Xaridor va buyurtmachilar bilan hisob-kitoblar hisobi




Download 4,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet217/371
Sana21.11.2023
Hajmi4,92 Mb.
#102937
1   ...   213   214   215   216   217   218   219   220   ...   371
Bog'liq
Buxgalteriya

13.2. Xaridor va buyurtmachilar bilan hisob-kitoblar hisobi 
Ajratilgan bo‘linmalar, sho‘‘ba va qaram xo‘jalik jamiyatlariga joriy va uzoq muddatli 
majburiyatlar quyidagi schyotlarda aks ettiriladi: 
a) joriy qismi: 
6110 “Ajratilgan bo‘linmalarga to‘lanadigan schyotlar”; 
6120 “Sho‘‘ba va qaram xo‘jalik jamiyatlariga to‘lanadigan schyotlar”. 
b) uzoq muddatli qismi: 
7110 “Ajratilgan bo‘linmalarga bo‘lgan uzoq muddatli qarzlar”; 
7120 «Sho‘‘ba va qaram xo‘jalik jamiyatlariga bo‘lgan uzoq muddatli qarzlar». 
Mazkur schyotlar krediti bo‘yicha alohida bo‘linmalar, sho‘‘ba va tobe xo‘jalik jamiyatlari 
oldidagi turli xil muomalalar bo‘yicha majburiyatlar tovar-moddiy boyliklar, pul mablag‘lari, 
xarajatlar va hokazolarni hisobga olish schyotlari bilan korrespondentsiyada hisobga olinadi. 
Masalan, alohida bo‘linmadan (sho‘‘ba yoki tobe xo‘jalik jamiyatidan) xom ashyo olindi: 
Dt 1010250000 so‘m 
Kt 6110 (6120)250000 so‘m 
Yahni mazkur schyotlar bo‘yicha yuqorida sanab o‘tilgan to‘lovga oid schyotlardagi singari 
hisob yuritiladi, faqatgina farqi shundaki, bu yerda barcha xo‘jalik sub’ektlari bilan emas, balki bosh 
sub’ektga tobelik tarzida alohida yuridik munosabatga ega bo‘lganlari bilan muomalalar aks ettiriladi. 
Bo‘linmalarga uzoq muddatli qarzlarni hisobga olish schyotlarida, xususan olingan mol-mulk 
bo‘yicha qarz ham aks ettirilishi mumkin. 
Alohida balansda ajratib ko‘rsatiladigan filiallar bilan hisob-kitoblar go‘yoki filial - mustaqil 
tashkilotdek olib boriladi. Bu narsa qonun hujjatlariga ko‘ra alohida balansga ajratilgan barcha 
bo‘linmalar soliq solish maqsadida alohida mustaqil birlik sifatida qaralishi bilan bog‘liq. Biroq, agar 
alohida balansda ajratib ko‘rsatilmaydigan bo‘linmalar mavjud bo‘lsa, yuqorida aytib o‘tilgan 
schyotlar (6110, 7110) qo‘llanilmaydi. Bunday bo‘linmalarga mol-mulkni ajratish (berish) chog‘ida 
sub’ekt balansida o‘zgarishlar ham yuz bermaydi, chunki ular mazkur holatda bosh sub’ekt bilan bir 
butun ko‘rib chiqilyapti (ular alohida balansda ajratib ko‘rsatilmagan va mustaqil birlik 
hisoblanmaydi}. Hisob to‘liq bo‘lishi uchun sub’ektga bunday bo‘linmalarga ajratilgan mol-mulkni 
aks ettirish uchun qo‘shimcha schyotlar joriy etish tavsiya qilinadi. 
