Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solikka tortish \




Download 4,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet204/371
Sana21.11.2023
Hajmi4,92 Mb.
#102937
1   ...   200   201   202   203   204   205   206   207   ...   371
Bog'liq
Buxgalteriya

 
Mol so‘yish. Chorva mollari va parrandalar korxonaning ichki ehtiyojlari uchun 
noilojlikdan so‘yiladi. Mol va parrandalarni so‘yishdan asosiy mahsulot – go‘sht, qo‘shimcha 
mahsulotlar – tyeri, tuyog‘i,shoxi, pat va boshqalar olinadi. Mol va parrandalarni so‘yishdan 
olingan mahsulotlar tannarxi ularning har bir turi bo‘yicha aniqlanadi. Masalan, go‘shtning 
tannarxini hisoblash uchun qilingan jami xarajatdan (so‘yilgan chorva mollari qiymatini ham 
qo‘shgan holda) qo‘shimcha mahsulotlar, shox, tuyoq, pat va boshqa yordamchi mahsulotlar sotish 
bahosida baholanib chegirib tashlanadi va qolgan summa olingan go‘sht miqdoriga bo‘linadi. I 
tonna go‘sht tannarxini uning massasiga tegishli xarajatlar summasini olingan go‘sht miqdoriga 
(tonna) bo‘lib aniqlanadi. 
 
Qorako‘l tyeri tannarxini aniqlash uchun oldin qorako‘l qo‘zilarni so‘yish punktiga olib 
kelish, so‘yish, tyerilarga dastlabki ishlov berish, so‘yish punktiga doir xarajatlar va so‘yilgan 
qo‘zilarning qiymati alohida analitik schot ochib hisobga olinadi. So‘ng bu xarajatlardan sotish 
narxida baholangan qo‘shimcha mahsulot (barra go‘shti,shirdon)lar qiymati chegirib tashlanadi. 
Qolgan summani qorako‘l tyerilarning miqdoriga bo‘lib bir dona qorako‘l tyerining haqiqiy 
tannarxi aniqlanadi.
 
11.6.3. Ishlab chiqarishdagi yaroqsiz (brak) mahsulotlarni hisobga olish
Sifati bo‘yicha belgilangan standartlar, texnik talablar yoki shartnomalarga mos 
kelmaydigan buyumlar va yarim tayyor mahsulotlar yaroqsiz (brak) hisoblanadi. Tayyor 
mahsulotlar yoki yarim tayyor mahsulotlarni baholashda aniqlangan kamchiliklarning tavsifiga 
ko‘ra yaroqsizlik tuzatiladigan va tuzatilmaydigan yaroqsizlikka bo‘linadi.
Tuzatiladigan yaroqsizlik deb tuzatilganidan so‘ng tayinlanishiga ko‘ra ishlatilishi mumkin 
bo‘lgan hamda tuzatilish imkoni mavjud va bu iqtisodiy jahatdan maqsadga muvofiq bo‘lgan 
buyumlar va yarim tayyor mahsulotlar hisoblanadi.
Tuzatilmaydigan yaroqsizlik deb tuzatilganidan so‘ng tayinlanishiga ko‘ra ishlatilishi 
mumkin bo‘lmagan hamda tuzatilish imkoni yo‘q va tuzatish iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq 
bo‘lmagan buyumlar va yarim tayyor mahsulotlar hisoblanadi. Bunday buyumlar ishlatish 
mumkin bo‘lgan bahoda sotiladi yoki boshqa turdagi mahsulotlarni qayta ishlash uchun ikkilamchi 
xom ashyo sifatida ishlatiladi.
Yaroqsizlik aniqlangan joyiga ko‘ra ichki va tashqi yaroqsizlikka bo‘linadi. Ichki 
yaroqsizlik deb mahsulot xaridorga jo‘natilgunga qadar korxonada aniqlangan yaroqsizlik 
hisoblanadi. Mahsulot xaridorga jo‘natilgandan so‘ng aniqlangan yaroqsizlik tashqi yaroqsizlik 
deyiladi. Yaroqsizlik aniqlangan chog‘da texnik nazorat bo‘limining xodimlari mahsulot 
chiqishini hisobga olish bo‘yicha dastlabki hujjatlarda tegishli belgilar qo‘yadi.


