• Nima ishlab chiqarish kerak Qanday ishlab chiqarish kerak Kimga ishlab chiqarish kerak
  • Microsoft Word 01 Kishlok xujalik ishlab chikarish iktisodiyoti




    Download 8,59 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet100/386
    Sana30.05.2024
    Hajmi8,59 Mb.
    #257248
    1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   386
    Bog'liq
    qorakol

     
     
    6.1.Resurslarningcheklanganligi. Cheklanganresurslarnitaqsimlash. 
     
    Noyob ne’matlarni ikki turga bo‘lish mumkin:
    1.
    Ishlab chiqarish resurslari
    2.
    Iste’mol ne’matlar. 
    Agar ne’mat noyob bo‘ladigan bo‘lsa, u holda cheklangan ne’matlarni qanday qilib iqtisodiy 
    subyektlar o‘rtasida ratsional taqsimlashni amalga oshirish muammosi - bu markaziy iqtisodiy 
    muammo hisoblanadi. 
    Bu muammoni yechish uchun har qanday jamiyat quyidagi uchta iqtisodiy savolga javob berishi 
    kerak: 
    Nima ishlab chiqarish kerak? 
    Qanday ishlab chiqarish kerak? 
    Kimga ishlab chiqarish kerak?
    Iqtisodiy ehtiyoj - shaxsni, korxonani yoki jamiyatni faoliyat ko‘rsatishini va 
    rivojlanishini 
    ta’minlab turish uchun zarur bo‘lgan moddiy resurslar. Iqtisodiy ehtiyojni iqtisodiy faoliyatga 
    undaydigan ichki kuch sifatida qarash mumkin. 


    123 
    Iqtisodiy ehtiyojni ikki turga bo‘lish mumkin: birlamchi ehtiyoj (oziq-ovqat, kiyim-kechak, uy-joy); 
    ikkilamchi ehtiyoj (dam olish, sayohat qilish, sport bilan shug‘ullanish, o‘qish va hokazo). Umuman 
    olganda, ehtiyoj real va noreal bo‘lishi mumkin. 
    Real ehtiyoj deganda, ushbu ehtiyojni qondirish uchun shaxsning daromadi yetarli bo‘lishi taqozo 
    qilinadi. 
    Noreal ehtiyoj bo‘lganda,ehtiyojni qondirish uchun daromad yetarli bo‘lmaydi. 
    Iqtisodiy ne’mat - bu ehtiyojni qondirish vositasi. 
    Ne’matlar cheklangan va cheklanmagan bo‘lishi mumkin. 
    Cheklangan ne’matlarga tovarlar, xizmatlar va resurslar kiradi (avtomobil, kiyim-kechak, non, paxta 
    tolasi va boshqalar). Cheklangan ne’matlar iqtisodiy ne’matlarni tashkil qiladi. 
    Cheklanmagan ne’matlarga misol tariqasida havo va suv kirishi mumkin. 
    Bir-birini o‘rnini bosuvchi ne’matlar - bu bir xil ehtiyojni qondiruvchi ne’matlardir. Masalan, 
    shaxsning go‘sht mahsulotiga bo‘lgan ehtiyojini mol go‘shti, qo‘y go‘shti yoki parranda go‘shti bilan 
    qondirish mumkin. Odatda, bir-birini bosuvchi tovarlardan biri narxining oshishi, boshqasiga bo‘lgan 
    talabni oshishiga olib keladi. 
    O‘zaro bir – birini to‘ldiruvchi ne’matlar – bu shaxsni yoki ishlab chiqarish ehtiyojini kopmlektlarda 
    qondiradigan ne’matlar. To‘ldiruvchi ne’matlardan biriga talab oshsa, qolganlariga ham talab oshadi. 
    Iqtisodiy resurslar (ishlab chiqarish omillari) – bu iqtisodiy ne’matlarni ishlab chiqarishda 
    qatnashadigan elementlar (yer, mehnat, kapital, tadbirkorlik qobiliyati va axborotlar). 
    Tadbirkorlik qobiliyati deganda, o‘ziga xos bo‘lgan shunday inson resursi tushuniladiki, u o‘zidan 
    boshqa ishlab chiqarish resurslaridan samarali foydalana olish qobiliyatini mujassamlashtiradi. 
    Ishlab chiqarish imkoniyati – berilgan texnologik rivojlanishda barcha mavjud resurslardan to‘liq va 
    samarali foydalangan xolda jamiyatninig iqtisodiy ne’matlar ishlab chiqarish qobiliyatidir.

    Download 8,59 Mb.
    1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   386




    Download 8,59 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Microsoft Word 01 Kishlok xujalik ishlab chikarish iktisodiyoti

    Download 8,59 Mb.
    Pdf ko'rish