Asalarichilik mahsulotlari tannarxini hisoblash




Download 4,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet200/371
Sana21.11.2023
Hajmi4,92 Mb.
#102937
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   371
Bog'liq
Buxgalteriya

 
11.5.7. Asalarichilik mahsulotlari tannarxini hisoblash 
Asalarichilikdan asosan asal olinadi va qishloq xo‘jalik ekinlarini changlatishda 
foydalaniladi. Bu tarmoqda olinadigan asal, mum, yangi asalari uyalari, ona asalarilar, ona asalari 
suti tannarx hisoblash obekti hisoblanadi. Changlantiriladigan ekinlarning maydoni va 
hosildorligiga qarab asalarichilik xarajatlarining rezavor-meva ekinlari va urug‘lik bedaga 40-60 
foizi, boshqa ekinlarga 20-40 foizi o‘tkaziladi. Asalarichilikdan olinadigan mahsulotlar (naslsiz 
ona ari, nasl beradigan ona ari, yangi asalari uyalari, asal, ona asalari suti, mum va xokazo) tannarxi 
qilingan xarajatlar summasini olingan mahsulot turlariga ularning xarid narxi bo‘yicha bahosiga 
mutanosib taqsimlash yo‘li bilan aniqlanadi. Ortgan mum kataklarning tannarxi yeritilgan 
konditsiyadagi mumlar tannarxi bo‘yicha aniqlanadi. Bunda uyadagi 435x230 mm hajmdagi mum 
katak 140 gramm, 435x125 mm – 110 gramm, 435x145 mm – 70 gramm mumga teng qilib olinadi. 
Yangi asalari oilalari ularni sotish bahosida kirimga olinadi. Bunda 1 kg asalari 10 
kilogramm asalga tenglashtiriladi. 
Sotilgan, qish-bahor davrida oziq uchun uyalarda va omborlarda qoldirilgan asal 
asalarichilikdan olingan yangi hosilni tashkil etadi. 
Asalarichilikda asalari uyalarining balans qiymati ham aniqlanib, u ona asalari, ishchi 
asalari, oziq sifatida uyada qoldirilgan asal, asalari yashiklari vashu kabilarning qiymatlari 
yig‘indisidan iboratdir. 
Faqat qishloq xo‘jalik ekinlarini changlantirish uchun mo‘ljallangan asalarichilik 
xarajatlari changlantiriladigan ekinlardan olingan mahsulotlar tannarxiga o‘tkaziladi. Bunda 
olingan asal, mum va boshqa mahsulotlar qo‘shimcha mahsulot hisoblanib, xarid narxi bo‘yicha 
baholanadi va xarajatlar summasidan chegirib tashlanadi. 
 
11.6. Sanoat ishlab chiqarish xarajatlari, mahsulot olinish hisobi va tannarx hisoblash 
 
Dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlash, shuningdek, qurilish 


Materiallari ishlab chiqarish, mayda asbob-uskunalarni tayyorlash va hokazolar uchun qishloq 
xo‘jalik korxonalari tarkibida yoki mustaqil sanoat korxonalari hamda yordamchi xo‘jaliklar 
tashkil etiladi. Bunday sanoat korxonalari ishchi kuchining mavsumiy oshiqchaligidan to‘la va 
samarali foydalanish hamda rentabellikni oshirishda muhim ahamiyatga ega. 
Sanoat ishlab chiqarishini hisobga olish har bir ishlab chiqarish sarfini hisob obekti va xarajat 
moddasi bo‘yicha hisobda to‘g‘ri va o‘z vaqtida aks ettirish, ishlab chiqarilgan mahsulotlarni aniq 
hisobga olish va ularning tannarxini to‘g‘ri hisoblash, tugallanmagan ishlab chiqarishni to‘g‘ri 
aniqlash, mablag‘larni tejab sarflashni nazorat qilish, oila pudrati va pudrat asosida ishlaydigan 
bo‘linmalarning shartnomaviy majburiyatlarni bajarishi ustidan nazorat qilish va har bir korxona 
bo‘yicha ishlab chiqarish faoliyatining (moliyaviy) natijalarini alohida aniqlashni ta'minlash 
lozim. 
Qishloq xo‘jaligida sanoat ishlab chiqarishlariga qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta 
ishlaydigan (tegirmon, sutni qayta ishlash, moyjuvoz, konsyerva va pishloq zavodlari va h.k.) 
korxonalar va ishlab chiqarishlar, yog‘och tilish, g‘isht zavodi, salloqxona, hamda mahsulotlarga 
oddiy ishlov berishga oid ishlab chiqarishlar (meva vasabzavotlarni quritish, bodring va pomidor 
tuzlash va boshqalar) kiradi. 
Sanoat ishlab chiqarishida qilingan xarajatlar quyidagi moddalar bo‘yicha hisobga olinadi: 
1. Mehnat haqi xarajatlari ijtimoiy sug‘urta xarajatlari bilan birgalikda. 2. Xom ashyo va 
Materiallar. 3. Ishlar va xizmatlar. 4. Asosiy vositalarni saqlash xarajatlari. 5. Ishlab chiqarishni 
tashkil etish va boshqarishga oid xarajatlar. 6. Sug‘urta to‘lovlari. 7. Boshqa xarajatlar. 8. 
Yaroqsizlikdan ko‘rilgan yo‘qotishlar. 
«Xom ashyo va Materiallar» moddasida tayyorlanadigan mahsulotning negizini tashkil 
etuvchi yoki uni tayyorlashda zarur bo‘ladigan komponentlar: masalan, tegirmon va 
juvozxonalarda – donning qiymati; kanop va zig‘irni qayta ishlashda – poyaning qiymati; meva, 
sabzavot, kartoshka va rezavor mevalarni qayta ishlashda – meva, sabzavot, kartoshka, 
dukkaklilar, rezavorlar va boshqalar qiymati. 
«Yaroqsizlikdan ko‘rilgan yo‘qotishlar» moddasida butunlay yaroqsizga chiqarilgan 
mahsulot (buyumlar, yarim tayyor mahsulotlar) qiymati, qurulmalarning dastlabki ishlatish 
vaqtida buzilgan xom-ashyo, Materiallar va yarim tayyor mahsulotlar qiymati hamda yaroqsizlikni 
tuzatish xarajatlari aks ettiriladi. 
Qolgan xarajat moddalari o‘zlarining mazmuniga qarab 2010 va 2020 schotlar bo‘yicha 
ko‘rib chiqilgan xarajat moddalariga o‘xshashdir. 

Download 4,92 Mb.
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   371




Download 4,92 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Asalarichilik mahsulotlari tannarxini hisoblash

Download 4,92 Mb.
Pdf ko'rish