hunar ta‟limi tarmoqli standarti – malaka talablariga mos holda kasbiy tavsifnoma
asosida muayyan tayyorlov yo„nalishi va kasb-hunar bo„yicha ta‟lim mazmunining
zarur va yetarli hajmi va so„nggi
maqsadlarini, o„quv yuklamalari hajmini
aniqlovchi hamda ta‟lim sifatining standart talablariga muvofiqligini ta‟minlovchi
meyoriy hujjatdir.
Kasb-hunar ta‟limi dasturi kasb-hunar kolleji bitiruvchisiga egallagan
kasbi bo„yicha ishni malakali bajarish imkonini berish hajmidagi ma‟lum kasbga
doir umumkasbiy va maxsus fanlarni hamda ishlab chiqarish ta‟limi va amaliyotini
o„z ichiga oladi.
Kasb-hunar ta‟limi dasturini muvaffaqiyatli
egallash kasb-hunar
kollejlari bitiruvchilarini kasbi va ixtisosligi bo„yicha mehnat faoliyatini amalga
oshirish huquqi bilan ta‟minlaydi. O„rta maxsus, kasb-hunar ta‟limini
standartlashtirishning maqsadi va vazifalari – o„rta maxsus, kasb-hunar ta‟limining
yuksak sifatini hamda mamlakatda amalga oshirilayotgan chuqur iqtisodiy va
ijtimoiy islohatlarni, rivojlangan demokratik davlat barpo
etish talablariga javob
beruvchi raqobatbardosh kadrlar tayyorlashni ta‟minlash, sifatli ta‟lim xizmatlari
ko„rsatish, kadrlar tayyorlash sohasida shaxsning manfaatlarini himoya qilish,
kadrlar tayyorlash sifatini, ta‟lim faoliyatini baholash
mezonlari va tartibini
belgilashdan iboratdir.
O„rta maxsus, kasb-hunar ta‟limi sifatiga va kadrlar tayyorlashga,
ko„rsatiladigan ta‟lim xizmatlari turlariga nisbatan qo„yiladigan maqbul talablarni
belgilash, ta‟lim oluvchilarning bilimi va kasb malakasi darajasini vaqti-vaqti bilan
baholash tartibiga, xalqning boy merosi va umuminsoniy qadriyatlar asosida ta‟lim
oluvchilarni ma‟naviy-axloqiy tarbiyalashning samarali shakllari va usullarini joriy
etishdan iborat bo„ladi.
O„rta maxsus, kasb-hunar ta‟limi, o„quv-tarbiya jarayonini, pedagogik va
axborot texnologiyalari bilan ta‟minlashga, ta‟lim darajasini nazorat qilishga,
ta‟lim muassasalarida ta‟lim oluvchilar va ularni bitiruvchilarning malakasiga
nisbatan meyorlar
va talablarni belgilash; kadrlarning maqsadli va sifatli tayyorlash
uchun ta‟lim, fan, ishlab chiqarishning samarali integratsiyasini ta‟minlashdan
iboratdir.
Fanning o„quv dasturi Oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligidan, ishchi dastur
esa ta‟lim muassasining o„quv-uslubiy kengashi tomonidan tasdiqlanadi. Fanning
ishchi o„quv dasturi namunaviy dastur asosida ishlab chiqiladi. O„quv fani dasturi
ham huddi o„quv rejasi kabi muhim davlat hujjati bo„lib, unda muayyan o„quv
predmeti mazmuni ochib beriladi va o„quv yili davomida ta‟lim
oluvchilar
tomonidan o„zlashtirilishi zarur bo„lgan bilim, ko„nikma va malakalar hajmi
ko„rsatiladi. O„quv fani dasturi – ta‟lim mazmuni, uning ta‟lim oluvchilar
tomonidan o„zlashtirilishining eng maqbul usullari, axborot manbalari ko„rsatilgan
normativ hujjat. O„quv fani dasturlari tegishli ta‟lim (umumiy o„rta, o„rta maxsus,
kasb hunar yoki Oliy ta‟lim) turidagi barcha ta‟lim muassasalari uchun yagona,
uning talablari to„la ravishda bajarilishi majburiydir. Dastur tushuntirish xati,
bo„lim va mavzular bo„yicha ajratilgan soatlar hajmi,
dastur materiali mazmuni
hamda tavsiya etiladigan adabiyotlar ro„yxatidan iborat.