Qishloq xo’jaligi tarmoqlari strukturasi. Tarmoqlarni oqilona qo’shib olib borish




Download 8,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/386
Sana30.05.2024
Hajmi8,59 Mb.
#257248
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   386
Bog'liq
qorakol

 
2.1. Qishloq xo’jaligi tarmoqlari strukturasi. Tarmoqlarni oqilona qo’shib olib borish 
tamoyillari 
Qishloq xo’jaligi turli xil mahsulot ishlab chiqaruvchi, kompleks o’zaro aloqador tarmoqlarni 
ifodalaydi. Qishloq xo’jaligi tarmoqlari boshqa xalq xo’jalik tarmoqlaridan quyidagi belgilar bilan 
farq qiladi: 
a).ishlab chiqaradigan mahsulot turlari; 
b).ishlab chiqarish vositalarining turlari va tashkiliy tuzilishi; 
v).xodimlar malakasi va tarkibi; 
g).mehnatni tashkil etish va unga haq to’lash xususiyatlari. 
U ikki tarmoqdan o’simlikchilik va chorvachilikdan tashkil topgan. Ularning har birining ichida 
tarmoq strukturasi mavjud. O’simlikchilikda tarmoqlar ekiladigan ekinlarning turi va guruhiga qarab 
bo’linadi. Masalan: g’allachilik, paxtachilik, kanopchilik va boshqalar. Sabzavotchilikda ochiq va 
yopiq usulda sabzavot yetishtiriladi. Bog’lar esa danakli va urug’lilarga bo’linadi. Chorvachilikda 
esa mollar va hayvonlar turlariga qarab tarmoqlarga bo’linadi: qoramolchilik, cho’chqachilik, 
parrandachilik, pillachilik va h.k. Bundan tashqari ishlab chiqariladigan mahsulotning xarakteriga 
qarab: sut, qoramolchiligi, go’sht-sut, qo’ychilik, jun-teri olish bo’yicha va boshqalar.


66 
Ishlab chiqarishdagi roli va iqtisodiy ahamiyatiga qarab korxonalarda qishloq xo’jaligi 
tarmoqlari: Bosh(yetakchi), qo’shimcha va yordamchi tarmoqlarga bo’linadi. Bosh(yetakchi) tarmoq 
deb, qishloq xo’jaligi yalpi va tovar mahsulotida yuqori salmoqni egallagan tarmoqqa aytiladi. Asosiy 
tarmoq korxonaning ixtisoslashishini aniqlaydi. Qo’shimcha tarmoq bosh tarmoqqa nisbatan, yalpi
va tovar mahsulot ishlab chiqarishda kamroq ahamiyatga ega bo’ladi. Ularni qo’shib olib borish 
mehnat, yer va moddiy resurslardan to’liqroq foydalanishni ta’minlaydi. 
Qishloq xo’jaligi korxonalarida qishloq xo’jaligi tarmoqlaridan tashqari o’simlikchilik va 
chorvachilikka xizmat qiluvchi tarmoqlar - ta’mirlash xizmati, elektr xo’jaligi, avtotoransport va 
boshqalar faoliyat ko’rsatadi.
Yordamchi tarmoqlar tarkibiga qishloq xo’jaligi mahsulotlarini qayta ishlaydigan korxona va 
sexlar, qurilish ustaxonalari, qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi korxonalar va boshqalar kiradi.
Mahsulotdan foydalanish shakliga qarab qishloq xo’jaligi tarmog’i 2 guruhga bo’linadi: 
1.Tovar, sotish uchun mo’ljallangan mahsulot(paxta, pilla va boshqalar); 
2.Notovar, to’lig’icha yoki asosiy qismi ichki ehtiyojga foydalaniladiganmahsulot(yem-
xashak va boshqalar).
Qishloq xo’jaligining tarmoqlar strukturasi qishloq xo’jaligi jami yalpi mahsuloti tarkibida 
alohida tarmoqlar yalpi va tovar mahsulotining salmog’i bilan xarakterlanadi va quyidagicha 
hisoblaniladi: 
100
*
TMQq/x
YaMQq/x;
TMQd.ch.
YaMQd.ch.;
TS
=
Bu yerda, TS - tarmoq strukturasi. 
Bir qancha qishloq xo’jaligi tarmoqlarini iqtisodiy asoslab qo’shib olib borish ishlab 
chiqarishning mavsumiyligini pasaytiradi, mehnat, yer, moddiy resurslaridan to’laroq foydalanish
imkoniyatini beradi, ishlab chiqarish vositalari va mehnat xarajatlari notekisligini kamaytiradi. 
Tarmoqlarni oqilona qo’shib olib borish yil davomida qishloq xo’jaligi mahsulotlari va pul 
vositalarini bir tekis kelib tushishi imkonini beradi, xo’jaliklar iqtisodiyotiga samarali ta’sir
ko’rsatadi, ularning moliyaviy holatini yaxshilaydi.
Qishloq xo’jaligida tarmoqlarni oqilona qo’shib olib borishning asosiy tamoyillari, maqsadi 
va shartlari quyidagilar: 
1.Resurs potensialidan - mehnat, yer, suv va moddiy resurslardan ancha samaraliroq 
foydalanish; 
2.Mahsulot birligi hisobiga minimal darajada mehnat xarajatlari va vositalar sarflab maksimal 
miqdorda mahsulot olishni ta’minlash; 
3.Ishlab chiqarishning mavsumiyligini kamaytirish, yil davomida texnika va ish kuchidan 
to’liqroq foydalanish;
4.Yil davomida aylanma vositalarning aylanishini va pul vositalarning bir tekis kelib tushishini 
ta’minlash va h.k. 
2.2.Joylashtirish va ixtisoslashtirish tushunchasi, ularning ilmiy asoslari 
Qishloq xo’jaligini joylashtirish va ixtisoslashtirish ijtimoiy mehnat taqsimotining turli 
ko’rinishidir.
Joylashtirish - alohida turdagi qishloq xo’jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishni respublika 
zonalarida, ayrim viloyat, tumanlar va korxonalar bo’yicha miqdoriy taqsimlashni bildiradi. Qishloq 
xo’jaligini joylashtirish uni ixtisoslashtirish bilan chambarchas bog’langan. Ixtisoslashtirishni 
amalga oshirishda zona va korxonalarning tabiiy va iqtisodiy sharoitlarini hisobga olish muhimdir. 
Natijada qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini oqilona joylashtirish ta’minlanadi. Qishloq xo’jaligi 
hududlarini yoki alohida korxonalarni ixtisoslashtirish bosh(asosiy) tarmoqni ajratib olish va uning 


