16
KIRISh
Mamlakat iqtisodiyotida qishloq xo’jaligining o’rni va ahamiyati ulkan. Kelajakda respublika
iqtisodiyotini barqaror rivojlanishini ta’minlash uchun qishloq xo’jaligini yuksaltirish obektiv zaruriyat
hisoblanadi.
Qishloq xo’jaligini bozor iqtisodiyoti qonunlari talablari darajasida rivojlantirish uchun tarmoqda
erkin faoliyat ko’rsatish imkoniyatiga ega bo’lgan turli xildagi mulk shakllarini, ularga asoslangan
tadbirkorlik turlari va ular o’rtasidagi erkin bozor munosabatlarining nazariy, uslubiy asoslarini
erkinlashtirish, takomillashtirish, investisiyalarni jalb etib, fan-texnika yutuqlarini, yangi texnikalarni,
ilg’or texnologiyalarni ishlab chiqarishga joriy etish, barcha resurslardan, kapitaldan to’liq va samarali
foydalanish yo’llarini belgilash, barcha xarajatlarni tejash, mehnat unumdorligini yuksaltirish, ularni
rag’batlantirish tizimini takomillashtirish hamda foyda summasini ko’paytirish yo’llarini asoslangan
holda belgilab olish maqsadga muvofiqdir.
O’quv fanining maqsadi va vazifalari
Fanni o’rganishdan asosiy maqsad - talabalarda bozor iqtisodiyoti rivojlanishi sharoitida qishloq
xo’jaligi iqtisodiyotining nazariy va amaliy masalalari to’g’risida talab qilinadigan bilimlarni erkin bozor
qonun va qonuniyatlari asosida shakllantirishdir. Fanning maqsadi quyidagi vazifalarni hal yetishni talab
etadi:
-
jahon, respublika iqtisodiyotida qishloq xo’jaligining o’rnini, ahamiyatini anglab yetish;
-
tarmoqdagi amalga oshirilayotgan agrar-iqtisodiy islohotlar, ularni chuqurlashtirish
yo’nalishlarini o’rganish;
-
tadbirkorlik shakllarining rivojlanishini, samaradorligini, FTT, innovasion texnologiyalar,
ularga bo’lgan talab, ularni iqtisodiy baholashni amalga oshirish hamda ulardan foydalanish
samaradorligini o’rganish;
-
xarajatlar, ularni kamaytirish, daromadlar, foyda, ularni ko’paytirish yo’llarini, mahsulotlarni
ishlab chiqarish, ularni samarali taqsimlash, tarmoqdagi baholar tizimi, ularni takomillashtirish va
tarmoqlar iqtisodiyoti, ularga iqtisodiy baho berish hamda rivojlantirish yo’llarini o’rganish.