va majburiyatlar hisobi” nomli buxgalteriya hisobi milliy standarti (22-sonli BHMS)ning qabul
qilinishi chet el valyutasidagi operatsiyalarining buxgalteriya hisobi takomillashtirilishida tub
burilishiga sabab bo‘ldi. Mazkur standart chet valyutasi ko‘rinishida aks ettirilgan aktivlar va
majburiyatlarni buxgalteriya hisobida aks ettirish va ularni moliyaviy hisobotlarda ochib berish
tartibini belgilab beradi.
“Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq respublikaning barcha xo‘jalik
yurituvchi sub’ektlari buxgalteriya hisobi yuritishlari va hisobotlarni , agar qonunlarda o‘zgacha
tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa , milliy valyuta –so‘mda taqdim etishlari kerak. Buxgalteriya
hisobida aks ettirish maqsadida chet el valyutasidagi operatsiyalar ularning amalga oshirilish
sanasidagi Markaziy bank kursi bo‘yicha so‘mga hisoblab o‘tkazilishi lozim.
Markaziy bank valyuta operatsiyalari bo‘yicha buxgalteriya hisobi, statistika va boshqa
hisobotlar yuritish maqsadida, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi hududida bojxona to‘lovlari va
boshqa majburiy to‘lovlarning hisoblab chiqarilishi uchun muntazam ravishda (odatda, har haftaning
boshida) so‘mning chet el valyutalariga nisbatan kurslarini belgilaydi. Chet el valyutasida
ifodalangan operatsiyalar summasi, aktivlar va majburiyatlar qiymatining so‘mga hisob-kitob
qilinishi chog‘ida ularning o‘zgarishiga qarab manfiy yoki musbat kurs farqi yuzaga keladi.
Chet el valyutasida ifodalangan operatsiyalar buxgalteriya hisobida xo‘jalik operatsiyasining
amalga oshirilishi sanasida amal qilgan Markaziy bankning kursi bo‘yicha, shu jumladan quyidagilar
bo‘yicha so‘mdagi ekvivalentda aks ettiriladi:
− kassadagi valyuta mablag‘lari, bankdagi depozit va ssuda schetlari, akkreditivlar, valyuta ssuda
qarzlari;
− chet el valyutasidagi debitorlik va kreditorlik qarzlari;
− bojxona yuk dekloratsiyasini rasmiylashtirish sanasiga tuzilgan shartnomalar bo‘yicha import
qilingan tovar-moddiy qiymmatliklar va boshqa aktivlarning kirim qilinishi;
− bojxona to‘lovlarining chet el valyutasida amalga oshirilishi;
− chet el valyutasida ifodalangan pul hujjatlari;
− chet el valyutasidagi qimmatli qog‘ozlar.
− Xo‘jalik yurituvchi sub’ekt:
− mol-mulkni (asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, tovar-moddiy zahiralar va boshqa aktivlarni)
chet el valyutasiga sotib olganida yoki sotganida;
− ular bo‘yicha to‘lanadigan yoki olinadigan summalar chet el valyutasida belgilangan kreditlar va
qarzlarni olayotgan yohud taqdim etayotganda;
− o‘z zimmasiga majburiyatlarni chet el valyutasida olganda yoki so‘ndirayotganda chet el
valyutasida amalga oshiriladigan bitimlar chet el valyutasidagi operatsiyalar hisoblanadi.