Masalan, bo‘linmaga avtomobil berilganda quyidagi yozuvni qayd etish mumkin: 
Dt 0161 «Filiallardagi trasport vositalari» 5600000 so‘m 
Kt 0160 «Trasport vositalari» (Bosh sub’ektda) 5600000 so‘m 
Muddati kechiktirilgan majburiyatlarni hisobga olish. Muddati kechiktirilgan majburiyatlar 
haqidagi axborot, agar ularning muddati joriy davrda kechiktirilgan va kelgusida to‘lanadigan 
(bajariladigan) bo‘lsa, quyidagi schyotlarda aks ettiriladi: 
a) qisqa (joriy) muddatlilari: 
6210 «Diskont (chegirma)lar ko‘rinishidagi kechiktirilgan daromadlar» 
6220 "Mukofot (ustama)lar ko‘rinishidagi kechiktirilgan daromadlar" 
6230 "Boshqa kechiktirilgan daromadlar" 
6240 "Soliqlar va majburiy to‘lovlar bo‘yicha kechiktirilgan majburiyatlar" 
6250 «Vaqtinchalik farqlar bo‘yicha kechiktirilgan daromad (foyda) solig‘i bo‘yicha 
majburiyatlar» 
6290 "Boshqa kechiktirilgan majburiyatlar " 
b) uzoq muddatlilari: 
7210 «Diskont (chegirma)lar ko‘rinishidagi uzoq muddatli kechiktirilgan daromadlar» 
7220 "Mukofot (ustamalar)lar ko‘rinishidagi uzoq muddatli kechiktirilgan daromadlar" 
7230 - "Boshqa uzoq muddatli kechiktirilgan daromadlar"
7240 "Soliqlar va majburiy to‘lovlar bo‘yicha uzoq muddatli muddatli kechiktirilgan 
majburiyatlar" 
7250 "Vaqtinchalik farqlar bo‘yicha kechiktirilgan daromad (foyda) solig‘i bo‘yicha uzoq 
muddatli majburiyatlar" 
7290 "Boshqa uzoq muddatli kechiktirilgan majburiyatlar" 


6210 va 7210-schyotlarda diskont (chegirmalar) ko‘rini-shidagi muddati kechiktirilgan 
daromadlar hisobga olinadi hamda investorlargina (obligatsiyalar xaridorigina) undan foydalanadi. 
Misol. 
1500 ming so‘mlik nominal qiymatga ega uch yillik obligatsiyalar 1440 ming so‘mga 
chegirma bilan sotib olindi. Qimmatli qog‘ozning nominal qiymati va uning xarid qiymati o‘rtasidagi 
farq 60 (1500-1440) diskont (chegirma) deb ataladi hamda xaridor (investor) taraf uchun daromad, 
sotuvchi (qarz beruvchi) taraf uchun esa – xarajat hisoblanadi. 
Buni quyidagicha izohlash mumkin, agar xuddi shunday kreditga qobillik yoki xatarni 
baholash bilan majburiyatlar bo‘yicha bozor foiz stavkasi Ushbu qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha 
belgilangan foiz stavkasidan, yahni mazkur qimmatli qog‘ozda ko‘rsatilgan foiz stavkasidan yuqori 
bo‘lsa, qimmatli qog‘ozlar chegirmalar bilan sotiladi. 
Chegirma joriy davrdagi daromad sifatida aks ettirilmaydi, balki obligatsiyaning butun 
muomala davrida (mazkur holatda 3-yil) tengravishdataqsimlanadi.Chegirmasummasimuddati 
kechiktirilgan daromad schyotlarida hisobga olinadi. Joriy chegirma sifatida - uning uchdan bir qismi 
(obligatsiya muomalasi 3 yil bo‘lgani uchun) - 20 ming so‘m, uzoq muddatlisi (keyingi ikki yilga 
taqsimlangan chegirma) - 40 ming so‘m. 
Obligatsiyalarni chegirma bilzn xarid qilish muomalalari 
quyidagicha aks ettiriladi: 
Dt 0610 «Qimmatli qog‘ozlar»1500 m.s. 
