17
Fanning o’quv rejasidagi boshqa fanlar bilan o’zaro bog’liqligi va uslubiy jihatdan uzviy ketma-
ketligi
“Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarish iqtisodiyoti” fani asosiy ixtisoslik fani hisoblanib, 3 semestrda
o’qitiladi. Rejalashtirilgan gumanitar va ijtimoiy (iqtisodiy
nazariya, iqtisodiy ta’limotlar tarixi),
matematik va tabiiy-ilmiy (iqtisodiy-matematik usullar va modellar, iqtisodiy geografiya va ekologiya),
umumkasbiy (mikroiqtisodiyot, statistika, makroiqtisodiyot, mehnat
iqtisodiyoti, inson taraqqiyoti, jahon
iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar,
marketing, qishloq xo’jaligida ishlab chiqarish
texnologiyasi, xorijiy investisiyalar) va ixtisoslik (fermer va dehqon xo’jaliklari iqtisodiyoti,
qishloq
xo’jaligi korxonalari faoliyatini boshqarish) fanlaridan yetarlicha bilim va ko’nikmalarga ega bo’lishlik
talab etiladi.
Fanning ishlab chiqarishdagi o’rni
Qishloq xo’jaligida mulkchilik munosabatlari va turli mulkchilikdagi korxonalarning tashkiliy-
iqtisodiy
hamda huquqiy asoslari, qishloq xo’jaligiga davlat rahbarligi va davlatning agrar siyosati,
innovasion texnologiyalarni
tadbiq etishni, qishloq xo’jaligida yer-suv, moddiy-texnikaviy va boshqa
resurslardan
foydalanish, qishloq xo’jaligiga servis xizmatlari ko’rsatish, ishlab chiqarish xarajatlari,
daromadlar
va foydani anishlash, ishlab chiqarish samaradorligi ko’rsatkichlarini tahlil etish, qishloq
xo’jaligi mahsulotlarini sotish, investisiyalar jalb etish yo’nalishlari hamda tarmoqlarning rivojlanishini
ta’minlaydigan aniq tadbirlarni amaliyotga joriy etilishi, ishlab chiqarishni
barqaror yuksalishini
ta’minlaydi.
Shuning uchun ham “Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarish iqtisodiyoti” fani ixtisoslik fanlari
blokining asosiy fanlaridan biri hisoblanadi.