212
2.2.3-masala. Ikkita to‘lovlar birlashtirildi – 100 kundan so‘ng to‘lanishi kerak bo‘lgan 3 mln.
so‘m va 130 kundan so‘ng to‘lanishi kerak bo‘lgan 5 mln. so‘m. Hisob-kitoblarda yiliga 12%lik oddiy
stavkadan foydalangan holda, umumlashtirilgan to‘lov miqdorini aniqlang (vaqt bazasi – 360 kun).
To‘g‘ri javob: 8,11 mln. so‘m
2.2.4-masala. To‘lash muddati 2 va 5 yil bo‘lgan tegishli tarzda 10 va 15 mln. so‘mlik
to‘lovlar, muddati 4 yil bo‘lgan to‘lovda umumlashtirildi. Hisob-kitoblarda 15% yillik murakkab
stavkadan foydalangan holda, umumlashtirilgan to‘lov miqdorini aniqlang.