ularning umumiy quvvati 1 mln. kVt dan ortiqni tashkil etgan. Ushbu qurilmalar
yordamida 250 mlrd. pud bug‘doy yanchilgan bo‘lib, bu o‘z navbatida uzoq
masofalarda joylashgan yirik aholi turar joylari (poselkalar) va shaharlarda katta
tegirmonlarga borib vaqt va mablag‘ sarflash kabi ortiqcha ovoragarchilikdan voz
kechish imkonini bergan.
Afsuslar bo‘lsinki, tabiiy resurslardan foydalanishga ayovsiz munasabatda
bo‘lish oqibatida o‘tgan asrning 40 - yillarida sobiq SSSR aksariyat shamol va suv
elektr dvigatellar buzib tashlandi. 50 - yillarga kelib ushbu uskunalar qoloq texnika
sifatida batamom tugatildi.