Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishining beshinchi xususiyati shuki,
bu tarmoqda suv
resurslaridan foydalanish muhim rol o’ynaydi.
Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishining oltinchi xususiyati shuki,
bu yerda ish vaqti bilan ishlab
chiqarish davri mos kelmaydi. Qishloq xo’jaligida ishlab chiqarish davri ish vaqtidan uzoqqa
cho’ziladi. Bu shu bilan xarakterlanadiki, biologik jarayon bevosita kishilarning ishtirokisiz ham
davom etaveradi. Masalan, kuzgi ekinlardan, bug’doyni yetishtirish uchun 200-230 kun talab
qilinadi, ish vaqti esa 25-30 kunni tashkil qiladi, xolos. Yomon ob-havo bo’lsa, ish vaqti shuncha
qisqa bo’ladi. Kapital va mehnat ham shunga qarab sarflanadi. Ishlab chiqarish davri bilan ish
vaqtining mos kelmasligi qishloq xo’jaligida ishlarning mavsumiyligini ketirib chiqaradi. Sanoatning
ko’pchilik tarmoqlarida esa mehnatning sarflanishi to’xtovsiz amalga oshiriladi va mavsumiylikni
kamaytiradi.
Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishining yettinchi xususiyati shuki,
bu tarmoq o’zining
rivojlanishi jarayonida tabiiy va iqtisodiy sharoitlariga qarab o’zaro texnologik bog’liq bir necha
tarmoqqa, ishlab chiqarishga ixtisoslashadi. Sanoatda esa korxonalar ma’lum bir mahsulotning
alohida qismini ishlab chiqarishga ixtisoslashadi.
Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishining sakkizinchi xususiyati shuki,
bu yerda tayyor mahsulot
(yalpi mahsulotning 20%)ning bir qismi kelgusi davr ishlab chiqarishiga, ishlab chiqarish vositasi
(urug’, yem-xashak, buzoq va h.k.)ga kiradi. Shu va boshqa sabablarga ko’ra asosiy va aylanma
vositalaridan to’liq foydalanish muammolari vujudga keladi, ayrim qishloq xo’jaligi
mahsulotlarining tovarlilik darajasi sanoatga nisbatan anchagina pasayadi.
Qishloq xo’jaligining kelajakdagi rivojlanishi bo’yicha turli xil qarashlar mavjud. Hammaga
ma’lumki, mustaqillikkacha bo’lgan davrda mamlakat qishloq xo’jaligi tarmoqlari chuqur inqirozga
uchragan edi.
Bu eng avvalo oziq-ovqat sifatining pasayishida va yetishmasligida, ishlab chiqarishning
turg’unligi va serxarajatligida, qishloq aholisi turmush sharoitining barqaror tashkil
topmayotganligida namoyon bo’lgan edi. Ayrim mahsulotlarning iste’mol balansida
anchaginasalmoqni chetdan olinadigan mahsulot tashkil qilar edi. Qishloq xo’jaligi ishlab
chiqarishining resurs potensialidan foydalanishi samarasiz va atrof muhit uchun zararli bo’lib keldi.
Ko’p tumanlarda tuproq gumus miqdori 30-40% ga pasaygan, uning sho’rlanish darajasi kuchaygan.
Xarajatlarning rentabelligi ham xorijiy mamlakatlarga nisbatan ancha pasayib ketdi. Ijtimoiy
rivojlanishning infrastruktura tizimi anchagina orqada qoldi. Migrasiya jarayoni davom etmoqda va
h.k.
