Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solikka tortish \




Download 4,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet192/371
Sana21.11.2023
Hajmi4,92 Mb.
#102937
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   371
Bog'liq
Buxgalteriya

11.8-jadval 
Olma tannarxini hisoblash 
Mahsulot 
nomi 
Miq-
dori, s 
1s bozor 
bahosi, 
Bozor bahosi 
bo‘yicha qiymati, 
Ulushi, 

Jami xarajat, 
ming so‘m 
1s tan-
narxi, 


(guruhi) 
ming 
so‘m 
ming so‘m 
ming so‘m 
Standart 
olma 
80 
60000 
4800000 
80 
2471040 
30888 
Nostandar
t olma 
30 
40000 
1200000 
20 
617760 
20592 
Jami 
110 

6000000 
100 
3088800 

Shundan urilgan 2 s olma qo‘shimcha mahsulot sifatida chegirib tashlanib, qolgan 30 
sentnerining tannarxi Kalkulyatsiyalanishi lozim. Jami xarajat summasidan qo‘shimcha mahsulot 
qiymati (40000 so‘m) chegirib tashlanganidan so‘ng qolgan summa (3231800 so‘m) alohida 
mahsulot turlari (olma va qalamcha ko‘chat) o‘rtasida belgilangan koeffitsientlar bo‘yicha 
taqsimlanadi. Olmaga tegishli xarajat summasi (3088800 so‘m) esa standart va nostandart 
olmalarning bozor baholari bo‘yicha qiymatiga mutanosib ravishda taqsimlanib, 1 sentnerining 
tannarxi aniqlanadi (11.8-jadval). Ushbu misolda mahsulotlar tannarxini aniqlashning 
kombinatsiyalashgan uslubi qo‘llanilgan. Ushbu uslub qo‘shimcha mahsulotlar qiymatini 
chegirish, koeffitsientli va mutanosib taqsimlash usullaridan iborat. 
 
11.3.7. Dehqonchilik mahsulotlarining rejadagi va haqiqiy tannarxlari o‘rtasidagi 
farqlarni tuzatish (korrektirovka qilish) 
Dehqonchilik mahsulotlarining haqiqiy tannarxi aniqlanganidan so‘ng yil oxiriga 
sarflanmay qolgan urug‘lik, yem-xashak, tovar mahsulotlar hamda sotilgan, qayta ishlangan, 
chorva mollariga va boshqa ehtiyojlar uchun sarflangan mahsulotlar qayta baholanadi ya'ni 
ularning reja tannarxi haqiqiy tannarxiga tenglashtiriladi. 
Mahsulotlarning haqiqiy va reja tannarxi o‘rtasidagi farqlar quyidagicha hisobdan 
o‘chiriladi: butun korxona bo‘yicha mahsulotlarning har bir turi bo‘yicha rejadagi va haqiqatdagi 
xarajat summalari taqqoslanadi va natijada taqsimlanishi lozim bo‘lgan umumiy farq topiladi; 
mahsulot turlari bo‘yicha umumiy farqni korrektirovka qilinishi kyerak bo‘lgan mahsulot 
miqdoriga bo‘lib, mahsulot birligiga qancha tejash yoki oshiqcha sarflash to‘g‘ri kelishi 
aniqlanadi; aniqlangan summalar mahsulotlarning turlari bo‘yicha ishlatilgan va xo‘jalikda 
qoldirilgan miqdorlariga ko‘paytiriladi va shu mahsulotlar aks ettirilgan schotlarga qo‘shimcha 
o‘tkazish (oshiqcha sarflanganda) yoki storno qilinishi (tejalganda) kyerak. 
Mahsulotlarning reja va haqiqiy tannarxlari o‘rtasidagi tafovutlar boshqacha usulda ya'ni 
tafovutlarning mahsulotlar reja tannarxiga nisbatan foizda hisoblangan hissalari bo‘yicha ham 
hisobdan o‘chirilishi mumkin. Bu usulda reja va haqiqiy tannarx o‘rtasidagi tafovut quyidagicha 
hisobdan o‘chiriladi: har bir analitik schot bo‘yicha yil davomida kirimga olingan mahsulotlarning 
reja tannarxini ularni yetishtirishga ketgan haqiqiy xarajatlar bilan taqqoslanadi va bunday 
taqqoslash asosida taqsimlanishi lozim bo‘lgan farq topiladi; topilgan farqlar mahsulotlarning reja 
tannarxiga nisbatan foizlarda aniqlanadi; ishlatilgan va xo‘jalikda qoldirilgan mahsulotlarning reja 
tannarxi hisoblab chiqarilgan foizga ko‘paytiriladi va korrektirovka qilinishi lozim bo‘lgan summa 
aniqlanadi. 
Mahsulotlar reja va haqiqiy tannarxlari o‘rtasidagi tafovutlarning jami ma’lumotlari ekin 
turlari (bir xil ekin guruhlari) bo‘yicha «Dehqonchilik mahsulotlari ishlab chiqarish xarajatlari va 
mahsulot chiqishini hisobga olish qaydnomasi»
10
ga o‘tkaziladi. 

Download 4,92 Mb.
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   371




Download 4,92 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solikka tortish \

Download 4,92 Mb.
Pdf ko'rish