Chet el valyutasidagi operatsiyalarni amalga oshirish sanasi- xo‘jalik yurituvchi sub’ektda
qonun hujjatlari yoki shartnomaga muvofiq buxgalteriya hisobiga chet el valyutasidagi operatsiyalar
natijasi bo‘lib hisoblanadigan aktivlar va majburiyatlarni qabul qilish huquqi yuzaga kelgan kundir.
Chet el valyutasidagi ayrim operatsiyalarning buxgalteriya hisobida so‘mga qayta hisob-kitob qilinish
sanalari jadvalda keltirilgan.
Buxgalteriya hisobi maqsadlarida chet el valyutasidagi ayrim operatsiyalarni so‘mga hisoblab
o‘tkazish sanalari
Chet el valyutasidagi operatsiyalar
Uning sodir etilish sanasi bo‘lib quyidagi sana
hisoblanadi
Valyuta
schetlari
bo‘yicha
bank
operatsiyalari
pul mablag‘larining valyuta hisob raqamidan hisobdan
chiqarilish sanasi
Chet el valyutasidagi daromadlar
chet el valyutasidagi daromadlarning tan olinish sanasi
Chet el valyutasidagi xarajatlar
chet el valyutasidagi xarajatlarning tan olinish sanasi
Tovar moddiy zahiralarning, o‘zga
to‘ldirish sanasi
Mol-mulk importi
bojhona yuk deklaratsiyasini
Xodimlardan
hisobdor
summalar
tasdiqlash bo‘yicha chet el valyutasidagi
qarzning aks ettirilishi
bo‘nak hisobotini topshirish sanasi
Chet
el
valyutasidagi
qarzlarning
so‘ndirilishi
chet el valyutasidagi qarzning so‘ndirilish sanasi
Ustav kapitaliga qo‘yilmalar bo‘yicha
ta’sischilar qarzining hosil bo‘lishi
yuridik shaxs maqomini olish sanasi
Ustav kapitalini shakllantirish
ta’sischilar qo‘yilmalarining ustav kapitaliga kirim
qilinish sanasi
Xizmatlar importi
Bajarilgan ishlar dalolatnomasini va xo‘jalik
operatsiyasining sodir etilishi faktini tastiqlovchi
boshqa boshlang‘ich hujjatlarni tuzish
Valyutani tartibga solish to‘g‘risida”gi qonunning 14-moddasiga muvofiq O‘zbekiston
hududida yuridik shahslar tomonidan chet el valyutasini sotib olish va sotish vakolatli banklar orqali,
jismoniy shaxslar tomonidan bo‘lsa-vakolatli banklar, ularning filiallari va valyuta almashtirish
punktlari orqali amalga oshiriladi. Chet el valyutasini sotib olish va sotish Markaziy bankning sotib
olish yoki sotish kunida amal qilgan kursi bo‘yicha aks ettiriladi. Bunda yuzaga keladigan kurs farqi
moliyaviy faoliyatdan olingan daromadlar (qilingan xarajatlar) sifatida xo‘jalik yurituvchi
sub’ektning moliyaviy natijalariga kiritiladi.
9540-“Valyuta kursidan olingan daromadlar” schetning krediti –Markaziy bank kursi
bo‘yicha xarid qilingan chet el valyutasining so‘mdagi ekvivalent qiymati bilan xarid kunida valyuta
bozorida amal qilgan bitim xarid qilingan chet el valyutasining so‘mdagi ekvivalent qiymati
o‘rtasidagi tafovut summasiga.
Fuqarolik kodeksining 245-moddasiga muvofiq pul majburiyatida uning chet el valyutasidagi
mahlum bir summaga yoki shartli pul birliklari (ekyu, “qarz olish maxsus huquqlari” va boshqalar)
so‘mda to‘lanishi lozimligi nazarda tutilgan bo‘lishi mumkin. Bunday hollarda so‘mlar bilan
to‘lanishi lozim bo‘lgan summa tegishli valyutaning yoki shartli pul birliklarining to‘lov kunidagi
rasmiy kursi bo‘yicha belgilanadi basharti uni belgilashning boshqacha kursi yoki boshqa sanasi
qonun hujjatlarida yoki taraflarning kelishuvda belgidab qo‘yilgan bo‘lmasa.
O‘zbekiston Respublikasi xududida majburiyatlar bo‘yicha hisob-kitoblarni amalga oshirish
chog‘ida chet el valyutasidan, shuningdek chet el valyutasidagi to‘lov hujjatlaridan foydalanishga
qonun hujjatlarida belgilangan hollar, tartib va shartlar asosida yo‘l ko‘yiladi.
Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ga doir narxlar (tariflar) ni chet el valyutasiga ekvivalentda
belgilaydigan, to‘lovni esa milliy valyutada- so‘mda oladigan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar Markaziy
bank kursining mahsulot (ishlar hizmatlar)ning sotilishi sanasidan boshlab to‘lovning kelib tushishi
sanasigacha bo‘lgan davr ichida o‘zgarishi munosabati bilan yuzaga keluvchi musbat kurs farqini
9540- “Valyuta kursidagi farqlardan olingan daromadlar” schetida, manfiy kurs farqini esa – 9620-
“Valyuta kursidagi farqlardan ko‘rilgan zararlar” schetida yuritadilar.
