Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solikka tortish \




Download 4,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet211/371
Sana21.11.2023
Hajmi4,92 Mb.
#102937
1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   ...   371
Bog'liq
Buxgalteriya

 
12.5. Sotish xarajatlari hisobi 
Mahsulotni realizatsiya qilish bir qancha xarajatlarni keltirib chiqaradi. Bunday turdagi 
xarajatlar sotish xarajatlari deb yuritiladi. Ushbu turdagi xarajatlarni to‘g‘ri, aniq va o‘z vaqtida 
aks ettirish har bir korxonaning moliyaviy natijalarini aniqlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Sotish xarajatlarini hisobga olish «Xarajatlar tarkibi to‘g‘risidagi Nizom»ga asosan amalga 
oshiriladi. Nizomga binoan sotish xarajatlari tarkibiga quyidagilar kiritiladi:
- temir yo‘l, suv, avtomobil, ot-ulovda tashish xarajatlari hamda transport vositalari bekor turib 
qolganligi uchun to‘langan jarimalar; 
- savdo va umumiy ovqatlanish korxonalarining ish xarajatlari; 
- mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni sotish bilan bog‘liq mehnatga haq to‘lash xarajatlari, ma’muriy-
boshqaruv xodimlaridan tashqari; 
- ularning ijtimoiy sug‘urta ajratmalari; 
- savdo ehtiyojlari uchun foydalaniladigan binolar, inshootlar va xonalarni ijaraga olish, saqlash 
va tuzatish xarajatlari; 
- asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi; 
- sanitariya kiyim-boshi, oshxona dasturxon va sochiqlari, oshxona idish-tovog‘i va anjomlari 
eskirishi; 
- gaz, yoqilg‘i, elektr energiyasi xarajatlari; 
- tovarlarni saqlash, ularga ishlov berish va ularni sortlarga ajratish xarajatlari; 
-savdo reklamasi xarajatlari; 
-tashish, saqlash va sotish chog‘ida tovarlarning norma doirasida va undan ortiqcha yo‘qotilishi; 
-o‘rash-joylash materiallari xarajatlari; 
-mol-mulkni majburiy sug‘urta qilish xarajatlari; 
- mehnatni muhofaza qilish va texnika xavfsizligi xarajatlari; 
- ventilyatorlar, mashinalar va ularning harakatlanuvchi qismlarini o‘rnatish va saqlash, tuynuklar, 
o‘yiqlar va boshqalarning atrofini o‘rash bo‘yicha joriy (nomukammal tusdagi) xarajatlar; 
-maxsus kiyim-bosh va poyafzalni yuvish va tuzatishga materiallar qiymati; 
-umumiy ovqatlanish va savdo xodimlari tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilganligi uchun tibbiyot 
muassasalariga haq to‘lash; 
- kassa xo‘jaligini va tushum inkassatsiyasini yuritish chiqimlari; 
- umumiy ovqatlanish korxonalarida qog‘oz salfetkalar, qog‘oz dasturxonlar, qog‘oz stakanlar va 
tarelkalar, bir marta foydalaniladigan anjomlar qiymati; 
- sotish bozorlarini o‘rganish bo‘yicha belgilangan normativlar doirasida va undan ortiqcha 
xarajatlar (marketingga, reklamaga sarflangan xarajatlar); 
- ilgari ish joyi bo‘yicha lavozim oklad miqdorini saqlagan holda boshqa tashkilotlar 
korxonalardan, shuningdek, vaqtinchalik o‘rindoshlik bo‘yicha xodimlarga to‘lanadigan 
okladlardagi farq; 
- sovun, apteka, dori-darmon vositalarining qiymati; 
- soliqlar (er uchun, mulk uchun, avtotransport vositalari uchun); 
- umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini saqlashga va ta’mirlashga ajratmalar; 
- bank xizmatlariga to‘lovlar; 
Yuqorida biz keltirgan xarajatlar 9410-«Sotish bo‘yicha xarajatlar» hisobvarag‘ida hisobga 
olinadi. Ushbu hisobvaraq tranzit hisobvaraq bo‘lib, qaysi davr bo‘lmasin, uning oy boshida qoldiq 
summasi bo‘lmaydi. Uning debet tomonida tovarlarni sotish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar 
ko‘rsatilsa, kredit tomonida ushbu xarajatlarning hisobdan chiqarilishi aks ettiriladi. Bu summa 
foydaning kamayishiga olib keladi, ya’ni foyda hisobidan qoplanadi. 


9410-«Sotish bo‘yicha xarajatlar» hisobvarag‘ining analitik hisobi 15-sonli qaydnomada 
xarajatlarning debet va kredit oboroti bo‘yicha ko‘rsatiladi. Debet oborotining jami summasi №1, 
2, 7, 10/1-jurnal-orderlarida aks ettirilsa, kredit bo‘yicha oborot summalari esa №11-jurnal-
orderda aks ettiriladi.
Sotish xarajatlari har oyda to‘liq summada quyidagi yozuv bilan moliyaviy natijalarga 
o‘tkaziladi: 
D-t 9900-«Yakuniy moliyaviy natija» 
K-t 9410-«Sotish xarajatlari». 

Download 4,92 Mb.
1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   ...   371




Download 4,92 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solikka tortish \

Download 4,92 Mb.
Pdf ko'rish