Tuzatilmaydigan yaroqsizlik yaroqsizlik to‘g‘risidagi dalolatnoma yoki yaroqsizlik 
to‘g‘risidagi qaydnoma bilan rasmiylashtirilib, unda yaroqsizlikning bir qancha faktlari qayd 
qilinadi.
Dalolatnomada yaroqsizlik tavsifi, uning sababi, yaroqsizga chiqarilgan mahsulot miqdori, 
yaroqsizlik aybdori, yaroqsiz mahsulot tannarxi, aybdor shaxslardan undirilishi lozim bo‘lgan 
summa, yaroqsizlikdan yo‘qotishlar hamda yaroqsizga chiqarilgan mahsulotlar qabul qilinganligi 
to‘g‘risida omborchi yoki qabul qilgan sex belgisi ko‘rsatiladi.
Dalolatnoma texnik nazorat bo‘limining xodimi, usta va sex boshlig‘i tomonidan tuziladi va 
buxgalteriyaga topshiriladi. U yerda yaroqsiz mahsulotning tannarxi hisoblab chiqariladi. 
Dalolatnoma xo‘jalik yurituvchi subekt rahbari tomonidan tasdiqlanib, unda yaroqsizlikdan 
ko‘rilgan zararni hisobdan chiqarish – aybdor shaxsdan undirish yoki ishlab chiqarishga olib 
borish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi.
Tuzatilmaydigan yaroqsizlikdan kelib chiqqan yo‘qotishlar uning tannarxidan yaroqsizga 
chiqarilgan buyumlarning ishlatish mumkin bo‘lgan bahosi bo‘yicha qiymati va aybdor 
shaxslardan undiriladigan summalarni chegirib tashlash yo‘li bilan aniqlanadi.
Tuzatilmaydigan ichki yaroqsizlik tannarxi belgilangan xarajat moddalari bo‘yicha haqiqiy 
xarajatlardan tashkil topadi. Bunda «ishlab chiqarishni tayyorlash va o‘zlashtirish xarajatlari», 
«yaroqsizlikdan kelib chiqadigan yo‘qotishlar», «boshqa ishlab chiqarish xarajatlari» moddalari 
hisobga olinmaydi. Buyumlar soni ko‘p bo‘lgan korxonalarda yaroqsizlik odatda reja yoki 
normativ tannarxdan kelib chiqqan holda baholanadi.
Tuzatiladigan ichki yaroqsizlik tannarxi tuzatish uchun sarflangan xom-ashyo, Materiallar 
va yarim tayyor mahsulotlar hamda tuzatishda band bo‘lgan xodimlarning ish haqi, ijtimoiy 
sug‘urta ajratmalari va umumishlab chiqarish xarajatlarining tegishli ulushidan kelib chiqqan 
holda aniqlanadi.
Tuzatiladigan ichki yaroqsizlikdan yo‘qotishlar uning tannarxidan aybdor shaxslardan 
undiriladigan summalarni chegirib tashlash yo‘li bilan aniqlanadi.
Tashqi yaroqsizlik qiymati yaroqsizga chiqarilgan mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi, 
xaridorlar tomonidan ushbu mahsulotni sotib olish xarajatlari, hamda yaroqsizga chiqarilgan 
mazhsulotlarni almashtirishdagi transport xarajatlari yoki iste'molchining yaroqsizga chiqarilgan 
mahsulotni tuzatish xarajatlaridan tashkil topadi.
Ishlab chiqarishdagi yaroqsizlikdan yo‘qotishlar to‘g‘risidagi axborotlar 2610-«Ishlab 
chiqarishgdagi yaroqsiz mahsulotlar» schotida umumlashtiriladi. 2610-schotning debetida 
aniqlangan yaroqsizlikka doir xarajatlar hamda kafolatli ta'mirlash xarajatlari aks ettiriladi. Bu 
schotning kreditida esa yaroqsizlikdan ko‘rilgan yo‘qotishlarni kamaytiradigan summalar 
(yaroqsizga chiqarilgan mahsulotlarning ishlatish imkoni bo‘lgan bahodagi qiymati, aybdor 
shaxslardan undiriladigan summalar, ishlatilishi natijasida yaroqsizlik vujudga kelgan, mol 
yetkazib beruvchilar tomonidan yetkazilgan sifatsiz Materiallar yoki yarim tayyor mahsulotlar 
uchun undiriladigan summalar va h.k.) hamda yaroqsizlikdan ko‘rilgan yo‘qotishlar sifatida ishlab 
chiqarish xarajatlariga olib boriladigan summalar aks ettiriladi.
2610-«Ishlab chiqarishdagi yaroqsiz mahsulotlar» schoti bo‘yicha analitik hisob 
korxonaning alohida bo‘linmalari, mahsulot turlari, xarajat moddalari va yaroqsizlik sabablari 
bo‘yicha yuritiladi.
Aniqlangan yaroqsizlik va kafolatli ta'mirlash bo‘yicha xarajatlarga 2610-«Ishlab 
chiqarishdagi yaroqsiz mahsulotlar» schoti debetlanganda quyidagi schotlar kreditlanishi mumkin: 
1000-«Materiallarni hisobga oluvchi schotlar» (1010-1090) – yaroqsizlikni tuzatishga sarflangan 
Materiallar qiymatiga; 
2010-«Asosiy ishlab chiqarish», 2310-«Yordamchi ishlab chiqarish» schotlari – asosiy va 
yordamchi ishlab chiqarishda aniqlangan, tuzatilmaydigan yaroqsizlikdan yo‘qotishlar hisobdan 
chiqarilganda; 
2110-«O‘zida ishlab chiqarilgan yarim tayyor mahsulotlar» schoti – o‘zida ishlab chiqarilgan 
yarim tayyor mahsulotlarning yaroqsizligi aniqlangan va hisobdan chiqarilganda; 
2510-«Umum ishlab chiqarish xarajatlari» schoti – umum ishlab chiqarish xarajatlarining tegishli 


