57
mahsulotlarining asosiy manbai hisoblanadi. Dunyo ahli sintetik yo’l bilan yog’,
oqsil va
uglevodlarni sintez qilish hisobiga yangi ozuqa resurslarini izlash bilan band. Lekin bu mahsulotlar
qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishining o’rnini egallaydi degan gap emas.
Shunday qilib,
qishloq xo’jaligining hayotiy muhimligi quyidagilarda aniqlanadi:
Birinchidan,
u aholini oziq-ovqat bilan ta’minlaydi, usiz kishilarning ma’naviy
hayoti va
moddiy ishlab chiqarish amalga oshmaydi. Lekin davlat tomonidan qabul qilinayotgan chora -
tadbirlarga qaramay qayta qurish boshlarida moddiy ishlab chiqarishning
yetakchi sferasi
hisoblangan qishloq xo’jaligining iqtisodiy samaradorlik ko’rsatkichlari birmuncha pasaydi,
aholining oziq-ovqatlarga bo’lgan ehtiyojlarini qondirish, uning tizimini takomillashtirish kutilgan
natijalarni bermadi.
Lekin, mustaqillik yillarida qishloq xo’jaligida amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohatlarning
natijalari shuni ko’rsatadiki, yildan yilga qishloq xo’jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish sur’ati
oshib bormoqda. 2012 yilga kelib 518,9 mlrd.so’mlik qishloq xo’jaligi
mahsulotlari ishlab
chiqarilgan.
Ikkinchidan,
qishloq xo’jaligi yengil va oziq-ovqat sanoati uchun xom ashyoning asosiy
massasini beradi, ya’ni u tarmoqlar mahsulotlari ham bevosita aholi ehtiyojlarini
qondirish uchun
foydalaniladi. Qishloq xo’jaligining mavjud imkoniyatlardan foydalanish darajasi va samaradorligi
sanoatning ushbu tarmoqlarining ishlab chiqarish hajmini va samaradorligini aniqlaydi.
To’qimachilik sanoatida barcha moddiy xarajatlarning 40 foizini, qand sanoatida – 70 foizini, sut va
yog’ mahsulotlari ishlab chiqarishda 80 foizga yaqinini qishloq xo’jaligi xom ashyosi tashkil qiladi.
Hozirgi vaqtda mamlakat xalq iste’moli fondining 3/4 qismi bevosita qishloq xo’jaligi
mahsulotlaridan yoki qishloq xo’jaligi xom ashyosidan ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlaridan
iborat. 2012 yilga kelib 6513,1 mlrd. so’mlik oziq-ovqat va 1653,6 mlrd.so’mlik
yengil sanoat
tovarlari ishlab chiqarilgan.