462
foydalanuvchilarga, ijarachilarga,to’g’`ri taksimlash to’g’risida zarur, ishonchli ma’lumotlar va
xujjatlar yig’indisi.
Fond bilan ta’minlanish
/Фондообеспеченность/ Fund-
kishlok xo’jalik subyektlarining
bir birlikdagi yer maydoniga to’g’ri keladigan fondlar kiymati.
8-MAVZU.QISHLOQ XO’JALIK MODDIY-TEXNIKA RESURSLARI VA ULARDAN
SAMARALI FOYDALANISH.
Aylanma vositalar /Оборотные сресдтва/
circulating assets
(o’zgaruvchi vosita) -
kishlok xo’jalik maxsulotlarini ishlab chikarish ishlarini bajarish, xizmatlar ko’rsatish jarayonida
bir marta katnashib, o’z kiymatini ularga to’lik o’tkazadigan vositalardir.
Asosiy vositalar (doimiy kapital)/Основные средства (постоянный капитал)/
fixed
assets
- kishlok xo’jalik subyekti faoliyatida uzok yillar mobaynida foydalanib, o’z kiymatini
ishlab chikariladigan maxsulotlarga, ishlarga, xizmatlarga asta - sekin o’tkazib beradigan
vositalardir.
Asosiy kapitalga investitsiya (kapital ko’yilma)
/Инвестиция на основной
капитал(капитальные вложения)/
capital expenditure
- asosiy vositalarni barpo etish va
takror ishlab chikarishga sarflangan mablag’
Ishlab chikarishni modernizatsiyalash
/Модернизация производства/
Modernization
of production
- ishlab chikarishni (kishlok xo’jalik) zamonaviy texnologiyalar bilan jixozlash,
uni ma’naviy yangilash, tarkibiy texnik xamda texnologik kayta tuzish chora-tadbirlarini o’z
ichiga oluvchi jarayon.
Ishlab chikarishni modernizatsiyalashning asosiy yo’nalishlari:
-tarmokdan, korxonalarda jismonan, ma’nan eskirgan barcha turdagi vositalarni chikarish,
ularni zamonaviy, samarali texnikalar xamda ilg’or texnologiyalar bilan almashtirish;
-innovatsion texnologiyalarni joriy etish;
-ishlab chikarilayotgan maxsulotlar assortimentini kengaytirish;
-barcha turdagi resurslarni tejash va xarajatlarni tejash;
-o’simliklarning tezpishar, kam suv talab etadigan, kasalliklarga chidamli serxosil navlarini
ishlab chikarishga joriy etish;
-naslli, sermaxsul chorva xayvonlarini ko’paytirish tadbirlari va boshkalar.