Ixtisoslashtirishning shaklllari, ko’rsatkichlari va samaradorligini oshirish




Download 8,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/386
Sana30.05.2024
Hajmi8,59 Mb.
#257248
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   386
Bog'liq
qorakol

2.3. Ixtisoslashtirishning shaklllari, ko’rsatkichlari va samaradorligini oshirish 
imkoniyatlari 
 
Ixtisoslashtirish quyidagi turlarga bo’linadi: 
1. Xo’jalik ichidagi ixtisoslashtirish. Bunda mahsulot ishlab chiqarish xo’jaliklar ichidagi 
bo’limlar, fermalar, brigadalar va oilalar bo’yicha ixtisoslashadi; 
2.Xo’jaliklararo ixtisoslashtirish. Bunda turli xil mahsulotlar yetishtirish bo’yicha korxonalar 
o’rtasida mehnat taqsimoti joriy qilinadi. Xo’jaliklararo cho’chqachilik yoki qoramolni bo’rdoqiga 
boquvchi, buzoqlarni o’stiruvchi fermalar, mahsulotlarni qayta ishlovchi korxonalar va h.k. tashkil 
etiladi; 
3.Tarmoqlar ichida ixtisoslashtirish. Bunda bir tarmoq ichida, chunonchi chorvachilikda - 
qoramolchilik, cho’chqachilik, qo’ychilik kabi sohalar bo’yicha, dehqonchilikda esa g’alla, paxta, 
sabzavot, poliz kabi mahsulotlarni yetishtirish bo’yicha mehnat taqsimoti joriy qilinadi. Xo’jalikda 
ixtisoslashtirishni to’la xarakterlash uchun ixtisoslashtirish koeffisiyenti ko’rsatkichi qabul qilingan. 
U quyidagicha hisoblanadi: 
1)
-
H(2n
100
Kix 
=
Bu yerda, 100 - alohida tarmoq bo’yicha tovar mahsulotlarining umumiy hissasi,%
H - tarmoqdagi tovar mahsulotlarining turlari bo’yicha hissasi, % da;
n - tovar mahsulotlarining hissasi bo’yicha tartib nomeri (eng yuqoridan boshlab).


68 
Masalan: paxtachilikka ixtisoslashgan xo’jalikda tovar mahsulotlar strukturasi quyidagilardan 
iborat bo’lsin (jami tovar mahsulotga nisbatan foiz hisobida): paxta-50%, don-30%, sut-15% va 
boshqa turdagi mahsulotlar esa 5%. Shu ma’lumotlar asosida ixtisoslashtirish koeffisiyenti 
quyidagicha hisoblanadi. 
38
,
0
1)
-
4
*
5(2
+
1)
-
3
*
15(2
+
1)
-
2
*
30(2
+
1)
-
1
*
50(2
100
Kix 
=
=
Bu koeffisiyent qancha bir butunga yaqin bo’lsa, ixtisoslashtirish darajasi shuncha yuqori
bo’ladi. Agar ixtisoslashtirish koeffisiyenti 0,35 bo’lsa, past darajadagi ixtisoslashtirish; 0,35dan 
0,50gacha o’rta; 0,50dan 0.6o gacha yuqori; 0,60 dan katta bo’lsa, chuqurlashtirilgan ixtisoslashtirish 
deyiladi; 
4.Zona yoki iqtisodiy tumanlar bo’yicha ixtisoslashtirish. Bunda qishloq xo’jaligi 
mahsulotlarini yetishtirish bo’yicha zona yoki iqtisodiy tumanlar bo’yicha mehnat taqsimoti joriy 
qilinadi. Masalan: sobiq ittifoq bo’yicha Boltiq bo’yi respublikalari chorvachilik mahsulotlari 
yetishtirishga, Kavkaz orti respublikalari choy va uzumchilikka, O’rta Osiyo respublikalari asosan 
paxtachilikka, pillachilikka va qorako’lchilikka ixtisoslashgan edi. Shuni ko’rsatish kerakki, 
xo’jaliklarning ixtisoslashtirish darajasi yetishtirilayotgan bitta yoki bir qancha tovar
mahsulotlarining salmog’iga qarab turlicha bo’lishi mumkin. Bunda bir turdagi tovar mahsuloti 
yetishtirishga asoslangan xo’jalik tor doirada ixtisoslashgan, yetishtirilayetgan uch, to’rt xil tovar
mahsulotlarining har qaysisining salmog’i deyarli bir xilda(20-30%) bo’lsa, bu xo’jalik past darajada 
ixtisoslashgan; bir yoki undan ko’proq tovar mahsulotlarining har biri kattaroq salmoqni(40-60%) 
egallasa, unda xo’jalik o’rtacha darajada ixtisoslashgan bo’ladi. Masalan: xo’jalikda yetishtirilgan
tovar mahsulotning asosiy qismini paxta egallasa - u paxtachilikka, don egallasa - g’allachilikka, 
qorako’l teri egallasa-qorako’lchilikka ixtisoslashgan bo’ladi. O’zbekistonning tabiiy va iqtisodiy 
sharoitlari shuni taqozo etadiki, bunda mahsulotning bir turini emas, balki ikki va undan ham 
ko’proq turini yetishtirishni ixtisoslashtirish mumkin. Masalan: shahar atrofida joylashgan 
xo’jaliklar mahsulotlarning sut-sabzavot, sabzavot-kartoshka-chorva, chorva-g’alla, sabzavot-meva, 
uzum kabi qator turlarini yetishtirishga ixtisoslashgandir.
Hozirgi vaqtda mamlakatimizda shakllanayotgan va rivojlanayotgan ko’p tarmoqli fermer 
xo’jaliklari bunga misol bo’laoladi. 
Qishloq xo’jaligida tarmoqlarni qo’shib olib borishning va ixtisoslashtirishning iqtisodiy 
samaradorligi quyidagi ko’rsatkichlar tizimi bilan aniqlanadi: 
1.100 ga. qishloq xo’jaligiga yaroqli yerga va haydaladigan yerga, 1 ta xodimga, 100 so’mlik 
asosiy ishlab chiqarish fondlariga va 100 so’mlik joriy ishlab chiqarish xarajatlariga to’g’ri kelgan 
yalpi va tovar mahsulot qiymati;
2.100 ga haydaladigan yerga to’g’ri kelgan g’alla, paxta, go’sht, sut va boshqalar;
3.Mehnat unumdorligi, mahsulot tannarxi, mahsulot ishlab chiqarish rentabelligi.
Demak, mahsulot yetishtirish uchun qayerda qulay sharoit mavjud bo’lsa, mahsulot birligining 
tannarxi va bahosi arzonlashsa, bu xo’jalik va iste’molchilar uchun shuncha foydalidir. 

Download 8,59 Mb.
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   386




Download 8,59 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Ixtisoslashtirishning shaklllari, ko’rsatkichlari va samaradorligini oshirish

Download 8,59 Mb.
Pdf ko'rish