Korxonalar buxgalteriya balansi valyuta moddalariningqayta baholash oqibatida hosil
bo‘luvchi kurs farqlarini hisobga olish. Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar hisobot oyining so‘ngi kuniga
bo‘lgan va Markaziy bank kursi bo‘yicha xo‘jalik operatsiyalarini amalga oshirish sanasiga
balansining valyuta moddalarini qayta baholashni har oyda amalga oshiradilar. Qayta baholash va
kurs farqini aniqlash maqsadida balansning valyuta moddalariga quyidagilar kiradi:
− kassadagi, bankdagi depozit va ssudalar schetlaridagi, shu jumladan, akkreditivlardagi valyuta
mablag‘lari;
− chet el valyutasidagi pul hujatlari;
− chet el valyutasida ifodalangan qisqa muddatli va uzoq muddatli qimmatli qog‘ozlar;
− chet el valyutasida ifodalangan debitorlik va kreditorlik qarzlari, kreditlar va qarzlar.
− Quyidagilar qayta baholanmaydi:
− xo‘jalik yurituvchi sub’ektning chet el valyutasiga xarid qilingan asosiy vositalar, nomoddiy
aktivlari, o‘rnatiladigan uskunasi, kapital qo‘yilmalari, tovar-moddiy zahiralari;
− xo‘jalik yurituvchi sub’ektning ustav kapitali va ta’sischilarning (ahzolarining) ulushlari bunga
chet el investitsiyasi ishtirokidagi korxonalar ham kiradi.
Agar operatsiyani amalga oshirish sanasidan boshlab mazkur operatsiya bo‘yicha uzil-kesil hisob-
kitob qilish sanasida amal qilgan kurs bo‘yicha(1.3.4.–chizma) aks ettirilishi mumkin.
–chizma
Hisobot davri
Hisobot davri
Operatsiyani amalga oshirish sanasi
Operatsiya bo‘yicha hisob-kitob qilish sanasi
Modda mazkur kurs bo‘yicha aks ettiriladi
Hisob-kitob hisob-kitob qilish kuniga
bo‘lgan kurs bo‘yicha amalga oshiriladi
(kurs farqi mavjud emas)
(kurs farqi aks ettiriladi)
Agar operatsiyani amalga oshirish sanasida u bo‘yicha uzul-kesil hisob-kitob qilish
sanasigacha bo‘lgan davr ikki va undan ortiq oy yoki hisobot davrlari o‘rtasiga to‘g‘ri kelsa,
balansning valyuta moddalarini har oylik qayta baholash yoki hisobot davri oxirida qayta baxolash
chog‘idagi kurs farqi har bir oyning (hisobot davrining) oxirida mavjud bo‘lgan kurs bo‘yicha aks
ettirilishi mumkin, shuningdek yuqorida ko‘rsatilganoperatsiya bo‘yicha uzil-kesil hisob-kitob qilish
sanasidagi kurs farqi hosil qilishi mumkin (____-chizma)
-chizma
Hisobot davri
Keyingi hisobot davri
Operatsiyani
amalga
oshirish
sanasi
Oy
(hisobot
davri) oxiri
Operatsiya
bo‘yicha
hisob-kitob qilish sanasi
Modda
mazkur
kurs
bo‘yicha aks ettiriladi (kurs
farqi mavjud emas)
Modda davr oxiriga
bo‘lgan kurs bo‘yicha
aks
ettiriladi
(kurs farqi aks ettiriladi)
Hisob-kitob hisob-kitob
kuniga
bo‘lgan
kurs
bo‘yicha
amalga
oshiriladi
(kurs farqi aks ettiriladi)
Hosil bo‘lgan kurs farqi xo‘jalik yurituvchi sub’ektning xohishiga qarab bevosita kiritish yo‘li
(keyingi o‘rinlarda-bevosita kiritish usuli) bilan yoki jamlash yo‘li (keyingi o‘rinlarda-jamlash usuli)
bilan moliyaviy natijalarga hisobdan chiqariladi.
Balansning valyuta moddalarini har oyda qayta baholash natijasida hosil bo‘lgan kurs farqi
bevosita kiritish usulidan foydalanishi chog‘ida moliya-xo‘jalik faoliyati natijalariga hisobdan
chiqariladi va buxgalteriya hisobi schetlarida quyidagicha aks ettiriladi:
—
musbat kurs farqi-9540-“Valyuta kursidagi farqlardan olingan daromadlar” schetining
krediti bo‘yicha;
—
manfiy kurs farqi-9620- “Valyuta kursidagi farqlardan ko‘rilgan zararlar” schetining
debeti bo‘yicha.
