• 1.6. Buxgalteriya hisobi axborotlaridan foydalanuvchilar
  • Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solikka tortish \




    Download 4,92 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet55/371
    Sana21.11.2023
    Hajmi4,92 Mb.
    #102937
    1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   371
    Bog'liq
    Buxgalteriya

    paydo bo‘lish jarayoni
    5. Tahliliy funksiya xo‘jalik yurituvchi subektlar moliya-xo‘jalik faoliyatini va uning natijalarini 
    tahlil qilishdan iborat. Axborotdan foydalanuvchilar (ichki va tashqi) hisob-iqtisodiy axborotlarga asosan 
    xo‘jalik yurituvchi subektning mulkiy holati, to‘lov layoqati, chetdan kapital jalb qilishi, ichki va tashqi 
    munosabatlari, faoliyat samaradorligi, rivojlantirish istiqbollari va hokazolar to‘g‘risida zarur 
    ma’lumotlarni olishga intiladilar. Boshqaruv maqsadlari uchun resurslarning barcha turlaridan foydalanish, 
    ishlab chiqarish va realizatsiya xarajatlari; foydaning shakllanishi, taqsimlanishi va ishlatilishi va shunga 
    o‘xshashlar tahlil qilinishi lozim. Tahlil jarayonida haqiqiy ko‘rsatkichlar, reja, normativ, smeta 
    ko‘rsatkichlari bilan taqqoslanib, tafovut sabablari aniqlanadi. Demak, opyerativ boshqaruv, boshqaruv 
    qarorlarini tayyorlash, asoslash va qabul qilish hamda korxonaning moliya-xo‘jalik faolitini prognozlashda 
    buxgalteriya hisobi tahliliy funksiyasining ahamiyati beqiyosdir.
    1.6. Buxgalteriya hisobi axborotlaridan foydalanuvchilar
    Buxgalteriya hisobi o‘ziga xos xususiyatlari tufayli ko‘p hollarda «biznesning tili», rivojlangan 
    bozor ishtirokchilarining muloqat qiladigan umumiy tili deb e'tirof etiladi. Tegishli axborotlar ulardan 
    foydalanuvchilarga buxgalteriya hisobi tilida, ya'ni tadbirkorlar «o‘qiy oladigan» tilda yetkaziladi. Xo‘jalik 
    yurituvchi subekt to‘g‘risidagi axborotlarga qiziquvchi istalgan yuridik yoki jismoniy shaxs moliyaviy 
    hisobotdan foydalanuvchi deb tan olinadi. Shu munosabat bilan hisob axborotlaridan foydalanuvchilar 
    doirasining manfaatlari shakllanadi. Mazkur foydalanuvchilar doirasi yetarli darajada barqaror bo‘lishiga 
    qaramasdan, ularning axborotlarga talabi har xil. Farqlar eng avvalo manfaatlar xilma-xilligidan kelib 
    chiqadi. Birovlarni mazkur xo‘jalik yurituvchi subektga quyilgan kapitaldan olinadigan daromad qiziqtirsa, 
    boshqalarni – ushbu daromadni soliqqa tortish, uchinchi birovlarni – sarflangan mehnatga to‘liq va o‘z 
    vaqtida haq to‘lash hamda boshqa shu kabilar qiziqtiradi. Hisob axborotidan foydalanuvchilar talablarining 

    Download 4,92 Mb.
    1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   371




    Download 4,92 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solikka tortish \

    Download 4,92 Mb.
    Pdf ko'rish