Sut yo‘nalishidagi chorvachilikda mahsulotlar tannarxini hisoblash




Download 4,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet197/371
Sana21.11.2023
Hajmi4,92 Mb.
#102937
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   371
Bog'liq
Buxgalteriya

11.5.1. Sut yo‘nalishidagi chorvachilikda mahsulotlar tannarxini hisoblash 
Bu yo‘nalishdagi chorvachilikda tannarx hisoblash obekti bo‘lib olingan sut va buzoqlar 
hisoblanadi. 
Bir sentner sut va bir bosh buzoqning tannarxini hisoblash uchun sut yo‘nalishidagi 
qoramollarga qilingan yillik xarajatlar summasidan go‘ng, tullashdan tushgan jun va boshqa 
shunga o‘xshash qo‘shimcha mahsulotlar qiymati chegirib tashlanadi. 
Misol: hisobot yilida xo‘jalikning sigirlar fermasida 15306000 so‘m xarajat qilinib, 1420 
sentner sut, 81 buzoq olingan. 26800so‘mlik go‘ng jami xarajatdan chegirib tashlanadi (15306000-
26800 q 15279200) qolgan xarajat summasining 90% i sut miqdoriga va 10%i buzoqlar bosh 
soniga bo‘linadi ya'ni: 
bir sentner sut tannarxi =15279200x90 : 1420 s=9684 so‘m.
100
bir bosh buzoq tannarxi = 15279200x10 : 81 bosh q18863 so‘m
100
Demak, 1 s. sutning tannarxi 9684 sum, bir bosh buzokniki 18863 sum ekan. 
 
11.5.2. O‘stirilayotgan va boquvdagi qoramollarning qo‘shilgan va tirik vaznining 
tannarxini hisoblash 
O‘stirilayotgan va boquvdagi chorva mollari bo‘yicha tirik vazni, qo‘shilgan vazni va 
molning umumiy tirik massasi tannarx hisoblash obektlari bo‘lib hisoblanadi. 
Qo‘shilgan tirik vaznning tannarxi ushbu hisob guruhidagi mollarni saqlash xarajatlari 
umumiy summasini (qo‘shimcha mahsulotlar qiymati chegirib tashlangan holda) qo‘shilgan tirik 
massaga bo‘lish yo‘li bilan aniqlanadi. 
U yoki bu hayvon turining tegishli guruhi bo‘yicha qo‘shilgan vazn quyidagi formula 


yordamida aniqlanadi: 
V
q
=Vo+Vch-Vk-Vb 
Bunda: V
q
- qo‘shilgan (semirgan) vazn; 
Vo - yil oxiriga qolgan vazn; 
Vch – yil davomida xo‘jalikdan chiqarilgan hayvonlar vazni (nobud bo‘lgan 
hayvonlarning yil boshiga bo‘lgan tirik vaznini ham qo‘shgan holda); 
Vk – yil davomida xo‘jalikka kirim qilingan hayvonlar vazni; 
Vb – yil boshiga bo‘lgan vazni. 
O‘stirilayotgan va boquvdagi chorva mollari bo‘yicha qo‘shilgan vazn tannarxini 
hisoblashdan tashqari bir sentner tirik massasining ham tannarxi hisoblanadi.
Tirik vazn tannarxini hisoblash shuning uchun ham zarurki, o‘stirilayotgan va boquvdagi 
chorva mollarining har bir turi bo‘yicha 1100-«O‘stirishdagi va boquvdagi hayvonlarni hisobga 
oluvchi schotlar» (1110-1120) bo‘yicha hisob yuritishda har xil baholar qo‘llaniladi. Masalan, 
olingan buzoq, uning olingan bosh sonidan qat'iy nazar sut yo‘nalashidagi asosiy podaga qilingan 
xarajatning 10 foizi bo‘yicha tannarxi aniqlanadi. Buzoqning qo‘shilgan vazni rejadagi qo‘shilgan 
vazn tannarxi bo‘yicha baholanadi. Sotib olingan buzoqlar esa haqiqatda sotib olingan baholarda 
kirim qilinadi. Boquvga qabul qilingan katta yoshli mol va o‘tgan yilgi yosh mollar yil boshidagi 
bir sentner tirik vazni o‘tgan yillardagi o‘rtacha tannarxi bo‘yicha hisobga olinadi. 
Go‘sht yo‘nalishidagi chorvachilikda tannarx hisoblash obektlari quyidagilar: asosiy poda 
bo‘yicha – olingan asl, qo‘shilgan tirik vazn va sut, o‘stirishdagi va boquvdagi chorva mollari 
bo‘yicha esa qo‘shilgan tirik vazn va katta yoshdagi chorva mollari guruhi bo‘yicha qo‘shilgan 
vatirik vazn. Go‘sht yo‘nalishidagi chorva mollaridan olingan sut qo‘shimcha mahsulot bo‘lib 
hisoblaniladi va asosiy mahsulot tannarxini hisoblashda uning qiymati (davlat xarid narxlari yoki 
sotish bahosida baholanib) umumiy xarajatlardan chegirib tashlanadi. 

Download 4,92 Mb.
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   371




Download 4,92 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Sut yo‘nalishidagi chorvachilikda mahsulotlar tannarxini hisoblash

Download 4,92 Mb.
Pdf ko'rish