Kt 5110 "Hisob-kitob schyoti"1440 m.s. 
Kt 6210 "Diskont (chegirma) ko‘rinishidagi kechiktirilgan daromadlar»20 m.s. 
Kt 7210 "Diskont (chegirma) ko‘rinishidagi uzoq muddatli kechiktirilgan daromadlar"40 m.s. 
Obligatsiyalar bo‘yichz chegirmalarni hisobdan chiqarish davriyligi, odatda ular bo‘yicha 
hisoblab yoziladigan foiz daromadlari davriyligiga mos keladi. Agar masalani soddalashgirish uchun 
obligatsiyalar bo‘yicha 
foiz daromadlari bir marta yil oxirida hisoblab yoziladi,deb faraz qiladigan bo‘lsak, chegirma 
ham ushbu muddatlarda hisobdan chiqariladi: 
Dt 6210 "Diskont (chegirma) ko‘rinishidagi kechiktirilgzn daromadlar»20 m.s. 
Kt 9530 "Foizlar ko‘rinishidagi daromadlar" 20 m.s. 
Obligatsiyalar bo‘yicha diskont (chegirma)ning joriy qismini hisobdan chiqarish chog‘ida 
yana bir buxgalteriya yozuvi qayd etiladi: kelgusi yil hisobdan chikariladigan muddati kechiktirilgan 
uzoq muddatli chegirmalar qismi joriy qismga o‘tkaziladi: 
Dt 7210 "Diskont (chegirma) ko‘rinishidagi uzoq muddatli kechiktirilgan daromadlar"20 m.s. 
Kt 6210 "Diskont (chegirma) ko‘rinishidagi kechiktirilgan daromadlar"20 m.s. 
Shunday qilib, 3 yil davomida butun chegirma hisobdan chiqariladi. 
6210 va 7210 schyotlarda mukofot (ustama) ko‘rinishidagi muddati kechiktirilgan daromadlar 
hisobga olinadi hamda faqat qarz beruvchi (obligatsiyalarni sotuvchi) tomonidan foydalaniladi. 
Misol. 
1500 ming so‘mlik nominal qiymatga ega 3 yillik obligatsiyalar 1560 ming so‘mga mukofot 
(ustama) bilan sotilgan, deb faraz qilaylik. Sotilgan qimmatli qog‘oz qiymati va uning nominal 
qiymati o‘rtasidagi farq 60 (1560-1500) mukofot (ustama) deb ataladi hamda sotib oluvchi taraf 
(investor) uchun qimmatli qog‘ozni sotib olishda uni so‘ndirishdagiga nisbatan ko‘proq pul 
to‘langanligi sababli xarajat hisoblanadi; sotuvchi (qarz beruvchi) taraf uchun esa daromad 
hisoblanadi. 
Buni quyidagicha izohlashimiz mumkin, agar ushbu qimmatli kogozlar bo‘yicha belgilangan 
foiz stavkasi xuddi shunday kreditga qobillikni yoki xatarni baholashga oid majburiyatlar bo‘yicha 
bozor foiz stavkasidan yuqori bo‘lsa, mazkur qimmatli qog‘ozlar mukofot (ustama) bilan birga 
sotiladi. 
Chegirmalar singari mukofotlar ham joriy davr daromadlari sifatida aks ettirilmaydi, balki 
obligatsiyaning butun muomala davriga teng ravishda taqsimlanadi. 
Mukofot bilan obligatsiyalarning sotilishi muomalalari quyidagi aks ettiriladi: 
Dt 5110 "Hisob-kitob schyoti"1560 m.s. 


Kt 7830 "To‘lanadigan obligatsiyalar"1500 m.s. 
Kt 6220 "Mukofot (ustama) ko‘rinishidagi kechiktirilgan daromadlar»20 m.s. 
Kt 7220 "Mukofot (ustama) ko‘rinishidagi uzoq muddatli kechiktirilgan daromadlar»40 m.s. 
Bundan keyingi muomalalar xuddi hisob chegirmalarini hisobga olishga o‘xshab yuritiladi. 
6230 "Boshqa kechiktirilgan daromadlar" hamda 7230 "Boshqa uzoq muddatli kechiktirilgan 
daromadlar" schyotlarida hisobot davrida olingan (hisoblab yozilgan), lekin kelgusi hisobot 
davrlariga taalluqli bo‘lgan daromadlar aks ettiriladi. 
"Kechiktirilgan 
daromadlar" 
atamasi 
(xalqaro 
amaliyotda 
"oldindanto‘langandaromadlar","ishlamaytopilgan daromadlar" va boshqa atamalar ko‘p 
qo‘llaniladi) ko‘proq sub’ekt yetkazib bermagan tovari yoki ko‘rsatmagan xizmati uchun pul 
mablag‘lari oladigan holatlarga xosdir. Bunday holatlarga ko‘proq xos xususiyatlar oliy o‘quv yurtida 
o‘qish uchun haq, ijara haqi, temir yo‘l, aviatsiya va boshqa transport vositalariga chiptalarni sotish, 
jurnalga obuna uchun haq to‘lash va boshqalar hisoblanadi. 
Buxgalteriya hisobi tamoyillariga muvofiq, bo‘nak tarzida olingan pul mablag‘lari toki 
daromad keltiradigan xizmatlar ko‘rsatilib yoki tegishli tovar yetkazib berilgunga qadar daromad 
sifatida tan olinmaydi. 2-son BHMSga ko‘ra, bunday to‘lovlarning kelib tushishi majburiyatlarni 
yuzaga keltiradi va tovarlar yetkazib berilgandan (xizmatlar ko‘rsatilgandan) 
keyingina muddati kechiktirilgan daromadlar schyoti yopiladi, unda aks ettirilgan summalar 
sotishdan daromadlarni hisobga olish schyotlari kreditiga hisobdan chiqariladi. 
Masalan, kelgusida bajariladigan ishlar uchun pul kelib tushganda quyidagicha buxgalteriya 
yozuvi beriladi: 
Dt 5110 «Hisob kitob schyoti»1200 m.s. 
1200 m.s.Kt 6230 "Boshqa kechiktirilgan daromadlar" 
Ishlarning bajarilishiga qarab, muddati kechiktirilgan daromad sotishdan olingan 
daromadlarga kiritiladi:
Dt 6230 "Boshqa kechiktirilgan daromadlar"1200 m.s. 
Kt 9030 "Ishlarni bajarishdan va xizmatlar ko‘rsatishdan daromadlar" 
1200 m.s. 
6230-schyotda sotilmagan (realizatsiya qilinmagan) daromadlar deb ataluvchi - masalan, 
kursdagi musbat farqlar ko‘rinishidagi daromadlar ham aks ettiriladi. «Buxgalteriya hisobi, statistika 
va boshqa hisobotlarda chet el 
valyutasidagi muomalalarni aks ettirish tartibi to‘g‘risida»gi Nizomga (yangi tahrirdagi 
Adliya vazirligi tomonidan 2004 yil 17 sentyabrda 1411-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan, Moliya 
vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Markaziy bank, Davlat statistika qo‘mitasining 
2004 yil 2 sentyabrdagi 98, 41, 2004-57, 257-V, 8-son qarori bilan tasdiqlangan) ko‘ra, xo‘jalik 
yurituvchi sub’ektlar O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki kursi bo‘yicha yuzaga kelgan 
kursdagi musbat farqni "Kelgusi davrlar daromadlari" schyotiga kiritish bilan har oyda balansning 
valyutaga doir moddalarini qayta baholashni o‘tkazadi. 
