• Tayyor mahsulot
  •  MAVZU. TAYYOR MAHSULOTLAR VA TOVARLAR HISOBI




    Download 4,92 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet205/371
    Sana21.11.2023
    Hajmi4,92 Mb.
    #102937
    1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   371
    Bog'liq
    Buxgalteriya

     
    12 MAVZU. TAYYOR MAHSULOTLAR VA TOVARLAR HISOBI 
    12.1. Tayyor mahsulot (ishlar, xizmatlar) va uni hisobga olish vazifalari 
    Tayyor mahsulot ishlab chiqarish va uni sotish xalq xo‘jaligi va aholining ehtiyojlarini 
    ta’minlashga qaratilgan har bir korxona ishlab chiqarish faoliyatining yakunlovchi bosqichi 
    hisoblanadi. 
    Tayyor mahsulot deb - korxonadagi barcha ishlov operatsiyalaridan o‘tib bo‘lgan, tayyor 
    holga keltirilgan belgilangan davlat standarti va texnikaviy shartlarning barcha talablariga javob 
    beradigan hamda texnika nazorati bo‘limi tomonidan qabul qilingan yoki buyurtmachilarga 
    topshirilgan mahsulotga aytiladi. Uning tarkibiga buyurtmachi korxonalar uchun bajarilgan ish, 
    xizmatlar hamda ushbu korxonaga qarashli ishlab chiqarishdan tashqari xo‘jaliklar uchun 
    bajarilgan ish va xizmatlar ham kiradi. 
    Korxona mahsulotni iste’molchilar bilan tuzilgan shartnomalar reja topshiriqlari asosida 
    bozor talablarini o‘rganish kabi masalalarga katta e’tibor bergan holda ishlab chiqaradi.
    Sanoat mahsuloti natura va qiymat ko‘rsatkichida hisobga olinadi. Natura ko‘rsatkichlari 
    mahsulotni ularning tabiiy xususiyatlariga qarab, miqdori, soni va og‘irligini tavsiflab beradi, bu 
    ko‘rsatkichlardan tayyor mahsulotni miqdoriy jihatdan hisobga olish uchun foydalaniladi. Tayyor 
    mahsulot (ish, xizmat) ni natura ko‘rsatkichlarining puldagi ifodasi uning qiymat ko‘rsatkichini 
    ifodalaydi. 
    Korxonalarda buxgalteriya hisobini tashkil qilish tizimida tayyor mahsulot, uni ortib 
    jo‘natish vazifalariga quyidagilar kiradi: 
    1. Mahsulot (ish, xizmat) sotilishi bilan bog‘liq bo‘lgan hamma xo‘jalik operatsiyalarini 
    hisobda to‘g‘ri va o‘z vaqtida aks ettirish; 
    2. Mahsulot (ish, xizmat) sotishda shartnomalar bajarilishi ustidan nazorat o‘rnatish; 
    3. Sotilgan mahsulotning assortiment va hajmi bo‘yicha hamda sotish rejasining 
    bajarilishini nazorat qilish; 


    4. Mahsulot ishlab chiqarish va sotish bilan bog‘liq bo‘lgan davr xarajatlarini o‘z vaqtida 
    aniq hisob-kitob qilish; 
    5. Sotilgan mahsulot uchun olingan tushumni aniq hisob-kitob qilish, foyda summasini 
    to‘g‘ri aniqlash va boshqalar. 
    Ushbu vazifalarning muvaffaqiyatli bajarilishi korxonaning bir maromda ishlashiga, ombor 
    xo‘jaligi va mahsulot sotishni to‘g‘ri tashkil qilishga, xo‘jalik operatsiyalarining hujjatlarda o‘z 
    vaqtida rasmiylashtirilishiga bog‘liqdir. 
    «Tovar-moddiy zahiralar» nomli 4-son BHMAga muvofiq (5.3-band) tayyor mahsulot 
    xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda bo‘lgan aktivlar hisoblanadi va ular xo‘jalik yurituvchi 
    sub’ektning kundalik faoliyatida sotish uchun mo‘ljallangan tayyor mahsulot, tovarlar sifatida 
    korxonaning tovar-moddiy zahiralari tarkibiga kiradi. 
    Tayyor mahsulotni hisobga olish shu mahsulotning ishlab chiqarishdan olinishi, uning 
    harakati, sotilishi va xaridorlar bilan olib boriladigan hisob-kitoblarni aks ettiradi.

    Download 4,92 Mb.
    1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   371




    Download 4,92 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



     MAVZU. TAYYOR MAHSULOTLAR VA TOVARLAR HISOBI

    Download 4,92 Mb.
    Pdf ko'rish