Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solikka tortish \




Download 4,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/371
Sana21.11.2023
Hajmi4,92 Mb.
#102937
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   371
Bog'liq
Buxgalteriya

Ustav kapitali ta'sis hujjatlarida belgilangan hissalarning (pul ifodasidagi) yig‘indisidir. Ustav 
kapitaliga hissa shaklida qo‘shiladigan moddiy va nomoddiy aktivlar ta'sischilar kelishuviga yoki yuridik 
shaxs ijrochi organining qaroriga ko‘ra baholanadi va hisobga olinadi.
Qo‘shilgan kapital aksiyalarni nominal qiymatidan baland narxlarda dastlabki sotishdan olinadigan 
emissiya daromadini aks ettiradi.
Zaxira kapitali mol-mulkni qayta baholash chog‘ida hosil bo‘ladigan inflyatsiya zaxiralarini, 
shuningdek, tekinga olingan mol-mulk qiymatini aks ettiradi.
Taqsimlanmagan foyda foydaning jamg‘arilayotganini ifodalaydi va mulkdorlarning qaroriga 
binoan ustav kapitaliga qo‘shilishi mumkin.
Maqsadli tushumlarga maqsadli tadbirlarni amalga oshirish uchun mo‘ljallangan va qaytarib 
berilmaydigan maqsadli moliyalashtirish mablag‘lari va boshqa tushumlar kiradi. Bundaylarga grantlar, 
subsidiyalar, a'zolik badallari, maqsadli foydalaniladigan soliq imtiyozlari va boshqa maqsadli tushumlar 
misol bo‘ladi.
Kelgusi davr xarajatlari va to‘lovlari uchun zaxiralarga xarajatlar va to‘lovlarni xarajatlarga bir 
tekisda qo‘shish uchun belgilangan tartibda tashkil etiladigan zaxiralar kiradi.
Korxonaga chetdan jalb qilingan yoki qarzga olingan mablag‘lar manbalariga bank 
kreditlari(ssudalari), kreditor qarzlar va korxonaning boshqa majburiyatlari kiradi. 
Bank kreditlari (ssudalari) – bu korxonalarning qo‘shimcha mablag‘larga bo‘lgan talabini qondirish 
uchun korxonaga ma'lum muddatga berilgan davlat mablag‘laridir. Bank ssudalari qat'iy maqsadli ehtiyoj 
uchun beriladi va belgilangan muddatida qaytarilishi kyerak. 
Kreditor qarzlar – bu korxonalarning mol yetkazib beruvchilarga olgan Materiallari uchun, 
pudratchilarga ular tomonidan bajarilgan ish va ko‘rsatilgan xizmatlar hamda boshqa muomalalar bo‘yicha 
paydo bo‘ladigan qarzlardir. 
Korxona majburiyatlari – bu budjetga va budjetdan tashqari fondlarga o‘tkaziladigan ajratma va 
soliq summalari, ishchi va xizmatchilarga (jamoa xo‘jaligi a'zolariga) beriladigan ish (mehnat) haqi 
summasi va boshqalardir. 
Buxgalteriya hisobining obektlariga yuqorida ko‘rib chiqilgan xo‘jalik mablag‘lari va ularning 
tashkil topish manbalaridan tashqari, xo‘jalik jarayonlari ham kiradi. Xo‘jalik jarayonlari ta’minot, ishlab 
chiqarish va realizatsiya  jarayonlaridan iborat.


