• Franko-stantsiya jo‘natish shunday narxki
  • Belgilangan stantsiyagacha franko.
  • Xo‘jalik shartnomasi
  • Franko-ombor mol yetkazib beruvchi




    Download 4,92 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet210/371
    Sana21.11.2023
    Hajmi4,92 Mb.
    #102937
    1   ...   206   207   208   209   210   211   212   213   ...   371
    Bog'liq
    Buxgalteriya

    Franko-ombor mol yetkazib beruvchi. Bunda mahsulot ortib jo‘natish bilan bog‘liq 
    bo‘lgan barcha xarajatlarini mol yetkazib beruvchi korxona to‘lov-talabnomasiga qo‘shadi 
    (ombordagi ortib tushirish ishlarining qiymati temiryul tarifi va yetkazib berish xarajatlari). 
    Franko-stantsiya jo‘natish shunday narxki, u mol yetkazib beruvchi to‘lov-
    talabnomasining summasi, temir yo‘l tarifi va mahsulotni vagonga ortish xarajatlari yig‘indisidan 
    iborat. 
    Belgilangan stantsiyagacha franko vagon shunday narxki, bunda mol yetkazib beruvchi 
    to‘lov talabnomasiga faqat temir yo‘l tarifi summasini qo‘shadi. 
    Belgilangan stantsiyagacha franko. Bunda jo‘natish bo‘yicha barcha xarajatlar temir yo‘l 
    tarifi qo‘shilgan holda mol yetkazib beruvchi tomonidan to‘lanadi. 
    Narxning franko ombor xaridor turida mol yetkazib beruvchi ko‘rsatilgan xarajatlardan 
    tashqari xaridorning stantsiyadagi ortib tushirish ishlari, uning ombordagi va omboriga yetkazib 
    berish ishlari bo‘yicha xarajatlarni to‘laydi (qoplaydi). 
    Bizning respublikamizda eng keng tarqalgan turi franko stantsiya jo‘natish hisoblanadi. 
    Xo‘jalik shartnomasi - bu korxonalarning xo‘jalik munosabatlari o‘rnatish haqidagi 
    o‘zaro kelishuvidir. Shartnoma tomonlar majburiyati va huquqlarini belgilovchi asosiy hujjat 
    hisoblanadi. Yuz bergan sharoitni hisobga olib vaqti-vaqti bilan shartnoma shartlari ko‘rib 
    chiqilishi va ularga o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin. Agar korxona belgilangan nomenklaturadagi 
    mahsulotni jo‘natish yuzasidan shartnoma shartlarini buzsa, u holda ushbu korxonaga nisbatan 
    jazo choralari qo‘llanadi. Demak, shartnoma bilan rasmiylashtirilgan har bir rejali buyurtma 
    korxona xodimlari bajarishi shart bo‘lgan qonundir. Bunday tartib ishlab chiqarish samaradorligini 
    oshirish, yuqori ish unumdorligiga erishishni ta’minlaydi. Belgilangan muddatda mahsulot sotish 
    rejasining bajarilmaganligi uchun jarima to‘lash chorasi qo‘llaniladi. Jarima miqdori mahsulot 
    sotish shartlariga qarab aniqlanadi. 
    Tayyor mahsulotlarni xaridorlarga jo‘natish xaridor bilan tuzilgan shartnomalar asosida 
    amalga oshiriladi. Bu shartnomalarda jo‘natiladigan mahsulot muddati, miqdori, qiymati va hisob-
    kitob shartlari keltiriladi. Jo‘natilgan mahsulot schyot-faktura, chiqim hujjati, to‘lov talabnomasi 
    va boshqa hujjatlarda rasmiylashtiriladi. 
    Mahsulotlar xaridorlarga jo‘natilganida jo‘natilgan tovar qiymatiga quyidagicha provodka 
    beriladi: 
    D-t 9110-«Sotilgan mahsulotning tannarxi» 
    K-t 2810-«Ombordagi tayyor mahsulot». 


    Jo‘natilgan tovarlarning analitik hisobi o‘z vaqtida bank inkassasiga berilgan hisob-kitob 
    hujjatlari bo‘yicha, to‘lash muddati yetgan va to‘lash muddati yetmagan hisob-kitob hujjatlari 
    bo‘yicha alohida hamda to‘lashga qabul qilinmagan, ma’sul shaxsda bo‘lgan jo‘natilgan tovarlar 
    alohida hisobga olinadi.

    Download 4,92 Mb.
    1   ...   206   207   208   209   210   211   212   213   ...   371




    Download 4,92 Mb.
    Pdf ko'rish