• Ma’sul saqlashga qabul qilingan mol (tovar)lar
  • 12.2. Tayyor mahsulotni baholash va uning nomenklaturasi Mahsulot (ish, xizmat) odatda ma’lum bir qiymatda baholanadi va sotiladi. Baho
  • Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solikka tortish \




    Download 4,92 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet206/371
    Sana21.11.2023
    Hajmi4,92 Mb.
    #102937
    1   ...   202   203   204   205   206   207   208   209   ...   371
    Bog'liq
    Buxgalteriya

    Ombordagi mahsulot deganda, ishlab chiqarishning barcha ishlov operatsiyalaridan o‘tib, 
    texnika nazorati bo‘limi tomonidan omborga benuqson deb qabul qilingan va asosan sotishga 
    mo‘ljallangan tovar mahsuloti tushuniladi. 
    Jo‘natilgan mol (tovar)lar deb, xaridorlarga yoki iste’molchilarga jo‘natilgan, lekin uning 
    uchun xaridorlar tomonidan hali puli to‘lanmagan yo‘ldagi mahsulotga aytiladi. 
    Ma’sul saqlashga qabul qilingan mol (tovar)lar deb, xaridorlarga jo‘natilgan tovar 
    mahsulot har xil sabablarga ko‘ra (sifatiga ko‘ra xaridorning talabini qondirmaydigan,
    xaridorlarga adashib borib qolgan, ya’ni bir korxonaning o‘rniga ikkinchi korxonaga 
    shartnomadan tashqari borib qolgan tovarlar va shu kabilar) sotib olish uchun qabul qilinmay 
    qolgan bo‘lishi mumkin. Bunday mahsulotni tegishli korxonalar o‘z javobgarligiga qabul qilib 
    olib, darhol bu mollarni yuboruvchi korxonaga xabar qiladilar. Shuning uchun bunday mollar 
    mas’ul saqlashga qabul qilingan mollar deb yuritiladi. Bunga qo‘shimcha ravishda ko‘rgazmada 
    qo‘yilgan tayyor mahsulotni ham kiritish mumkin. Chunki ko‘rgazmada qo‘yilgan tayyor 
    mahsulot ham korxonada ishlab chiqarilgan va sotilishi kerak bo‘lgan mahsulotlardir. 
    12.2. Tayyor mahsulotni baholash va uning nomenklaturasi 
    Mahsulot (ish, xizmat) odatda ma’lum bir qiymatda baholanadi va sotiladi. 
    Baho – qiymatning puldagi ifodasidir. Uning asosini u yoki bu mahsulotni tayyorlash bilan 
    bog‘liq ijtimoiy zaruriy mehnat tashkil qiladi.
    Tayyor mahsulot (ish, xizmat) ning sotish qiymatini belgilashda «Tovar-moddiy zahiralar» 
    nomli 4-son BHMAdan foydalaniladi. 4-sonli BHMAning 7-bandiga binoan tayyor mahsulotlar 
    eng kam bahoda baholanishi kerak: tannarxda yoki sof sotilish qiymatida. 
    Hisobot davri oxirida mahsulotning haqiqiy ishlab chiqarish tannarxini aniqlash mumkin. 
    Lekin mahsulotlarning ishlab chiqarilishi har kuni sodir bo‘ladi, shu sababdan joriy hisobda 
    mahsulotni shartli bahoda baholash kerak. Tayyor mahsulotlarning operativ hisobi ishlab chiqarish 
    reja tannarxida yoki shartnoma bahosida yoxud chakana bahoda yuritiladi. 
    Ushbu standartda mahsulot (ish, xizmatlar)ning sotilishi (21-22 bandlar) tartibi 
    quyidagicha bayon qilingan: 
    Materiallar va mahsulot (ish, xizmat)larni ishlab chiqarishda foydalanadigan boshqa xom-
    ashyo, agar ulardan tayyorlangan mahsulot bozor (kundalik) narxida sotilsa, qiymatidan past 
    narxda arzonlashtirilmaydi. Biroq agar omborda mavjud bo‘lgan narxdagi materialdan 
    tayyorlangan tayyor mahsulotning tannarxi sotish sof qiymatidan oshib ketsa, materiallar sotish 
    sof qiymatigacha arzonlashtiriladi. Bunday vaziyatlarda materiallar qiymatini o‘lchashning 
    mavjud shakllaridagi eng yaxshisi bo‘lishi mumkin. 
    Sotishning sof qiymati - ishlab chiqarishni tugallash va mahsulotni sotish bilan bog‘liq 
    bo‘lgan butlash xarajatlarini chiqarib tashlagan holda TMZni sotishning hisob-kitob narxidir. 
    Demak, mazkur BHMAdagi baholashga muvofiq, agar korxona ishlab chiqargan 
    mahsulotining tannarxi mahsulotni sotish rejasidan yoki bozordagi joriy narxlaridan oshib ketsa, 
    korxona o‘zining mahsulotini sotish sof qiymatigacha arzonlashtirishi mumkin. Lekin quyidagi 


