyat 
    ko‘rsatmoqda. 



    Download 4,8 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   75




    Download 4,8 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Yerning geotermal energiyasi vositasida ishlovchi elektr stansiyalar

    Download 4,8 Mb.
    Pdf ko'rish