45
"Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarish iqtisodiyoti" fani bo’yicha
talabalarning bilim saviyasi,
ko’nikma va malakalarini aniqlash hamda ularning o’zlashtirish darajalarini Davlat ta’lim
standartlariga muvofiqligini ta’minlash uchun quyidagi nazorat turlarini o’tkazish nazarda tutiladi:
•
joriy nazorat (JN)
- talabaning fan mavzulari bo’yicha bilim va amaliy ko’nikma
darajasini aniqlash va baholash usuli. Joriy nazorat fanning xususiyatidan kelib chiqqan holda amaliy
mashg’ulotlarda og’zaki so’rov, test o’tkazish, suhbat,
nazorat ishi,
kollekvium,
uy vazifalarini
tekshirish va shu kabi boshqa shakllarda o’tkazilishi mumkin;
•
oraliq nazorat (ON)
- semestr davomida o’quv dasturining tegishli (fanlarning bir necha
mavzularini o’z ichiga olgan) bo’limi tugallangandan keyin talabaning
nazariy bilim va amaliy
ko’nikma darajasini aniqlash va baholash usuli. Oraliq nazorat bir semestrda ikki marta o’tkaziladi
va shakli (yozma, og’zaki, test va hokazo) o’quv faniga ajratilgan umumiy soatlar hajmidan kelib
chiqqan holda belgilanadi;
•
yakuniy nazorat (YaN)
- semestr yakunida muayyan fan bo’yicha
nazariy bilim va
amaliy ko’nikmalarni talabalar tomonidan o’zlashtirish darajasini baholash usuli. Yakuniy nazorat
asosan tayanch tushuncha va iboralarga asoslangan "Yozma ish" shaklida utkaziladi.
ON
o’tkazish jarayoni kafedra mudiri tomonidan tuzilgan komissiya ishtirokida muntazam
ravishda o’rganib boriladi va uni o’tkazish tartiblari buzilgan hollarda,