55
2 - bosqich.
Asosiy
qism
(60 daqiqa)
2.1.Ma’ruza matni mavzusining matni tarqatiladi.
Reja, tayanch tushunchalar bilan tanishish taklif
etiladi.
2.2.Slaydlardagi ko’rgazma va sharhlar asosida
qullaniladigan nazariy usullar bilan tanishtiriladi.
Fanning boshqa fanlar
bilan uzviy aloqasini va
chegarasini tushuntiradi hamda fanning oldida turgan
muammolar va vazifalar nimadan iborat ekanligini
tayyorlab kelingan chizma orqali talabalar hukmiga
havola
etiladi.
Dars
davomida
talabalarni
faollashtiruvchi savollar o’rtaga tashlanadi. Har bir
rejadagi savol bo’yicha xulosalar qilinadi.
2.3.Keltirilgan tayanch tushunchalarni chuqurroq
izohlash maqsadida talabalarga Klaster texnikasi
qo’llaniladi.
2.1.Eshitadi.
Navbat
bilan
bir-birini
takrorlamay
atamalarni
aytadi.
O’ylaydi,
javob beradi va
to’g’ri javobni eshitadi.
2.2.Muammoli vaziyatda o’z
fikri bilan, muammoni xal
qilish yo’llarini qidiradi.
2.3.Eslab qoladi, yozadi.
Har bir savolga javob
berishga harakat qiladi.
Ta’rifni yozib oladi, misollar
keltiradi
3 - bosqich.
Yakuniy
(10 daqiqa)
3.1.Mavzu bo’yicha yakun qiladi, qilingan ishlarni
kelgusida kasbiy faoliyatida muhim ahamiyatga ega
ekanligiga talabalar e’tiborini qaratadi.
3.2.Faol qatnashgan talabalarni baholaydi.
3.3.Mavzu bo’yicha test topshiriqlarini beradi.
3.4.Mustaqil ishlash uchun topshiriq beradi.
3.1.O’z-o’zini,
o’zaro
baholashni o’tkazadi.
3.2.Savol
beradilar, javob
beradilar.
3.3.Mavzu bo’yicha test
topshiriqla-rini bajaradilar.
3.4.Mustaqil ishlash uchun
topshiriqlarni yozadilar.
1.Fanning predmeti va vazifalari. O’rganish uslublari
Iqtisodiyot keng ma’noda ishlab chiqarish jarayonida kishilar ishtirok etadigan ijtimoiy
munosabatlarning yig’indisidir. Bu munosabatlar obyektiv qonun va qonuniyatlarga bog’liq. Jamiyat
rivojlanishining turli bosqichlarida ijtimoiy ishlab chiqarish qonunlari va moddiy boyliklarni
taqsimlashni iqtisodiy nazariya o’rganadi. Kishilar o’rtasida iqtisodiy munosabatlarni o’rganib,
iqtisodiy nazariya iqtisodiyotning turli tarmoqlarda iqtisodiy qonunlarning aniq turli tuman
xususiyatlarini o’rganish bilan shug’ullanmaydi va o’z oldiga shug’ullanishni vazifa qilib qo’ymaydi.
«Qishloq xo’jaligi iqtisodiyoti» fani boshqa iqtisodiy fanlar bilan chambarchas bog’langan.
«Qishloq xo’jaligi iqtisodiyoti»ning nazariy va uslubiy jihatdan bazasi xuddi boshqa tarmoq fanlari
kabi iqtisodiy nazariya hisoblanadi. «Iqtisodiy nazariya» ishlab chiqarish munosabatlarini va ularning
iqtisodiy
qonunlarida aks etishini, shuningdek bu qonunlardan amalda foydalanishni o’rganadi.
«Qishloq xo’jaligi iqtisodiyoti» ishlab chiqarish munosabatlarining shakllanish turlarini iqtisodiy
qonunlarning harakat qilish mexanizmini, ularning namoyon bo’lish shakllarini va shu tarmoqda aniq
sharoitda ulardan foydalanishni ochib beradi. «Iqtisodiy nazariya» bilan «Qishloq xo’jaligi
iqtisodiyoti» o’rtasida ishlab chiqaruvchi kuchlarni o’rganish borasida farq bor. Iqtisodiyotning turli
tarmoqlarida iqtisodiy qonuniyatlarning umumiy ko’rinish xususiyatlari bilan tarmoq iqtisodiy fanlari
shug’ullanadi: sanoat, qishloq xo’jalik, qurilish, transport, savdo, kommunal-xo’jalik iqtisodiyoti va
boshqalar. Iqtisodiy fanlarning bunday tabaqalanishi ijtimoiy mehnat taqsimotining rivojlanishi bilan
bog’langan. "Qishloq xo’jaligi iqtisodiyoti" fanining fan sifatida ajralishi ham moddiy ishlab
chiqarishning asosiy sferasi hisoblangan qishloq xo’jaligining ajralishi bilan bog’langan. «Qishloq
xo’jaligi iqtisodiyoti» shunday fanki, u qishloq xo’jalik ishlab chiqarishda obyektiv iqtisodiy
qonuniyatlar harakati va ularning ko’rinish shakllarini o’rganadi. Qishloq xo’jaligida iqtisodiy
munosabatlarni undagi xususiyatlarni hisobga olgan holda tekshiradi:
mavjud shirkat, fermer va
56
dehqon xo’jaliklari, agrosanoat kombinatlari, agrofirmalar, ijara jamoalarining rivojlanishini nazariy
jihatdan umumlashtiradi.
