MAVZU. BUXGALTERIYA HISOBINING MOHIYATI, PREDMETI VA METODI




Download 4,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/371
Sana21.11.2023
Hajmi4,92 Mb.
#102937
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   371
Bog'liq
Buxgalteriya

 
1 MAVZU. BUXGALTERIYA HISOBINING MOHIYATI, PREDMETI VA METODI 
1.1. 
Xo‘jalik hisobining mohiyati va funksiyalari 
Mamlakatni modernizatsiya qilish va iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirish, innovasiya jarayonlarini 
jadallashtirish va bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarish samaradorligini oshirish muhim ahamiyatga 
ega. Iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida asosiy e'tiborni moddiy, mehnat va moliyaviy resurslardan oqilona 
va samarali foydalanishga, unumsiz sarflarni va nobudgarchiliklarni bartaraf qilishga qaratmoq kyerak. 
Bunday ulkan ishlarni amalga oshirishda buxgalteriya hisobining roli beqiyosdir. 
Ma'lumki, jamiyat taraqqiyotining asosini moddiy ne'matlar ishlab chiqarish tashkil etadi. Bu 
jarayonda kishilar iste'mol buyumlarini: oziq-ovqat, kiyim-kechak, poyafzal hamda mehnat vositalarini; 
mashinalar, inshootlar, asbob-uskunalar va hokazolar yaratadilar. Ishlab chiqarishdan olingan mahsulotlar 
esa sotiladi, taqsimlanadi va iste'mol qilinadi. Bunday uzluksiz davom etadigan ishlab chiqarish, sotish 
(ayirboshlash) va iste'mol jarayonlari ijtimoiy takror ishlab chiqarishning mohiyatini tashkil etadi. 
Ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayonlarini boshqarish uchun esa ularni muntazam ravishda 
nazorat qilib, ushbu jarayonlarda sodir bo‘layotgan miqdor va sifat o‘zgarishlarini tavsiflovchi 
ko‘rsatkichlarga ega bo‘lish kyerak. 
Ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayonlari mazmunan xo‘jalik yurituvchi subektlarda sodir 
bo‘ladigan jarayonlar yig‘indisidan iboratdir. Shuning uchun iqtisodiyotning ayrim bo‘g‘inlaridagi ishlab 
chiqarish, sotish, ayirboshlash va iste'mol jarayonlarini tavsiflovchi miqdor ko‘rsatkichlarining yig‘indisi 
takror ishlab chiqarish jarayonlari va ijtimoiy turmushdagi boshqa jarayonlarni butunligicha tavsiflay oladi. 
Xo‘jalik jarayonlarini va ularning natijalarini nazorat qilish kuzatish, o‘lchash va ro‘yxatga olish 
orqali amalga oshiriladi. Kuzatish orqali korxona va tashkilotlarning moliya-xo‘jalik faoliyatini tashkil 
etuvchi ko‘p sonli va turli xil faktlarga ega bo‘linadi. Bu faktlarni esa ma'lum o‘lchov birliklarida ifodalash, 


hamda tegishli ravishda guruhlarga ajratib ro‘yxatga olib borish zarur. Shu tariqa xo‘jalik faoliyatiga baho 
berish uchun zarur ma’lumotlarga ega bo‘linadi. 
Shunday qilib, hisob yuritish xo‘jalik faoliyatini boshqarish, keng ma'noda esa butun ijtimoiy ishlab 
chiqarishni, ya'ni jamiyatni boshqarish uchun zarur ekan. Boshqacha qilib aytganda, hisobot yuritish deb 
ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayonlarini nazorat qilish va ularni boshqarishni ta'minlash maqsadida, bu 
jarayonlarni miqdor jihatdan aks ettirib, sifat jihatdan tavsiflashga aytiladi. Demak, hisob yuritish 
boshqarishning ajralmas qismi ekan. 
Kishilik jamiyatining dastlabki bosqichlarida hisob butun jamoaga ishlab chiqarish va iste'mol 
uchun qanday mehnat qurollari va mehnat buyumlari zarurligini bilish maqsadida kyerak bo‘lgan bo‘lsa, 
jamiyat sinflarga bo‘lingandan keyingi ijtimoiy-iqtisodiy bosqichlarda esa hukmron sinfning manfaatini 
himoya qilib kelgan. Boshqacha qilib aytganda, sinflar mavjud jamiyatda hisob yuritish o‘zgarib, 
takomillashib va uning roli oshib borgan. Bozor munosabatlarini rivojlantirish bo‘yicha hukumat qabul 
qilgan qarorlarni hayotga tadbiq qilishda, korxonalarni xususiylashtirish va tadbirkorlikni rivojlashtirish 
sharoitida hisob va statistikaning roli yana ham oshib bormoqda. Bunday ulkan vazifalarni amalga oshirish 
uchun hisob ma’lumotlariga ishlov berishni kompyutyerlashtirish, hisobning ilg‘or shakl va uslublarini 
qo‘llash, hisob ishlariga sarflanadigan mablag‘lar va mehnat sarflarini kamaytirishga yerishish zarur. 
Har bir xo‘jalik fakti hisobda korxona faoliyatining ham miqdor, ham sifat jihatlarini tavsiflaydigan 
ko‘rsatkichlarga aylanadi. Bular ayrim mahsulot turlarining haqiqiy tannarxi, korxona faoliyatining 
moliyaviy natijalari va boshqalar. 
Xo‘jalik hisobi xo‘jalik yurituvchi subektni boshqarishda foydalaniladigan axborot tizimidan iborat 
bo‘lib, unda korxona faoliyatida sodir bo‘ladigan barcha jarayonlar va hisob obektlarining holati 
to‘g‘risidagi miqdor va sifat ko‘rsatkichlari haqidagi axborotlar ma'lum qoidalar va standartlar bo‘yicha 
ularni boshqarish uchun ilmiy asoslangan qoidalarga muvofiq qayd qilinadi, o‘lchanadi, ishlov beriladi, 
to‘planadi va guruhlanadi. Xo‘jalik hisobi keng qamrovli va tulaqonli bo‘lishi hamda korxona iqtisodiyotini 
boshqarish vazifalari to‘liq va o‘z vaqtida amalga oshirishga yo‘naltirilgan, ya'ni boshqaruv tizimi uchun 
foydali bo‘lishi lozim. 
Xo‘jalik hisobining mohiyatini uning funksiyalari orqali mufassal ochib berish mumkin (1.1-rasm). 
Xo‘jalik hisobi keng ma'noda boshqaruv funksiyasi bo‘lib, kishilik jamiyatining dastlabki 
bosqichlaridayoq ijtimoiy foydali mehnatning mustaqil turi sifatida ajralib chiqqan. 

Download 4,92 Mb.
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   371




Download 4,92 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



MAVZU. BUXGALTERIYA HISOBINING MOHIYATI, PREDMETI VA METODI

Download 4,92 Mb.
Pdf ko'rish