39
KURS IShI MAVZUSINI TANLASh
Kurs ishi mavzusini tanlashda har bir talaba kafedrada belgilangan mavzular tematikasi
bo’yicha 3-5 ta mavzudan o’ziga tanish va yaxshi biladigan, qiziqishi yuqori bo’lganini tanlab olishi
zarur bo’ladi. Albatta, har bir talabaning “Qishloq xo’jaligi iqtisodiyoti” bo’yicha o’tilgan darslar
davomida qiziqadigan mavzusi yoki iqtisodiy muammosi bo’ladi. Ayrim hollarda ilmiy rahbarning
ruxsati bilan talaba mavzu tematikasidan tashqari erkin mavzu tanlashi va shu asosida kurs ishini
bajarishi ham mumkin. Bunga ruxsat yetiladi. Masalan: O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyotining
ba’zi bir muammolari bo’yicha tanlashi mumkin.
Kurs ishi mavzusini tanlashda yana bir imkoniyat bu seminar darsida yoki kafedrada ochilgan
to’garaklarda ishtirok etish davimida o’ziga yoqqan yoki ma’qul tushgan mavzuni tanlab olishi,
referat olib yozish orqali ham tanlashi mumkin bo’ladi.
MAVZUNI O’RGANIS’H VA UNGA DOIR TURLI ADABIYOTLAR VA MATERIALLAR
TO’PLAS’H
Talaba kursa ishi mavzusini tanlagandan keyin ushbu mavzu boo’yicha kerakli adabiyotlarni
, ayniqsa iqtisodiyotga oid jurnallarni o’rganib , shu mavzu boo’yicha matbuotdagi fikrlar, ta’limotlar
qiyoslanib, umumiy bir yo’nalish hosil qilinadi.
TO’PLANGAN ADABIYOTLAR VA MATERIALLARNI O’RGANISh
Keyingi bosqichda talaba adabiyotlar bo’yicha konspektlar qilib, har birini ishlab chiqishi,
tartibga solishi, ular ichidan eng muhimlarini, yangi fikr va mulohazalarini alohida ajratib yozib
borishi, belgilab qo’yishi orqali barcha adabiyotlar, masalalar bir tizimga solinib, o’z tanlangan
mavzusi bo’yicha qanday reja tuzishi mumkunligi to’g’risida xulosa kelib chiqadi.
KURS IShINING REJASINI TUZISh (namuna shaklida).
Mavzu: