qurilish, kapital tuzatish xarajatlari kapital quyilmalar va kapital ta'mirlashdagi aylanma mablag‘lar
qatoriga kiradi.
Ishlab chiqarilgan mahsulotning tovar qismi (ya'ni sotishga mo‘ljallangan qismi), pul mablag‘lari
debitorlar bilan hisoblashuvdagi va muomala jarayoniga xizmat qiluvchi mablag‘lar muomala sohasidagi
mablag‘larni tashkil etadi.
Sotgan mahsulotlari uchun korxonalar pul oladilar va bu pullardan ishlab chiqarish vositalari
(Materiallar, urug‘lik, neft mahsulotlari) sotib olish, ish haqi berish uchun, davlat budjeti bilan hisoblashish
uchun va boshqa maqsadlarda foydalanadilar. Korxonaning pul mablag‘lari bankning hisoblashuv schoti
va maxsus schotlarida yoki kassada saqlanadi. Korxona ixtiyorida mahsulot sotishdan va xizmat
ko‘rsatishdan tushgan pullardan tashqari ishlab chiqarishni kengaytirishni budjetdan moliyalashtirish yoki
mavsumiy sarflarni qoplash ko‘rinishidagi pul mablag‘lari ham bo‘ladi.
Sotilgan mahsulot, bajarilgan ish va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun pul mablag‘lari kelib tushishi
amalda mahsulot sotilgan yoki xizmat bajarilgan vaqtidan kechikib sodir bo‘ladi. Sotilgan mahsulot yoki
ko‘rsatilgan xizmat uchun mazkur korxonaga qarzdor bo‘lgan korxonalar yoki ayrim shaxslar
debitorlar,
qarzning o‘zi esa, (hisoblashuvdagi mablag‘lar)
debitor qarz deb ataladi.
Shunday qilib, korxonaning muomala sohasidagi mablag‘lari amaliyotda tayyor mahsulotlar (tovar)
ko‘rinishida omborlarda, pul mablag‘lari kassada yoki hisoblashuvda (debitor qarz) bo‘lishi mumkin.
Mablag‘lar mavjudligi va joylashuvi xo‘jalikning iqtisodini to‘liq tavsiflay olmaydi. Buning uchun
ularning manbalarini bilish zarur.
Xo‘jalik mablag‘lari tashkil topish manbalari va tayinlanishiga ko‘ra korxonaning
o‘z mablag‘lari
manbalari va
majburiyatlari yoki qarzga olingan mablag‘lar manbalariga bo‘linadi.
Korxonaning o‘z mablag‘lari manbalari
xususiy kapital, maqsadli tushumlar hamda
kelgusi davr
xarajatlari va to‘lovlari uchun zaxiralardan iborat.
«Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi qonunga muvofiq korxonaning xususiy kapitali: ustav kapitali,
qo‘shilgan kapital, zaxira kapitali va taqsimlanmagan foydalan tarkib topadi.