|
Buxgalteriya hisobining predmeti va obektlariBog'liq Buxgalteriya1.7. Buxgalteriya hisobining predmeti va obektlari
Ma'lumki, u yoki bu sohani o‘rganuvchi har bir fan o‘z predmeti, ya'ni o‘rganiladigan obektlariga
va metodi, ya'ni shu predmetni o‘rganish usullarining ilmiy asoslangan majmuasiga ega bo‘lishi lozim.
Shuningdek, buxgalteriya hisobi ham iqtisodiy fanlarning mustaqil bir tarmog‘i sifatida o‘z predmeti va
metodiga ega.
Korxonalar xo‘jalik faoliyati amaldagi qonunchilik va tasdiqlangan biznes-rejasiga muvofiq
Xo‘jalik yurituvchi subekt moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirishi uchun zarur mablag‘lar va
ularning vujudga kelish manbalariga ega bo‘lishlari lozim. mablag‘lar va manbaar ta’minot, ishlab
chiqarish va realizatsiya jarayonlarida sodir bo‘ladigan xo‘jalik muomalalari ta’sirida o‘zgaradi.
Yuqorida ta'kidlanganidek, buxgalteriya hisobi tadbirkorlikni rivojlantirish va biznesni
boshqarishda muhim ahamiyatga ega. Lekin, buxgalteriya hisobi korxona xo‘jalik faoliyatining pulda
ifodalanadigan qisminigina aks ettiradi. Bu esa buxgalteriya hisobining obektlarini belgilab beradi.
Buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonun»ning 4-moddasiga muvofiq «Asosiy va joriy aktivlar,
majburiyatlar, xususiy kapital, zaxiralar, daromadlar va xarajatlar, foyda, zararlar hamda ularning harakati
bilan bog‘liq xo‘jalik muomalalari buxgalteriya hisobining obektlaridir». Korxonalar o‘z xo‘jalik
faoliyatini amalga oshirishlari uchun zarur mablag‘lar, mashinalar, qurilmalar, pul, moddiy boyliklar va
boshqalarga ega bo‘lishlari kyerak. Bu mablag‘larning tarkibi va ko‘lami korxonalarning xo‘jalik
faoliyatining yo‘nalishi (sanoat, qishloq xo‘jaligi, savdo va h.k.) bilan bog‘liq bo‘lib, ularning biznes-
rejalari bilan belgilanadi.
Xo‘jalik mablag‘larining tarkibi va joylashishi bo‘yicha hisobga olish korxonaning muayyan
mablag‘lari (mashinalar, bino va inshootlar, Material va mahsulotlar va h.k.) to‘g‘risida ma’lumot bersa,
ularni vujudga kelish manbalari va tayinlanishi bo‘yicha hisobda aks ettirish esa, bu mablag‘larningxususiy
mulk hamda ularning korxonaga biriktirilganligi yoki vaqtincha ishlatilayotganligi va xo‘jalik
mablag‘larining qanday maqsadlarga mo‘ljallanganligini aniqlash imkonini beradi.
Shunday qilib, eng umumiy ko‘rinishda buxgalteriya hisobi predmetining mazmuni hisob
|
| |