Balans valyuta moddalarining har oylik qayta baholanishi natijasida hosil bo‘lgan kurs farqi
yuzaga kelishi vaqtida jamlash usulidan foydalanishi chog‘ida xo‘jalik yurituvchi sub’ektning
moliyaviy natijalariga kiritilmaydi va buxgalteriya hisobida quyidagi hisobvaraqlarda aks ettiriladi:
—
musbat kurs farqi-6230-“Boshqa kechiktirilgan daromadlar” schetining krediti
bo‘yicha –ularning joriy qismi va (yoki) 7230-“Boshqa uzoq muddatli kechiktirilgan daromadlar”
schetining krediti bo‘yicha –ularning uzoq muddatli qismi ;
—
manfiy kurs farqi-3290-“Boshqa kechiktirilgan xarajatlar” schetining debeti bo‘yicha-
ularning uzoq muddatli qismi va (yoki) 0990- “Boshqa uzoq muddatli kechiktirilgan xarajatlar”
schetining debeti bo‘yicha–ularning uzoq muddatli qismi.
Jamlash usulidan foydalanish nitijasida jamlangan kurs farqi quyidagi tartibda moliyaviy –
xo‘jalik faoliyat natijalariga kiritiladi:
—
chet el valyutasidagi debitorlik va kreditorlik qarzlari bo‘yicha-ularning so‘ndirilishi
(yoki hisobdan chiqarilishi) ga qarab;
—
qolgan xollarda-balansning tegtshli valyuta moddalari bilan xo‘jalik operatsiyalarini
amalga oshirishga qarab.
Kurs farqidan ko‘rilgan uzoq muddatli kechiktirilgan daromadlar va xarajatlar joriy qismining
o‘tkazilishi buxgalteriya hisobida quyidagi tarzda aks ettiriladi:
Musbat kurs farqi bo‘yicha uzoq muddatli kechiktirilgan daromadlar joriy qismining
o‘tkazilishi chog‘ida:
7230-“Boshqa uzoq muddatli kechiktirilgan daromadlar” schetining debeti;
6230-“Boshqa kechiktirilgan daromadlar” schetining krediti;
manfiy kurs farqi bo‘yicha uzoq muddatli kechiktirilgan xarajatlar joriy qismining o‘tkazilishi
chog‘ida:
3290-“Boshqa kechiktirilgan xarajatlar” schetining debeti;
0990- “Boshqa uzoq muddatli kechiktirilgan xarajatlar” schetining krediti.
Jamlangan kurs farqining chet el valyutasidagi debitorlik va kreditorlik qarzlari bo‘yicha
moliya xo‘jalik faoliyati natijalariga kiritilishi-ularning so‘ndirilishi(yoki hisobdan chiqarilishiga)
qarab, qolgan hollarda balansning tegishli valyuta mlddalari bilan xo‘jalik operatsiyalarini amalga
oshirishga qarab buxgalteriya hisobida quyidagi tartibda aks ettiriladi:
a) Musbat kurs farqi:
6230 – “Boshqa kechiktirilgan daromadlar” schetining debeti
9540 – “Valyuta kursidagi farqlardan olingan daromadlar” schetining krediti
b) manfiy kurs farqi
9620 – “Valyuta kursidagi farqlardan ko‘rilgan zararlar” schetining debeti;
3290 – “Boshqa kechiktirilgan xarajatlar” schetining krediti
Kurs farqining buxgalteriya hisobini yuritishni soddalashtirish maqsadida tegishlicha
kechiktirilgan daromalning va xarajatlarni hisobga olish hisobvaraqlarida hisobga olingan musbat va
manfiy kurslar farqining hisobdan chiqarilishi amalga oshiriladigan hisobot oyi oxirida chet el
valyutasining bir birligiga to‘ladigan kurs farqining o‘rtacha hajmi bo‘yicha hisobdan chiqarilishiga
ruxsat etiladi, u ___–jalvalda keltirilgan.
-jadval
Kurs farqining o‘rtacha hajmi bo‘yicha hisobdan chiqarilishi
Balansning
valyuta
moddalari
nomi
AQSh
dollari
Milliy
valyutadagi
summa
(so‘mlarda)
Balansning
valyuta
moddalarini har oylik qayta
baholash natijalari bo‘yicha
to‘plangan (so‘mlarda)
MB kursi
1$ q 1020
so‘m
MB kursi
1$ q 1020
so‘m
MB kursi
1$ q 1020
so‘m
Manfiy farq
6230-“Boshqa
kechiktirilgan
daromadlar”
hisobvarag‘i
krediti
bo‘yicha
Masbat farq
3290-“Boshqa
kechiktirilgan
xarajatlar”
hisobvarag‘i
bo‘yicha
Valyuta
mablag‘lari
250
255000
260000
262500
50000(26000
0-255000)
2500(262500-
260000)
Debitorlik
qarzi
750
765000
780000
787500
15000(78000
0-765000)
7500(787500-
780000)
Kreditorlik
qarzi
1250
1275000
1300000
1312500
25000(13000
00-1275000)
12500(13125
00-1300000)
Jami
30000
37500
|