Har oyda balansning valyutaga oid moddalarini qayta baholash natijasida to‘plangan kursdagi 
musbat farq kuyidagi tartibda sub’ekt moliya-xo‘jalik faoliyati natijalariga kiritiladi: 
-xorijiy valyutadagi debitorlik qarzi bo‘yicha 
–uning so‘ndirilishiga (hisobdan chiqarilishiga) qarab; 
-qolgan holatlarda - balansning tegishli valyutaga oid moddalariga binoan xo‘jalik 
muomalalarini bajarish bo‘yicha. 
Misol. 
Qimmatli qog‘ozlarni valyutada qayta baholash tufayli hisobot davrida kursdagi farq 500 
ming so‘mni tashkil qildi: 
Dt 0610 «Qimmatli qog‘ozlar»500 m.s. 
Kt 6230 "Boshqa kechiktirilgan daromadlar"500 m.s. 
Agar bunda qimmatli qog‘ozlarning muomala muddati yaqin yilga mo‘ljallangan bo‘lsa, 
kursdagi farqning butun summasi joriy muddati kechiktirilgan daromad schyotida aks ettirilishi 
lozim. Qimmatli qog‘ozni so‘ndirishda: 


Dt 6230 "Boshqa kechiktirilgan daromadlar" 500 m.s. 
Kt 9540 "Valyuta kurslari farqlaridan daromadlar" 500 m.s. 
6240 va 7240-schyotlarda qonun hujjatlariga muvofiq, vakolatli hokimiyat organlarining 
qabul qilingan qarorlariga ko‘ra, to‘lovi bir necha yilga kechiktirilgan soliqlar va majburiy to‘lovlar 
bo‘yicha muddati kechiktirilgan majburiyatlar aks ettiriladi.
Chunonchi, masalan, Prezidentimizning 1996 yil 31 maydagi "Xorijiy investitsiyalar 
ishtirokidagi sub’ekt-larni tashkil qilish va faoliyat yuritishini rag‘batlanti-rishga doir qo‘shimcha 
chora-tadbirlar to‘g‘risida" PF-1467-son Farmoni bilan eksportga yo‘naltirilgan va import o‘rnini 
bosuvchi mahsulotlarni ishlab chiqaradigan xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi sub’ektlarlarga soliq 
kredit-larini taqdim etish shartlari belgilangan. (O‘zbekiston Soliq kodeksida soliq krediti 
tushunchasi mavjud emas). Yuqorida aytib o‘tilgan Farmonga muvofiq, soliq krediti 
foyda solig‘i, qo‘shilgan qiymat solig‘i va yer solig‘i bo‘yicha byudjetga to‘lanishi lozim 
bo‘lgan to‘lovlar muddatini ikki yilgacha kechiktirish hisobidan beriladi. Soliq to‘lovchidan soliq 
kreditidan foydalangani uchun hisoblab yozilgan (muddati kechiktirilgan) soliqlarning umumiy 
summasidan Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasining 30 foiziga teng stavka bo‘yicha 
foizlar ko‘rinishidagi haq undiriladi va har chorakda hisobot choragidan keyingi oyning 25-sanasiga 
qadar byudjetga hisoblab o‘tkaziladi. 
Mazkur holatda byudjet oldidagi majburiyatlarni hisoblab yozish, masalan, daromad (foyda) 
solig‘i bo‘yicha kuyidagicha aks ettiriladi: 
Dt 9810 "Daromad (foyda) solig‘i bo‘yicha xarajatlar" 
Kt 7240 "Soliqlar va majburiy to‘lovlar bo‘yicha uzoq muddatli kechiktirilgan majburiyatlar". 
Bu qarz so‘ndirilishiga 1 yil qolganda, u joriy qarz sifatida aks ettiriladi: 
Dt 7240 "Soliqlar va majburiy to‘lovlar bo‘yicha uzoq muddatli kechiktirilgan majburiyatlar" 
Kt 6240 "Soliqlar va majburiy to‘lovlar bo‘yicha kechiktirilgan majburiyatlar". 