59
Qishloq xo’jaligining uzoq yillar bunday davomida turg’unligining va inqirozining sabablari
quyidagilar edi:
1).Dehqonlarning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va huquqiy kamsitilishi;
2).Xodimlarning yer va boshqa ishlab chiqarish vositalaridan va ishlab chiqarilgan
mahsulotlaridan uzoqlashishi, mulkka egalikning past darajada tashkil topishi;
3).Direktiv rejalashtirish va baholarni belgilash, ma’muriy qo’mondonlik tizimining davom
etishi;
4).Chegaralangan moddiy-texnika ta’minoti va moliyalashtirish, qayta ishlovchi sanoatlarda
moddiy texnika va texnologiyaning orqada qolishi;
5).Fanning rolini to’g’ri baholamaslik, fan-texnika taraqqiyotidan foydalanishning pastligi.
O’tgan asrning 90–yillariga kelib, qishloq xo’jaligini inqirozdan chiqarishning asosiy yo’llari
aniqlangan bo’lib, hozirgi kunda ularning ko’pchiligi amalga oshmoqda. Bunga quyidagilarni kiritish
mumkin:
1).Iqtisodiy munosabatlarni qayta qurishning muhim qismi sifatida yer islohotini asta sekin
amalga oshirish. Yer islohotining ma’nosi–yerga bo’lgan mulkni davlattasarrufidan chiqarish va
undan, mulkning turli-tuman shakllaridan foydalanish. Mamlakatda mustaqillik yillarida yer isloxoti
amalga oshirildi. Unga binoan respublika qishloq xo’jaligida hozir yerga davlat mulki saqlanib
qolgani holda undan foydalanishning turli-tuman shakllari qaror topdi, ya’ni, dastlabki agrar
islohatlardan biri bu aholiga tomorqa berish to’g’risidagi qaror bo’lib, bunda yerni qishloq aholisiga
berish va shu orqali mahsulotlarni ko’paytirishga qaratilgan chora-tadbirlar edi. Bu 1990 yil 20
iyunda qabul qilingan O’zbekiston Respublikasining“Yer to’g’risida” gi qonunida aks ettirilgan edi.
Keyinchalik ushbu qonun O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1998 yil 30-apreldagi
599-I-sonli “O’zbekiston Respublikasi Yer kodeksini amalga kiritish tartibi to’g’risida”gi qaroriga
muvofiq o’z kuchini yo’qotib, uning asosida “Yer Kodeksi” qabul qilindi. Bu “Yer Kodeksi”da
1
yer
bilan bog’liq barcha huquqiy munosabatlar o’z aksini topdi. Yer fondi, yer tuzish, undan foydalanish,
tarmoqlar bo’yicha foydalanish tartibi, uning muhofazasi va boshqa masalalar o’z aksini topgan
ushbu kodeks 1998 yil 1-iyuldan beri amalda hamda so’nggi marta 2011 yilda o’zgarish kiritilgan.
Uning 1-moddasida «Yer umummilliy boylikdir, O’zbekiston Respublikasi xalqi hayoti, faoliyati va
farovonligining asosi sifatida undan oqilona foydalanish zarur va u davlat tomonidan muhofaza
qilinadi»
2
- deb yozib qo’yilgan.
Yer to’g’risidagi me’yoriy hujjatlar jumlasiga «O’zbekiston Respublikasida yer monitoringi
to’g’risida» gi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2000-yil 23-dekabrdagi 496-sonli
Qarori, «Qishloq xo’jaligi tovar ishlab chiqaruvchilaridan yagona yer solig’i undirish tartiblari
to’g’risi» dagi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 1998-yil 26-dekabrdagi 539-sonli
Qarori, «Qishloq xo’jaligida ijara munosabatlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida»
gi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2003-yil 5-noyabrdagi 486-sonli Qarori,
«Qishloq xo’jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari uchun yagona yer solig’ini joriy etish to’g’risida»
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998-yil 10-oktabrdagi PF-2086-sonli Farmoni va
boshqalarni kiritish mumkin.