67 
rivojlanishiga sharoit yaratishdir. Ixtisoslashtirish ishlab chiqarish yo’nalishini xarakterlaydi va
hudud yoki xo’jalikning tarmoq strukturasini aniqlaydi. Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishni oqilona 
ixtisoslashtirishning iqtisodiy ahamiyati quyidagilardan iborat: 
1.U bosh ishlab chiqarish vositasi - yerdan samarali foydalanish uchun sharoit yaratadi. Shu 
asosda dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlarining miqdorini ko’paytiradi va sifatini yaxshilaydi; 
2.Ixtisoslashtirish qishloqda mehnat resurslaridan yanada samaraliroq foydalanishga imkoniyat 
yaratadi. Dehqonchilik va chorvachilik xodimlarining professional strukturasini o’zgartiradi, 
kadrlarning malakasini va mehnat unumdorligini oshiradi; 
3.Ixtisoslashtirish kapital qo’yilmalar va asosiy vositalardan foydalanish samaradorligini 
oshirishning hal qiluvchi sharti hisoblanadi. Ishlab chiqarishga fan-texnika taraqqiyoti yutuqlarini va 
ilg’or tajribalarni joriy qilishga imkoniyat yaratadi; 
4.Ixtisoslashtirish tovar mahsulotlarini ishlab chiqarish va sotish xarajatlarini pasaytirish hamda 
rentabellikni oshirishga sharoit yaratadi va h.k.
Qishloq xo’jaligini iqtisodiy asoslangan joylashtirish va ixtisoslashtirish ma’lum bir tamoyillar 
asosida amalga oshiriladi: 
1.Bozor talabini hisobga olish. Qishloq xo’jaligida bozor munosabatlarini joriy qilish qishloq 
xo’jaligini ixtisoslashtirish va konsentrasiyalash jarayonini o’zgartirish, ishlab chiqarishni tashkil 
qilishning progressiv shakliga o’tish, zarar keltiradigan mahsulot ishlab chiqarishdan voz kechish; 
2.Tabiiy va iqtisodiy sharoitlardan to’laroq foydalanish; 
3.Mahsulot ishlab chiqarishni iste’molchilarga yaqinlashtirish; 
4.Hududlarni oziq-ovqat va sanoatni qishloq xo’jaligi xom-ashyosi bilan ta’minlash bilan 
hududlararo mehnat taqsimotini qo’shib olib borishni ta’minlash; 
5.Mamlakat iqtisodiy mustaqilligini ta’minlash; 
6.Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini joylashtirish va ixtisoslashtirishda xalqaro mehnat 
taqsimotini hisobga olish va h.k. 

Download 8,59 Mb.
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   386




Download 8,59 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Qishloq xo’jaligi tarmoqlari strukturasi. Tarmoqlarni oqilona qo’shib olib borish

Download 8,59 Mb.
Pdf ko'rish