Bog'liq Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solik
10.4. Nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi (eskirishi) hisobi Amortizatsiya nomoddiy aktivning foydali xizmat muddati davomida amortizatsiya
qiymatini muntazam ravishda taqsimlash va ko‘chirish ko‘rinishida eskirishning qiymat ifodasidir.
Nomoddiy aktivlarning amortizatsiya qiymati taxmin qilinayotgan tugatilish qiymatini chiqarib
tashlagan holda aktivning dastlabki qiymati yoki moliyaviy hisobotlarda ko‘rsatilgan qiymat
o‘rnini bosadigan boshqa qiymatning summasidir.
Nomoddiy aktivlarga eskirish hisoblashda «Nomoddiy aktivlar» nomli 7-son BHMAga
hamda O‘zbekiston Respublikasining Soliq Kodeksiga amal qilish lozim.
«Nomoddiy aktivlar» nomli 7-son BHMAga asosan nomoddiy aktivning amortizatsiya
qiymati uning foydali xizmat muddatidan oshmagan holda, foydali xizmat muddatini belgilash
mumkin bo‘lmagan paytda 5 yilni hisobga olib (lekin korxonaning faoliyat muddatidan oshmagan
holda) muntazam asosda taqsimlanishi kerak.
Quyidagi nomoddiy aktivlarga amortizatsiya hisoblanmaydi:
♦
Haqiqiy emas (ishlamaydigan) deb topilgan va huquqiy oqibatlar keltirib chiqarmaydigan
nomoddiy aktivlar;
♦
Korxonaga tegishli bo‘lmagan, lekin huquq egasi tomonidan litsenziya shartnomasi yoki
boshqacha shartnoma (tanho bo‘lmagan litsenziya) bo‘yicha berilgan va balansdan tashqari
hisobvaraqda hisobga olinadigan nomoddiy aktivlardan foydalanish huquqi asosida korxona
foydalanayotgan nomoddiy aktivlar;
♦
Korxonaga tegishli tovar belgisiga va xizmat ko‘rsatish belgisiga egalik huquqi, shuningdek
vaqt o‘tishi bilan ularning iste’mol xususiyati o‘zgarmaydigan tovar chiqarilgan joy nomiga egalik
huquqi;
♦
Gudvill.
Amortizatsiyalanuvchi qiymat muntazam ravishda nomoddiy aktivni foydali ishlatishning
butun davriga taqsimlanadi. Amortizatsiya turli xil usullarni qo‘llash yo‘li bilan amalga oshiriladi:
to‘g‘ri chiziqli usul, kamayib boruvchi qoldiq usuli va hosil qilingan birliklar summasi
amortizatsiyani hisoblab yozish usuli kiradi.