Korxona faoliyati uni ishlab chiqarish zaxiralari bilan ta'minlashdan boshlanadi. Ishlab chiqarish 
vositalarini sotib olish va tayyorlash jarayoni ta’minot jarayoni deb ataladi. Ta’minot jarayonida pul 
mablag‘lari ishlab chiqarish zaxiralari va asosiy vositalar ko‘rinishiga o‘tadi. Bu bosqichda korxona mol 
yetkazib beruvchilardan, boshqa korxona va tashkilotlardan ishlab chiqarish zaxiralari (minyeral o‘g‘it, 
urug‘lik, yoqilg‘i va moylash Materiallari va h.k.) va asosiy vositalar (mashinalar, qurilmalar va h.k.) sotib 
oladilar va shu bilan birga ishlab chiqarish jarayonining to‘xtovsizligi ta'minlanadi. Ta’minot jarayonining 
vazifalari quyidagicha. 
Ishlab chiqarish jarayonida ishlab chiqarish vositalari ishchi kuchi bilan birikib, uning ta’siri ostida 
ishlab chiqarish vositalarining ayrim elementlari o‘z shaklini o‘zgartiradi va boshqacha xususiyatlarga ega 
bo‘ladi. Bu mahsulotlar tayinlanishiga ko‘ra shaxsiy iste'mol va ishlab chiqarish iste'moli uchun ishlatilishi 
yoki sotilishi mumkin. Ishlab chiqarish jarayoni quyidagi vazifalarni hal etishi lozim. 
Realizatsiya jarayoni xo‘jalik mablag‘larining doiraviy aylanishini yakunlar ekan, korxona o‘z 
tayyor mahsulotini xaridorlarga va boshqa korxonalarga sotadi va natijada ulardan pul kelib tushadi. 
Shunday qilib, bu jarayonda tayyor mahsulot pul shakliga o‘tadi. Ko‘p hollarda sotilgan mahsulot uchun 
pul kelib tushishi mahsulot sotilgan vaqtdan kechikadi. Realizatsiya jarayoni oldiga quyidagi vazifalar 
quyiladi.
Bunday hollarda mahsulot vaqtincha muomaladagi mablag‘lar, ya'ni debitor qarz shakliga o‘tadi. 
Shunday qilib, xo‘jalik faoliyati jarayonida korxona mablag‘lari doiraviy aylanishining uchta 
bosqichini ketma-ket o‘tar ekan. Ularning ayrimlari ta’minot jarayonida bo‘lganida, ayrimlari ishlab 
chiqarish jarayonida bo‘ladi, shuningdek bir qismi realizatsiya jarayonida bo‘ladi va natijada biridan 
ikkinchisiga o‘tib turadi (xo‘jalik jarayonlarini hisobga olish uslubiyoti 5,6 va 7-boblarda batafsil bayon 
qilingan).
Demak, xo‘jalik mablag‘lari va ularning manbalari doimo harakatda bo‘lib, o‘zgarib turar ekan. 
Xo‘jalik mablag‘lari va ular manbalarining tarkibi va tuzulishida sodir bo‘lib, tegishli hujjatlar bilan 
tasdiqlangan ayrim o‘zgarishlar xo‘jalik operatsiyasi deb ataladi. Masalan, ishlab chiqarishga moddiy 
boyliklarni sarflash, olingan mahsulotlarni kirim qilish va boshqa shunga o‘xshash ayrim muomalalar. 
Xo‘jalik mablag‘lari va ularning tashkil topish manbalarida o‘zgarish sodir qiluvchi barcha xo‘jalik 
muomalalari tegishli hujjatlar bilan rasmiylashtiriladi va buxgalteriya hisobida aks ettiriladi. Xo‘jalik 
mablag‘lari, ularning tashkil topish manbalarining tarkibi va funksional rolini, ularning doiraviy aylanish 
jarayonlaridagi harakatini ko‘rib chiqib, buxgalteriya hisobi predmetiga umumiy ta’rif berish mumkin. 
Korxonalar, tashkilotlar va muassasalarning pulda baholanadigan xo‘jalik mablag‘lari, ularning 
tashkil topish manbalari, hamda xo‘jalik faoliyati jarayonida sodir bo‘ladigan mablag‘lar doiraviy aylanishi 
va manbalar o‘zgarishi buxgalteriya hisobining predmetini tashkil etadi. 

Download 4,92 Mb.
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   371




Download 4,92 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solikka tortish \

Download 4,92 Mb.
Pdf ko'rish