6250 va 7250-schyotlarda hisobot davridagi soliq solinadigan va hisobga olinadigan 
(buxgalteriya) daromadlar o‘rtasidagi farq hisoblanadigan, yuzaga keladigan vaqtdagi farqlar 
mavjudligi bilan muddati kechiktirilgan daromad (foyda) solig‘i summasi aks ettiriladi. Ular daromad 
va xarajatlarning ayrim moddalari soliq solinadigan daromadga kiritiladigan hisobot davri, ular hisob 
daromadiga kiritiladigan (chiqariladigan) hisobot davriga mos kelmaganda yuzaga keladi. Daromad 
(foyda) solig‘i bo‘yicha xarajat hisob daromadidan kelib chiqqan holda (yahni sub’ektning hisob 
siyosatiga muvofiq) hisob-kitob qilinadi, daromad (foyda) solig‘i esa soliq solinadigan daromaddan 
kelib chiqib hisoblanadi. 
Olingan joriy bo‘naklarni hisobga olish 
Bo‘nak olish butun dunyoda xaridorlar va buyurtmachilar bilan munosabat o‘rnatishning 
juda keng tarqalgan shakli hisoblanadi. Bo‘nak xaridorlar va buyurtmachilardan kelgusida to‘lovlar 
kelib tushishi hamda mol yetkazib beruvchilar tomonidan shartnoma bajarilishining kafolati sifatida 
ifodalanadi. O‘zbekistonda bunday hisob-kitob shakli qonunda belgilangan (xo‘jalik sub’ektlarining 
oldindan 15% to‘lov to‘lanmasa, yuklashni amalga oshirishi taqiqlangan). Olingan bo‘naklar pul 
mablag‘larini olgan sub’ekt uchun ishlar bajarilmaguncha, xizmatlar ko‘rsatilmaguncha yoki tovar 
yuklanmaguncha majburiyatni yuzaga keltaradi. 
TMBni yetkazib berish yoki buyurtmachilar uchun qisman tayyorlik bo‘yicha bajarilgan ishlar 
va ko‘rsatilgan xizmatlar yuzasidan olingan bo‘naklar bo‘yicha joriy qarzlar, shuningdek aktsiyalar 
obunachilari - jismoniy shaxslardan olingan summalar hamda boshqa bo‘naklar quyidagi schyotlarda 
aks ettiriladi: 
6310 "Xaridorlar va buyurtmachilardan olingan bo‘naklar"; 
6320 "Aktsiyaga obunachilaridan olingan bo‘naklar"; 
6390 " Boshqa olingan bo‘naklar". 
Olingan bo‘naklar summalari 6310, 6320, 6390-schyotlar krediti va pul mablag‘larini 
hisobga olish schyotlari debeti bo‘yicha aks ettiriladi. 
Misol. 
500 ming so‘mlik summadagi tovarlarni yetkazib berish yuzasidan 15% mikdorida bo‘nak 
olindi: 


Dt 5110 "Hisob-kitob schyoti"75 m.s. 
Kt 6310 "Xaridorlar va buyurtmachilardan olingan bo‘naklar"75 m.s. 
Xaridorga tovarlarni yuklab ortish chog‘ida olingan bo‘nak summasi uning qarzini 
kamaytiradi: 
Dt 4010 "Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar"500 m.s. 
Kt 9020 "Tovarlarni sotishdan daromadlar"500 m.s. 
Bir yo‘la quyidagi provodka tuziladi: 
Dt 6310 "Xaridorlar va buyurtmachilardan olingan bo‘naklar"75 m.s. 
Kt 4010 "Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar"75 m.s. 

Download 4,92 Mb.
1   ...   213   214   215   216   217   218   219   220   ...   371




Download 4,92 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Xaridor va buyurtmachilar bilan hisob-kitoblar hisobi

Download 4,92 Mb.
Pdf ko'rish