Fizik variantda quyosh energiyasi maxsus oynalar orqali fokuslanib,
kollektorlarga yo‘naltiriladi yoki yarim o‘tkazgichli quyosh elementlari yordamida
akkumulyasiyalanadi.
Biologik variantda esa o‘simlik to‘qimalarida yig‘ilgan
quyosh energiyasidan
fotosintez jarayonida organik moddalar (odatda yog‘och) hosil qilinadi. Ushbu
variant katta miqdordagi o‘rmonlar zaxiralariga ega bo‘lgan mamlakatlar uchun
qulaydir.
Masalan, Avstraliyada yaqin yillarda yog‘ochni chala yoqib pista ko‘mir hosil
qilib sotish yoki to‘la yoqish orqali issiqlik energiyasini hosil qilish bo‘yicha umumiy
daromadning 305 foizini qoplashni rejalashtirilgan. Bunday maqsadlar uchun Buyuk
Britaniya qishloq xo‘jalik ekinlariga yaroqsiz bo‘lgan 1 mln.
gektar er maydonida
o‘rmonzor barpo etmoqda.
Qisqa muddatda maqsadga erishish uchun tez o‘sish xususiyatiga ega bo‘lgan
terakning maxsus navlari ekilmoqda. Ushbu teraklar 3 yilda 4 metr balandlikgacha
o‘sadi va poyasi 6 sm gacha yo‘g‘onlashadi.
Oxirgi yillarda qayta tiklanuvchan va noananaviy energiya manbalaridan
foydalanish muammosi dolzarb bo‘lib qolmoqda.
Ushbu texnologiyalar katta
miqdordagi mablag‘ni talab etsada katta foyda keltiradi.
1983-yil fevral oyida dunyoda birinchi bo‘lib amerikaning «Arka Solar»
firmasi quvvati 1 MVt li kuyosh elektrostansiyasidan foydlanishni boshladi. Masalan,
10 mingta maishiy iste’molchilarni elektr energiyasi bilan ta’minlash imkoniyatiga
ega bo‘lgan (quvvati 10 MVt ga yaqin bo‘lgan) quyosh elektr stansiyasini barpo
etilsa, unga o‘rtacha 190 mlrd. dollar mablag‘ sarflandi. Bu qattiq yoqilg‘ida
ishlovchi issiqlik elektrostansiyasini barpo etishdan to‘rt marta qimmat hamda atom
yoki gidroelektrostansiyasiga nisbattan uch marta katta.
Ammo shunga qaramasdan quyosh energiyasini o‘rganish bo‘yicha tadqiqotlar
olib borayotgan mutaxassislarning fikriga ko‘ra, quyosh
energiyasidan foydalanish
texnologiyalarining rivojlanib borishi bilan narxlar ham pasayib boradi.
Energetikaning kelajagi quyosh va shamol energiyasiga asoslanishi ehtimoli
juda yuqori.
1995-yilda Hindiston shamol energiyasini ishlab chiqarish bo‘yicha dasturni
amalga oshirishni boshladi.
Hozirda Amerika qo‘shma shtatlarda shamol stansiyalarining umumiy quvvati
1654 MVt ni, Evropa Ittifoqida - 2534
MVt ni tashkil etadi, shundan 1000 MVt
miqdoridagi elektr energiyasi Germaniyada ishlab chiqarilmoqda.
Ayni paytda shamol energetikasi Germaniya, Angliya, Gollandiya, Daniya,
AQSHda eng ko‘p rivojlangan (faqat Kaliforniya shtatining o‘zida 15 ming shamol
tegirmoni mavjud).
Ta’kidlash joizki, shamolning doimiy yangilanib turishi undan doimiy energiya
olish imkonini beradi. Shamol stansiyalari atrof-muhitni ifloslantirmaydi.
Shamol
energetikasi yordamida dunyoning har qanday chekka va ovloq joylarini ham elektr
energiyasi bilan ta’minlash mumkin.
Misol uchun, Guadalupedagi Desirat orolining 1600 kishidan iborat bo‘lgan
aholisi 20 ta shamol generatori tomonidan ishlab chiqariladigan elektr energiyasidan
foydalanadi.