• 4910-«Dargumon qarzlar bo‘yicha rezervlar» hisobvarag‘i bo‘yicha hisobvaraqlar korrespondentsiyasi № Xo‘jalik muomalalarining mazmuni
  •  Dargumon qarzlar bo‘yicha rezervlar hisobi




    Download 4,92 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet214/371
    Sana21.11.2023
    Hajmi4,92 Mb.
    #102937
    1   ...   210   211   212   213   214   215   216   217   ...   371
    Bog'liq
    Buxgalteriya

    12.8. Dargumon qarzlar bo‘yicha rezervlar hisobi 
    Dargumon qarz - bu korxonaga o‘z vaqtida kelib tushmagan yoki kelib tushishi bo‘yicha 
    kafolat bilan ta’minlanmagan debitor qarzlar. Dargumon qarzlar bo‘yicha rezervlar hisobot davri 
    oxirida korxona debitor qarzlari bo‘yicha o‘tkazilgan inventarizatsiya natijalari asosida tashkil 
    etiladi. Tashkil etiladigan rezerv summasining miqdori qarzdorning moliyaviy holatiga bog‘liq 
    ravishda va qarzning qisman yoki to‘liq kelib tushish ehtimolini inobatga olgan holda har bir 
    qarzdor bo‘yicha alohida aniqlanadi. 
    Dargumon qarzlar bo‘yicha rezervlar, odatda, korxona foydasi hisobidan tashkil etiladi. 
    Ushbu turdagi rezervlar O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga asosan tashkil etiladi. 
    Dargumon qarzlar bo‘yicha rezervlar hisobini yuritishda 4910-«Dargumon qarzlar 
    bo‘yicha rezervlar» hisobvarag‘idan foydalaniladi. Ushbu hisobvaraq kontraktiv bo‘lib, uning 
    kreditida rezervni tashkil etish muomalalari aks ettirilsa, debetida undan foydalanish ko‘rsatiladi. 
    Dargumon qarzlar bo‘yicha rezervlar summasi tashkil etilganida quyidagicha provodka 
    beriladi: 
    D-t 9430-«Boshqa operatsion xarajatlar» 
    K-t 4910-«Dargumon qarzlar bo‘yicha rezervlar». 
    Dargumon qarzlar bo‘yicha rezervlar hisobi 11, 12, 15-jurnal-orderlarda va 16-
    qaydnomada yuritiladi. 
    4910-«Dargumon qarzlar bo‘yicha rezervlar» hisobvarag‘i bo‘yicha hisobvaraqlar 
    korrespondentsiyasi 
    № 
    Xo‘jalik muomalalarining mazmuni 
    Hisobvaraqlar 
    korrespondentsiyasi 
    debet 
    kredit 
    1. 
    Dargumon qarzlar bo‘yicha rezervlar tashkil etildi 
    9430 
    4910 
    2. 
    Berilgan bo‘naklar bo‘yicha dargumon qarzlarning hisobdan 
    chiqarilishi 
    4910 
    4310 
    3. 
    Dargumon qarzlar bo‘yicha rezervlar hisobidan xaridor va 
    buyurtmachilar qarzlarining hisobdan chiqarilishi 
    4910 
    4010 
    4020 
    5. 
    Hisobot yilida foydalanilmagan dargumon qarzlar bo‘yicha rezervlar 
    summasi kelgusi yil foydasiga o‘tkazildi 
    4910 
    9390 

    Download 4,92 Mb.
    1   ...   210   211   212   213   214   215   216   217   ...   371




    Download 4,92 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



     Dargumon qarzlar bo‘yicha rezervlar hisobi

    Download 4,92 Mb.
    Pdf ko'rish