2).Qishloqda taqsimot munosabatlarini o’zgartirish. Mulkni xususiylashtirishning ahamiyatini
kamaytirmagani holda, yer va boshqa ishlab chiqarish vositalariga xo’jayinlik hissini uyg’otib, ular
tomonidan yaratilgan mahsulotlarga o’zlarining egalik qilishi ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Qanday mulk shakli bo’lishdan qat’iy nazar, arzon mehnat unumli bo’lishi mumkin emas. Shuning
uchun O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov respublikamizda mulkdorlar qatlamini
shakllantirish vazifasini dolzarb qilib qo’ydi. Mamlakatimizda mulkdorlar qatlamini vujudga
keltirishni tezlashtirish uchun “Mulk to’g’risida”gi, “Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va
xususiylashtirish to’g’risida”gi, “Ijara to’g’risida”gi va boshqa qonunlar qabul qilindi.2003-2012
yillar mobaynida respublikada xususiylashtirilgan korxona va obyektlar soni 1519 tadan 83 tagacha
1
ЎзР Олий Мажлиси Ахборотномаси, 1998 йил 5-6 модда, сўнгги ўзгариш 2011 й., 1-2 сон 1-модда
2
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. 1-modda
60
kamayib borgan. Bu albatta yildan yilga bu jarayonning iqtisodiyotning turli sohalarida davom
etayotganligidan dalolat beradi.
3).Mulk va xo’jalik yuritishning yangi shakllarini qo’llab quvvatlash. Agrar sektorning
kelajagida bir-biri bilan raqobat qiladigan, o’zaro harakat qiladigan, bir-birini to’ldiradigan yirik,
o’rtacha va mayda korxonalarni ko’rish mumkin. Korxonalarning turli o’lchamlari xo’jalik
yuritishning turli shakllariga moslashib ketadi. Asosan dehqon va fermer xo’jaliklari rivojlanishi
kengayadi;
Shu sababli respublikada iqtisodiyotida, jumladan qishloq xo’jaligida kichik biznes va
tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida “Fermer xo’jaligi to’g’risida”gi, “Dehqon xo’jaligi
to’g’risida”gi, “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to’g’risida”gi va boshqa bir qancha
qonunlar qabul qilindi. 2012 yilga kelib respublikada 70,8 mingta fermer xo’jaliklari 3,7 mln. ta
dehqon xo’jaliklari faoliyat olib borgan bo’lib, ular mos ravishda – 8377,2 mlrd.va 15474,2
mlrd.so’mlik mahsulot ishlab chiqargan.
4).Turli xo’jaliklarda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish, xo’jalik yuritishning mavjud
shakllarini o’zgartirish, ularni demokratik asosda ijara, shirkat (kooperativ) va aksiyador
korxonalarga aylantirish, bunda birlamchi mehnat jamoalariga va alohida har bir jamoa a’zosiga
mustaqillikni oshirish;
Haqiqatda mustaqilliq yillarida O’zbekistonda mulkning va xo’jalik yuritishning turli-tuman
shakllari barpo etildi, jumladan: davlat, kooperativ, shaxsiy-xususiy va aralash kabi mulklar va
shunga mos 10 dan ziyod xo’jalik yuritish shakllari vujudga keldi.
5).Xo’jalik yuritishning bozor mexanizmidan foydalanishga o’tish; mahsulot bozori, ishlab
chiqarish vositalari bozori, shu jumladan yer, ish kuchi va qimmatbaho qog’ozlar bozori. Bunda
korxona darajasida gorizontal, to’g’ri shartnoma munosabatlari rivojlanadi. Davlat darajasida
boshqarishning iqtisodiy richaglarini (banklar, soliqlar, subsidiya, kredit berish shartlari)
tavsiflaydigan ko’rsatkichlarning saqlanib qolishiga va dasturli yondoshishga olib keladi. Asta-sekin
mahsulotlar talab va taklif asosida erkin sotila boshlaydi. Mahsulotlarni markazdan taqsimlash
qisqaradi;
Mustaqillik yillarida fermer xo’jaliklarini moliyaviy qo’llab quvvatlashning asosiy
yo’nalishlari belgilab berildi, jumladan: davlat ehtiyojlari uchun mahsulot yetishtirish xarajatlarini
moliyalashtirish; qishloq xo’jaligida soliq imtiyozlarining berilishi; unumdorligi past yerlarda davlat
ehtiyojlari uchun mahsulot yetishtiruvchi fermer xo’jaliklariga moliyaviy yordam; irrigasiya va
meliorasiya tizimini davlat tomonidan qo’llab quvvatlash kabilar.