ulushi yaroqsiz mahsulot tannarxiga qo‘shilganda; 
2810-«Ombordagi tayyor mahsulotlar» schoti – yaroqsizga chiqarilgan mahsulotlar o‘rniga 
xaridorlarga jo‘natilgan mahsulotlarning haqiqiy tannarxi; 
6010-"Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan schotlar" – mol yetkazib 
beruvchilardan yaroqsizlikni tuzatishda va kafolatli ta'mirlash bo‘yicha olingan xizmatlar 
summasiga; 
6520-"Maqsadli davlat jamg‘armalariga to‘lovlar" schoti – yaroqsizga chiqarilgan mahsulotlar 
bilan bog‘liq xarajatlar bo‘yicha davlat maqsadli fondlariga qlingan ajratmalar summasiga; 
6710-«Mehnat haqi bo‘yicha xodimlar bilan hisoblashishlar» schoti – yaroqsizlikni tuzatishda 
ishtirok etgan xodimlarga mehnat haqi hisoblanganda; 
4220-4290, 6970-schotlar – yaroqsizga chiqarilgan mahsulotlarni qaytarish bilan bog‘liq xarajatlar 
hisobdor shaxslar zimmasidan hisobdan o‘chirilganda; 
6990-«Boshqa majburiyatlar» schoti – iste'molchilarning yaroqsizlikni tuzatishga doir xarajatlari 
bilan bog‘liq sarflar summasiga. 
2610-«Ishlab chiqarishdagi yaroqsiz mahsulotlar» schoti kreditlanganda quyidagi schotlar 
debetlanadi: 
1000-«Materiallarni hisobga oluvchi schotlar» (1010-1090) – yaroqsizlikni tuzatish chog‘ida 
qolgan Materiallar kirimi va tuzatilmadigan yaroqsizlik ishlatish mumkin bo‘lgan bashoda 
hisobdan chiqarilganda; 
2010-«Asosiy ishlab chiqarish» schoti, 2310-«Yordamchi ishlab chiqarish» schoti – 
yaroqsizlikdan ko‘rilgan yo‘qotishlar asosiy va yordamchi ishlab chiqarishlarning mahsulotlari, 
ish va xizmatlari tannarxiga qo‘shilganda; 
9430-«Boshqa operatsion xarajatlar» schoti – o‘tgan yillardagi yaroqsizlikdan ko‘rilgan 
yo‘qotishlar hisobdan chiqarilganda. 

Download 4,92 Mb.
1   ...   200   201   202   203   204   205   206   207   ...   371




Download 4,92 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solikka tortish \

Download 4,92 Mb.
Pdf ko'rish