«Qishloq xo’jaligi iqtisodiyoti» fani quyidagi aralash fanlarning o’rgatish uslubiyotlaridan
foydalanadi:
1.Agrobiznesni tashkil qilish va rejalashtirish;
2.Iqtisodiy geografiya;
3.Qishloq xo’jaligi statistikasi;
4.Buxgalteriya hisobi;
5.Iqtisodiy kibernetika;
6.Qishloq xo’jaligi korxonalari faoliyatining tahlili;
7.Qishloq xo’jaligi tarmoqlari texnologiyasini iqtisodiy baholash va boshqalar.
Qishloq xo’jaligi iqtisodiyoti–tarixiy fan. U jamiyat rivojlanishi va o’zgarishdagi
qonuniyatlarni, ularning ko’rinish shakllarini o’rganadi. Voqyea hodisalarni birgalikda o’zaro
aloqadorlikda va sabab oqibatda aks ettiruvchi tushunchalar - iqtisodiy qonunlarga tayangan holda
qishloq xo’jalik iqtisodiyoti aniq sharoitda ularning harakatini ochib beradi, xo’jalik sharoitida
ulardan foydalanish, ishlab chiqarish va iqtisodiy ko’rsatkichlarini hisoblash usullarini ishlab chiqadi.
Qishloq xo’jaligida butun iqtisodiyot tarmoqlari singari quyidagi qonunlar tizimi harakat qiladi:
1.Kengaytirilgan takror ishlab chiqarish;
2.Jamg’arish;
3.Qiymat, talab va taklif qonunlari;
4.Mehnat unumdorligining o’sib borishi va boshqalar.
"Qishloq xo’jaligi iqtisodiyoti" fanining predmeti shuki, u kishilarning
ishlab chiqarish
munosabatlarini ishlab chiqaruvchi kuchlar bilan o’zaro aloqadorligida va o’zaro bog’liqligida
o’rganadi.
Ishlab chiqaruvchi kuchlar tabiiy va texnologik fanlarning o’rganish predmeti hisoblanadi.
«Qishloq xo’jalik iqtisodiyoti» ishlab chiqarish munosabatlarini o’rgana borib, ishlab chiqaruvchi
kuchlardagi o’zgarishlarni ham aks ettiradi. «Qishloq xo’jaligi iqtisodiyoti»ning muhim vazifasi
loyihadagi va qo’llaniladigan mashina, agrotexnika, meliorativ va boshqa tadbirlarning
samaradorligini aniqlash hisoblanadi. Shu bilan birga iqtisodiyotning tabiiy va texnologik fanlar bilan
aloqasi o’rnatiladi. Shunday qilib, «Qishloq xo’jaligi iqtisodiyoti» fani qishloq xo’jalik tarmog’ida
ishlab chiqarish munosabatlarini moddiy ishlab chiqarishning boshqa sferalari bilan aloqadorligida
o’rganadi. Bunda tabiiy texnik va boshqa aralash fanlar tadqiqotlari natijasiga tayaniladi.
"Qishloq xo’jaligi iqtisodiyoti" fanining asosida materialistik dialektika yotadi. Shu bois,
borliqni bilish usullari fanning asosiy uslubiyotini tashkil qiladi. Bu usul
hodisalarni bir-biridan
ajratmasdan ularni bir-biriga bog’lab o’rganadi. U hodisalarni to’xtovsiz harakatda, o’zgarishda,
yangilanishda va rivojlanishda, shuningdek miqdor o’zgarishlardan sifat o’zgarishlariga aylanishida
o’rganadi. Quyidan yuqoriga harakatini, qarama-qarshiliklar birligi va kurashi nuqtai nazaridan
o’rganadi. Bundan tashqari iqtisodiy materiallarni o’rganishda iqtisodiy tadqiqotlarning turli
usullaridan foydalanadi. Eng ko’p qo’llaniladigan
usullariga statistik, analitik, korrelyasiya,
dispersiya, regressiya, indeks va boshqalar. Undan keyingisi iqtisodiy-matematik uslublar: simpleks,
ishlab chiqarish deduksiyasi, ikki yoqlama baholash, taqsimot va boshqalar. Alohida ijtimoiy
hodisalarni, ilg’or tajribalarni o’rganishda monografiya usul qo’llaniladi. Turli tadbirlarning iqtisodiy
samaradorligini asoslashda eksperimental usul qo’llaniladi. Bundan
tashqari analiz va sintez,
xronometraj, tanlab tekshirish, anketa so’rog’i kabi usullardan ham foydalaniladi.