6).Qishloq xo’jalik mahsulotlarini ekologizasiya qilish va resurslarni tejash. Bu yerda muhim
rolni biotexnologiya, tuproqni himoya qiladigan texnologiya, o’simliklarni himoya qilishning
yaxlitlangan usullari, qayta ishlashda chiqitsiz texnologiya va boshqalar o’ynaydi;
7).Fanning roli va uning ishlab chiqarishga ta’sirini kuchaytirish. U barcha resurslarni yirik
kompleks majmualariga to’plash yo’li bilan amalga oshiriladi.
Birinchi bosqichda, qishloq xo’jaligi mahsulotlarining yo’qolishini maksimal
qisqartirishga barcha resurslarni jalb qilish va buning hisobiga yalpi ishlab chiqarish sur’atini
o’stirish qo’yilgan. Ikkinchi bosqichda, ishlab chiqarishni o’stirish, qishloq xo’jaligini ishlab
chiqarish resurslari bilan ta’minlashni yaxshilash, ilg’or xo’jalik yuritish shakllarini
rivojlantirish va bozor mexanizmidan foydalanish hisobiga aholini oziq-ovqat mahsulotlariga
bo’lgan talabini to’laroq qondirish qo’yiladi. Uchinchi bosqichda, aholining barcha oziq-ovqat
mahsulotlariga bo’lgan to’lov qobiliyatini to’la qondirish, biologik jihatdan to’laqonli oziq-
ovqatning keng assortimentini ishlab chiqarish uchun baza yaratish qo’yiladi. Hukumat
tomonidan tuzilgan dasturlar o’z ichiga qishloqni ijtimoiy yangilashning keng jabhasini oladi:
qishloq aholisining mehnat va yashash sharoitini yaxshilash, aholining kamdaromadli guruhi
uchun ijtimoiy tovon to’lash va h.k.
Respublikamizda paxta va don ekinlariga davlat buyurtmasi o’rnatilgan bo’lib, O’zbekiston
Respublikasi Prezidentining 1998 yil 31 dekabrdagi PF-2165-sonli farmoniga muvofiq fermer
61
xo’jaliklari davlat buyurtmasi hajmidagi yetishtirayotgan mahsulot qiymatining 50 foizi miqdorida
Moliya Vazirligining “Davlat ehtiyojlari uchun xarid etiladigan qishloq xo’jaligi mahsulotlari bilan
hisob-kitob qilish jamg’armasi” mablag’lari hisobidan avans puli (transh) olish imkoniyatiga ega
bo’ldi. Buning ijobiy tomoni shunda bo’ldiki, fermer xo’jaliklari mahsulot yetishtirish uchun zarur
bo’lgan aylanma mablag’larni yuqori foiz stavkalarida tijorat banklaridan qarzga olishga majbur
bo’lmaydi.