    hollarda tayyor mahsulot sotishning sof qiymatidan arzon baholanishi mumkin: 
    6. Zahiralarni sotish narxi arzonlashganda; 
    7. Zahiralarga zarar yetganda; 
    8. Zahiralar to‘la va qisman eskirganda. 
    Korxonalarda mahsulotning reja va haqiqiy tannarxini hisobot davri yakunida tartibga 
    solish kerak. Haqiqiy tannarx hisobot davri oxirida aniqlanadi. Reja tannarx esa oldindan 
    belgilanadi. Hisobot davri oxirida haqiqiy tannarx reja tannarxdan kam yoki ko‘p bo‘lishi mumkin. 
    Tayyor mahsulotlar qaysi hisobvaraqlarda hisobga olingan bo‘lsa, og‘ishishlar ham shu 
    hisobvaraqlarda tejalgan bo‘lsa - qizil storno usulida, ortiqcha xarajat bo‘lsa – oddiy siyohda aks 
    ettiriladi. 
    Tayyor mahsulot harakati hisobini to‘g‘ri tashkil qilish korxona tomonidan ishlab 
    chiqiladigan buyum turlari nomining ro‘yxati - nomenklaturasidan foydalanish katta ahamiyatga 
    ega. Uni tuzish asosida tayyor mahsulotni turkumlash, ya’ni ushbu korxonada ishlab 
    chiqariladigan bir mahsulot turini boshqa mahsulotdan ajratib turuvchi ma’lum belgilari yotadi. 
    Nomenklatura ro‘yxatini tuzishda asos qilib quyidagi belgilar olinadi: model, fason, artikul, marka 
    va hokazo. Har bir mahsulot turiga nomenklatura raqami biriktiriladi va u har xil sonlardan iborat 
    bo‘ladi. Mahsulot nomenklaturasidan (ro‘yxatdan) korxonaning quyidagi xizmatlarida 
    foydalaniladi: 
    • dispetcherlik xizmat turi mahsulot ishlab chiqarish grafigining bajarilishini nazorat 
    qiladi; 
    • tsexlar ishlab chiqarilgan mahsulot assortimentini qilishda, omborga tayyor mahsulotni 
    topshirishda yuk xati yozish uchun foydalanadi; 
    • marketing bo‘limi - jo‘natish bo‘limi shartnomalarini bajarish imkoniyatlarini nazorat 
    qilish uchun; 
    buxgalteriya - tayyor mahsulotning analitik hisobini yuritishda umumiy ma’lumotlar va 
    hisobotlar tuzish uchun foydalaniladi. 

    Download 4,92 Mb.
    1   ...   202   203   204   205   206   207   208   209   ...   371




    Download 4,92 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solikka tortish \

    Download 4,92 Mb.
    Pdf ko'rish