so‘ng jurnal orderning jamlangan oborotlari boshqa tegishli jurnal-order va vedomostlar (№1-ASK,
4-ASK, 25-ASK va boshqalar) bilan solishtirilib, umumiy summasi Bosh daftarda (18-ASK shakl)
5110-«Hisob-kitob schyoti»ning «Jami kredit oboroti» degan grafasiga o‘tkaziladi va o‘tkazilganligi
belgilab qo‘yiladi. Bir vaqtning o‘zida ushbu kredit oborotni tashkil etuvchi summalar Bosh daftarga
tegishli korrespondentsiyalanuvchi schyotlar debeti bo‘yicha «Debet bo‘yicha oborotlar» bo‘limidagi
jurnal-order «№ schyot krediti bo‘yicha» degan grafalarga 2-ASK jurnal-orderdan olib yoziladi.
Shunday qilib, 2-ASK jurnal-orderning oborotlari Bosh daftarga o‘tkaziladi va uni yurituvchi
buxgalter va bosh buxgalter imzolari bilan tasdiqlanadi.