O’zbekistonda qishloq xo’jaligi karxonalari faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish va
muvofiqlashtirish borasida mustahkam huquqiy–me’yoriy asos yaratilgan. O’zbekiston
Respublikasining Konstitusiyasi, “Fuqoralik Kodeksi”, “Yer kodeksi”, “Soliq Kodeksi”,
“Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to’g’risida”gi, “Shirkat xo’jaligi to’g’risida”gi,
“Fermer xo’jaligi to’g’risida”gi, “Dehqon xo’jaligi to’g’risida”gi qonunlari, O’zbekiston
Respublikasi Prezidentining bir qator farmonlari va Vazirlar Mahkamasining qarorlari hamda boshqa
me’yoriy hujjatlar respublikamizda qishloq ho’jaligi karxonalari faoliyatining turli jihatlarini tartibga
solib turadi va ularning xo’jalik faoliyatiga davlat organlari va tashkilotlarning hamda boshqa
organlar va tashkilotlarning hamda mansabdor shaxslarning aralashuviga yo’l qo’ymaydi. Davlat
tadbirkorlarning erkinligi, huquqlarini himoya qiladi va ularning faoliyatiga asossiz aralashuvlarni
cheklab turadi.
Respublikamiz qishloq xo’jaligida xususiy tadbirkorlikni keng rivojlantirish maqsadida fermer
xo’jaliklarining huquqlarini va qonuniy manfaatlarini muhofaza qilish borasida muayyan ishlar
amalga oshirildi. Xususan, O’zbekiston Respublikasi “Fermer xo’jaligi to’g’risida”gi qonunining 29-
moddasi: “Davlat qishloq xo’jaligi mahsuloti yetishtirish va uni realizasiya qilish bilan
shug’ullanuvchi fermer xo’jaliklarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini
kafolatlaydi”, - deb e’tirof etilgan.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 22 avgustdagi 347- sonli
“Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro’yxatidan o’tkazish hamda hisobga qo’yish tizimini
takomillashtirish to’g’risida”gi qarori bilan tadbirkorlik subyektlarini, jumladan, fermer xo’jaliklarini
davlat ro’yxatiga olish va hisobga qo’yishning yengillashtirilgan tadbiri joriy etildi. Unga ko’ra,
tadbirkorlik subyektlarini davlat ro’yxatiga olish “bir yo’la” tamoyili asosida, ularni avtomatik tarzda
hisobga qo’yish bilan amalga oshiriladi. Qarorga muvofiq tuman hokimiyatlari tarkibida davlat
ro’yxatiga olish bo’yicha maxsus xizmat tashkil etilgan bo’lib, uning xodimlari tadbirkorlarni davlat
ro’yxatidan o’tkazish bilan bog’liq barcha hujjatlarni tayorlash, ularni yo’l fondi, mehnat, bandlik va
ijtimoiy ta’minot bo’limi, soliq hamda statistika organlarida hisobga qo’yish ishlarini o’zlari amalga
oshiradilar.
Fermer xo’jaligini yer ijrosi bilan bog’liq barcha hujjatlar tayyor bo’lgan taqdirda davlat
ro’yxatiga olishning umumiy muddati (ichki ishlar bo’limidan muhr hamda burchak shtampini
tayorlashga ruxsat olishni ham qo’shib hisoblanganda) 12 kundan oshmasligi lozimligi ko’rsatildi.
Kuzatishlarning ko’rsatishicha, fermer xo’jaliklarini davlat ro’yxatiga olishning bu
yengillashtirilgan tartibi joriy etilishi muhim ahamiyatga ega bo’ldi. Chunki, qaror qabul qilingunga
qadar fermer xo’jaligi tashkil etish istagida bo’lgan fuqoralarni ro’yxatga olish ishlari asossiz
ravishda, turli ma’muriyatchilik va sansolarlik tufayli cho’zib yuborilar edi.
Fermer xo’jaliklari qonunda belgilab berilgan tartibda hisob va hisobot ishlarini yuritadilar.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 23 fevraldagi “Kichik va o’rta biznes
korxonalar uchun hisobotlar yuritilishini qisqartirish hamda soddalashtirish chora – tadbirlari
to’g’risida”gi 65 – sonli qaroriga muvofiq 2000 yilning 1- choragidan fermer xo’jaliklari uchun
maksimal qisqartirilgan va soddalashtirilgan hisob shakli hamda uni taqdim etish belgilab berilgan.
|