58
foydalanish dehqonchilik va chorvachilik tarmoqlarida ishlab chiqarishni tashkil qilishning ilg’or
shakllarini hamda xodimlarga haq to’lashni tanlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishining ikkinchi xususiyati shuki,
bu
tarmoqda bosh ishlab
chiqarish vositasi yer resurslari hisoblanadi. Agar sanoatda (qazilma sanoatdan tashqari) yer
korxonalarni joylashtirish uchun makon bo’lib xizmat qiladigan bo’lsa, qishloq xo’jaligida esa u
asosiy va almashtirib bo’lmaydigan ishlab chiqarish vositasidir. Mehnat jarayoni va mahsulot ishlab
chiqarish qishloq xo’jaligida
bevosita yer bilan, uning sifati, undan foydalanish jarayoni bilan
bog’liq. Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi katta yer maydonlarida
agregatlar yordamida amalga
oshiriladi. Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishida suv hamda energetik resurslarga talab juda yuqori
hisoblanadi.
Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishining uchinchi xususiyati
Yuqorida keltirilgan ikki
xususiyatidan kelib chiqadi. Unda takror ishlab chiqarish iqtisodiy
jarayoni tabiat bilan
chambarchars bog’langan, mahsulot ishlab chiqarish biologik sikl bilan bog’liq.
Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishining to’rtinchi xususiyati
tuproq-iqlim sharoitiga
bog’liqligidir. Qishloq xo’jaligi ekinlarining hosildorligi yillar bo’yicha iqlim sharoitiga qarab, ob-
havoga qarab o’zgarib turadi, bu esa o’z navbatida chorvachilikning rivojlanishiga, qishloq xo’jaligi
ishlab chiqarishining samaradorligiga ta’sir qiladi. Olimlarning tadqiqotlariga ko’ra, ko’pgina qishloq
xo’jaligi tarmoqlarida teng harajatlarga teng natija olinmaydi.