3. Mulkning saqlanishini ta'minlash funksiyasi. Bu funksiya buxgalteriya hisobi tizimini
takomillashtirish va uning nazorat funksiyasini kuchaytirish bilan chambarchas bog‘liq. Shuni alohida
ta'kidlash zarurki, ushbu funksiyani amalga oshirish uchun quyidagi shart-sharoitlar zarur: jihozlangan
omborxona binolari, nazorat va o‘lchash asboblari, o‘lchagich idishlar va boshqalar.
Inventarizatsiyaushbu funksiyani amalga oshirishning muhim usuli bo‘lib, korxona mulklarining
saqlanishi va ular tarkibida ro‘y beradigan o‘zgarishlarni aniqlashga imkon yaratadi. Uni amalga oshirish
uchun №19-«Inventarizatsiyani tashkil etish va o‘tkazish» nomli Buxgalteriya Hisobi Milliy Standarti
(BHMS) dan foydalaniladi. Ushbu standart O‘zbekiston Respublikasi «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi
qonuning 11-moddasiga muvofiq ishlab chiqilgan.
Inventarizatsiya jarayonida barcha xo‘jalik muomalalari hujjatlar bilan rasmiylashtirilganligi va
tegishli buxgalteriya hisobi schotlarida aks ettirilganligi, zarur aniqliklar va tuzatishlar kiritilayotganligi,
hamda joriy hisob ko‘rsatkichlari va haqiqiy ma’lumotlarning o‘zaro mos (teng) kelishlari tekshiriladi.
Inventarizatsiya mahsulot ishlab chiqarish va realizatsiya qilishga qilingan xarajatlarni, mulklarni
saqlanishi maqsadida to‘g‘ri aks ettirish, asosan xom-ashyo va Materiallar va yoqilg‘i-enyergetik
resurslarning yo‘qotilishi borasida katta ahamiyatga ega. Chunki, bozor iqtisodiyotiga o‘tishning hozirgi
bosqichida va turli mulkchilik shakllari mavjudligi sharoitida inventarizatsiya o‘tkazish, odatda, katta
hajmdagi axborotlarga ishlov berish bilan bog‘liq. Shuning uchun inventarizatsiya o‘tkazish jarayonlarini
ham kompyutyerlashtirish zarur. Asosan katta nomenklaturadagi tovar-moddiy zaxiralarini inventarizatsiya
qilishda kompyutyerlardan foydalanish yuqori samara beradi.