• Ball Baho Talabalarning bilim darajasi
  • Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solikka tortish \




    Download 4,92 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet33/371
    Sana21.11.2023
    Hajmi4,92 Mb.
    #102937
    1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   371
    Bog'liq
    Buxgalteriya

    yakuniy nazorat (YaN) - semestr yakunida muayyan fan bo‘yicha nazariy bilim va amaliy 
    ko‘nikmalarni talabalar tomonidan o‘zlashtirish darajasini baholash usuli. Yakuniy nazorat asosan tayanch 
    tushuncha va iboralarga asoslangan “Yozma ish” shaklida o‘tkaziladi. 
    ON o‘tkazish jarayoni kafedra mudiri tomonidan tuzilgan komissiya ishtirokida muntazam 
    ravishda o‘rganib boriladi va uni o‘tkazish tartiblari buzilgan hollarda, ON natijalari bekor qilinishi 
    mumkin. Bunday hollarda ON qayta o‘tkaziladi. 
    Oliy ta'lim muassasasi rahbarining buyrug‘i bilan ichki nazorat va monitoring bo‘limi rahbarligida 
    tuzilgan komissiya ishtirokida YaN ni o‘tkazish jarayoni muntazam ravishda o‘rganib boriladi va uni 
    o‘tkazish tartiblari buzilgan hollarda, YaN natijalari bekor qilinishi mumkin. Bunday hollarda YaN qayta 
    o‘tkaziladi. 
    Talabaning bilim saviyasi, ko‘nikma va malakalarini nazorat qilishning reyting tizimi asosida 
    talabaning fan bo‘yicha o‘zlashtirish darajasi ballar orqali ifodalanadi. 
    «Buxgalteriya hisobi” fani bo‘yicha talabalarning semestr davomidagi o‘zlashtirish ko‘rsatkichi 100 
    ballik tizimda baholanadi.
    Ushbu 100 ball nazorat turlari bo‘yicha quyidagicha taqsimlanadi: 
    Ya.N.-30 ball, qolgan 70 ball esa J.N.-40 ball va O.N.-30 ball qilib taqsimlanadi. 
    Ball 
    Baho 
    Talabalarning bilim darajasi 
    86-100 
    A'lo 
    Xulosa va qaror qabul qilish. Ijodiy fikrlay olish. Mustaqil 
    mushohada yurita olish. Olgan bilimlarini amalda qo‘llay olish. 
    Mohiyatini tushuntirish. Bilish, aytib berish. Tasavvurga ega 
    bo‘lish. 
    71-85 
    Yaxs
    hi 
    Mustaqil mushohada qilish. Olgan bilimlarini amalda qo‘llay olish. 
    Mohiyatini tushuntirish. Bilish, aytib berish. Tasavvurga ega 
    bo‘lish. 
    55-70 
    Qoniqarli 
    Mohiyatini tushuntirish. Bilish, aytib berish. Tasavvurga ega bo‘lish. 
    0-54 
    Qoniqarsiz 
    Aniq tasavvurga ega bo‘lmaslik. Bilmaslik. 
    Fan bo‘yicha saralash bali 55 ballni tashkil etadi. Talabaning saralash balidan past bo‘lgan 
    o‘zlashtirishi reyting daftarchasida qayd etilmaydi. 
    Talabalarning o‘quv fani bo‘yicha mustaqil ishi joriy, oraliq va yakuniy nazoratlar jarayonida 
    tegishli topshiriqlarni bajarishi va unga ajratilgan ballardan kelib chiqqan holda baholanadi. 
    Talabaning fan bo‘yicha reytingi quyidagicha baholanadi: R=V•O’/100 
    bu yerda: V-cyemestrda fanga ajratilgan umumiy o‘quv yuklamasi (soatlarda); 
    O’- fan bo‘yicha o‘zlashtirish darajasi (ballarda). 
    Fan bo‘yicha joriy va oraliq nazoratlarga ajratilgan umumiy ballning 55 foizi saralash ball 
    hisoblanib, ushbu foizdan kam ball to‘plagan talaba yakuniy nazoratga kiritilmaydi. 

    Download 4,92 Mb.
    1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   371




    Download 4,92 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solikka tortish \

    Download 4,92 Mb.
    Pdf ko'rish