|
Mustaqil ta’lim tashkil etishning shakli va mazmuniBog'liq qorakol
Mustaqil ta’lim tashkil etishning shakli va mazmuni.
" Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarish iqtisodiyoti " buyicha talabaning mustaqil ta’limi shu fanni
urganish jarayoninint tarkibiy qismi bo’lib, uslubiy va axborot resurslari bilan tula ta’minlangan.
Talabalar auditoriya mashg’ulotlarida professor-o’qituvchilarning ma’ruzasini tinglaydilar,
misol va masalalar yechadilar. Auditoriyadan tashqarida talaba darslarga tayyorlanadi, adabiyotlarni
konspekt qiladi, uy vazifa sifatida berilgan jadval va topshiriqlarni yechadi. Bundan tashqari ayrim
mavzularni kengroq o’rganish maqsadida qushimcha adabiyotlarni uqib referatlar tayyorlaydi xamda
mavzu buyicha testlar yechadi. Mustakil ta’lim natijalari reyting tizimi asosida baholanadi.
Uyga vazifalarni bajarish,qushimcha darslik va adabiyotlardan yangi bilimlarni mustaqil
urganish, kerakli ma’lumotlarni izlash va ularni kurs ishlarida bajarilishini urganadi, internet
tarmokdaridan foydalanib ma’lumotlar tuplash va ilmiy izlanishlar olib borish, ilmiy tugarak
doirasida yoki mustakil ravishda ilmiy manbalardan foydalanib ilmiy maqola va ma’ruzalar
tayyorlash kabilar talabalarning darsda olgan bilimlarini chuqurlashtiradi, ularning mustaqil fikrlash
va ijodiy qobiliyatini rivojlantiradi. Shuning uchun xam mustaqil ta’limsiz o’quv faoliyati samarali
bulishi mumkin emas.
Uy vazifalarini tekshirish va baholash amaliy mashg’ulot olib boruvchi o’qituvchi tomonidan,
konspektlarni va mavzuni uzlashtirish darajasini tekshirish va baholash esa ma’ruza darslarini olib
boruvchi o’qituvchi tomonidan xar darsda amalga oshiriladi.
" Qishloq xo’jalik iqtisodiyoti " fanidan mustaqil ish majmuasi fanning barcha mavzularini qamrab
olgan va quyidagi 20 ta katta mavzu kurinishida shakllantirilgan.
|
| |