Bog‘dorchilik va uzumchilik mahsulotlarining tannarxini hisoblash




Download 4,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet190/371
Sana21.11.2023
Hajmi4,92 Mb.
#102937
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   371
Bog'liq
Buxgalteriya

11.3.6. Bog‘dorchilik va uzumchilik mahsulotlarining tannarxini hisoblash 
Meva-sabzavotchilik shirkat xo‘jaliklari tugatilib, ular negizida ixtisoslashgan fermer 
xo‘jaliklari tashkil etilishi natijasida bog‘dorchilik va uzumchilik sezilarli darajada rivojlanmoqda. 
Ishlab chiqarishni samarali boshqarish, xususan, mahsulotlar tannarxini to‘g‘ri shakllantirish va 
uning dinamikasini nazorat qilish, norma va normativlarning haqqoniyligini baholash, tannarxni 
pasaytirish imkoniyatlarini aniqlash, mahsulotlarga baho belgilash hamda uni tezkor qayta ko‘rib 
chiqish masalalarini ta'minlaydigan tannarx hisoblash uslubini shakllantirish lozim. Bu borada 
professor N.Yu.Jo‘raev haqli ta'kidlagan: “Mahsulotlar tannarxini hisoblash uchun har bir 
mahsulot turini ishlab chiqarish samaradorligini ishonchli aniqlashga imkon beradigan uslub 
zarur”
9

Darhaqiqat, har bir muayyan sharoit uchun tannarx hisoblashning maqsadga muvofiq 
uslubi zarur. Masalan, hajmi nisbatan kichik meva-sabzavotchilik fermer xo‘jaliklarida bog‘lar 
maydoni unchalik katta bo‘lmasdan, asosan bir turdagi meva etishtiriladi. Shuning uchun ushbu 
tarmoq xarajatlari bitta –“Bog‘dorchilik” analitik schotida butunligicha hisobga olinishi mumkin. 
Ushbu analitik schotda bog‘larni parvarishlash, hosilni yig‘ishtirish va hosil yig‘ishtirilgandan 
so‘ng hisobot yili oxirigacha bog‘da bajariladigan ishlar, barcha turdagi daraxtlar va butazorlar 
bo‘yicha parvarishlash hamda hosilni yig‘ishtirish xarajatlari aks ettiriladi. Natijada, bunday 
fermer xo‘jaliklarida bog‘dorchilik mahsulotlari bir sentnerining tannarxi bir butunligicha 
hisoblanadi. Buning uchun barcha xarajatlar kirimga olingan mahsulotlarning umumiy miqdoriga 
(ularni turlarga ajratmasdan) bo‘linadi. Masalan, fermer xo‘jaligida hisobot yilida xarajatlar 
6510000 so‘mni tashkil etib, 186 sentner mahsulot kirim qilingan. Bunda bog‘dorchilikdan 
olingan 1 sentner mahsulotning haqiqiy tannarxi:
6510000:186=35000 so‘m. 
Bog‘dorchilik mahsulotlarining har bir turi bo‘yicha alohida tannarx hisoblash zarur 
bo‘lganida xarajatlar har bir mahsulot turining bozor bahosi bo‘yicha aniqlangan umumiy 
qiymatidagi ulushiga mutanosib taqsimlanishi mumkin. Agar bog‘dorchilik xarajatlari 26354000 
so‘m bo‘lib, olingan barcha mahsulotlarning bozor bahosi bo‘yicha qiymati 63540000 so‘mni 
tashkil etsa, u holda taqsimlash koeffitsienti quyidagicha aniqlanadi: 
26354000:63540000=0,4147 
So‘ngra har bir mahsulotning bozor bahosi bo‘yicha qiymatini ushbu koeffitsient 
(0,4147)ga ko‘paytirish yo‘li bilan mahsulot turiga tegishli xarajat summasi aniqlanadi. 
Aniqlangan summa ushbu ekin turidan olingan mahsulot miqdoriga bo‘linib, har bir mahsulot turi 
birligining haqiqiy tannarxi hisoblanadi. 
Agar bog‘ning qator oralariga sabzavot ekilgan bo‘lsa, u holda ushbu ekinlar bo‘yicha 
barcha xarajatlar alohida “Sabzavotchilik” analitik schotida aks ettirilib, bog‘dorchilik 
xarajatlariga qo‘shilmaydi. Voyaga yetmagan va foydalanishga qabul qilinmagan yosh bog‘lardan 
meva va rezavor mevalar olinganda, ular sotish mumkin bo‘lgan baholarda qabul qilinishi 
mumkin. Ushbu baho summasidan yosh bog‘larni parvarishlash xarajatlari chegirib tashlanadi. 
Natijada, yosh bog‘lardan olingan mahsulot tannarxi ularni parvarishlash va hosilni yig‘ishtirish 
xarajatlaridan oshib ketmasligi mumkin (11.7-jadval). 

Download 4,92 Mb.
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   371




Download 4,92 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Bog‘dorchilik va uzumchilik mahsulotlarining tannarxini hisoblash

Download 4,92 Mb.
Pdf ko'rish