• Tovarlar (ish, xizmat) bo‘yicha oborot deb
  • Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solikka tortish \




    Download 4,92 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet213/371
    Sana21.11.2023
    Hajmi4,92 Mb.
    #102937
    1   ...   209   210   211   212   213   214   215   216   ...   371
    Bog'liq
    Buxgalteriya

     
     
    12.7. Qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisobga olish 
    Korxonalar o‘z mahsulotlarini sotilishini hisobga olish bilan bir qatorda mahsulot(ish, 
    xizmat) lar uchun qo‘shilgan qiymat solig‘ini (O‘O‘S) ham hisobga olib borishlari shart. 
    O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi va Davlat Soliq O‘o‘mitasi 1997 yil 5 
    dekabrda «Ishlab chiqariladigan va sotiladigan tovarlar (ish va xizmat) bo‘yicha qo‘shilgan qiymat 
    solig‘ini hisoblash va to‘lash tartibi to‘g‘risida» yo‘riqnomani ishlab chiqdi va 1998 yil 1 
    yanvardan boshlab amalda qo‘llash uchun tavsiya qilindi. Mazkur yo‘riqnomada umumiy 
    qoidalar, soliq to‘lovchilar, soliqqa tortish ob’ektlari, soliqqa tortish oborotlarini aniqlash, soliqqa 
    tortish oborotlarini korrektirovka qilish, soliq imtiyozlari hamda stavkalari byudjetga to‘lanishi 
    kerak bo‘lgan qo‘shilgan qiymat solig‘i summasini aniqlash tartibi, schyot-faktura soliqni to‘lash 
    muddati va h.k. larini taqdim qilish, soliq to‘lovchilarning mas’uliyati, soliq idoralarining nazorati 
    batafsil bayon qilingan.
    O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga muvofiq O‘zbekiston hududida tadbirkorlik 
    faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslar qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lovchilar bo‘lib 
    hisoblanadilar. Yuridik shaxslar deganda soliqqa tortish maqsadida mulkka ega bo‘lgan korxona, 
    birlashma, tashkilotlarning hamma turlari, xo‘jalik yurituvchi yoki mulkni operativ boshqaruvchi, 
    bu mulkka o‘zining majburiyati bo‘yicha javob beruvchi hamda mustaqil balans va hisob-kitob 
    schyotiga ega bo‘lgan korxonalar tushuniladi. 
    Tovarlar (ish, xizmat) bo‘yicha oborot deb, jo‘natilgan mahsulot, bajarilgan ish va 
    ko‘rsatilgan xizmatlar tushuniladi. 
    Ushbu yo‘riqnomada ko‘rsatilishicha, tovarlar (ish, xizmat) realizatsiyasi bo‘yicha 
    oborotlar qo‘shilgan qiymat solig‘iga tortish ob’ekti bo‘lib hisoblanadi. O‘zbekiston 
    Respublikasida xalqaro shartnomaga muvofiq aniqlanadigan o‘zining maqsadlari va oborot uchun 
    foydalaniladigan qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lashdan ozod etilganlar bundan mustasnodir. 
    Qo‘shilgan qiymat solig‘i 20% stavkada to‘lanadi. Byudjetga to‘lanishi lozim bo‘lgan O‘O‘S 
    solig‘ining summasi realizatsiya qilingan tovarlar, bajarilgan ish, ko‘rsatilgan xizmatlar uchun 
    hisoblangan qo‘shilgan qiymat solig‘i summasidan ishlab chiqarish va muomala xarajatlariga 


    qo‘shiladigan tovarlar (ish, xizmat) qiymati uchun to‘lanishi kerak bo‘lgan soliq summasining 
    ayirmasiga teng. Bu tartib qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lovchi barcha korxona va tashkilotlarga 
    taalluqli. 
    Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘langan summa 
    qo‘shilgan holda sotib olinish qiymati bo‘yicha hisobda aks ettiriladi. Qo‘shilgan qiymat solig‘iga 
    tortiladigan va tortilmaydigan tovar sotadigan, ish va xizmatlar bajaradigan korxonalar hamda 
    O‘O‘S bo‘yicha imtiyozga ega bo‘lgan korxonalar, ko‘rsatilgan tovarlarni oluvchi shaxsga schyot-
    faktura rasmiylashtirishga majburdirlar. Schyot-faktura yo‘riqnomada ko‘rsatilgan shakl bo‘yicha 
    yozilishi shart. 
    Xaridorlarga jo‘natilgan tayyor mahsulotlarga O‘O‘S hisoblanganida quyidagicha 
    provodka beriladi: 
    D-t 4010-«Xaridor va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar» 
    K-t 6410-«Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzlar».
    O‘O‘S summasi byudjetga o‘tkazib berilganida quyidagicha provodka beriladi: 
    D-t 6410-«Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzlar» 
    K-t 5110-«Hisob-kitob schyoti». 

    Download 4,92 Mb.
    1   ...   209   210   211   212   213   214   215   216   ...   371




    Download 4,92 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solikka tortish \

    Download 4,92 Mb.
    Pdf ko'rish