|
Tavakkalchilik uchun mukofot modeli Pdf ko'rish
|
bet | 147/230 | Sana | 18.12.2023 | Hajmi | 4,03 Mb. | | #122991 |
Bog'liq 9FGpxRXF4oZVzQ4RAFkIWArGCd7lguGpnEliCPmRTavakkalchilik uchun mukofot modeli. Ushbu model o‘ziga xosligi bilan ajralib turadi, chunki u
shartnomaviy xarakterga ega. Shartnoma, kapital qo‘yilma tavakkalchiligi uchun mukofot qanchalik
bo‘lishi to‘g‘risida korxona va potensial investor o‘rtasida tuziladi. Shaxsiy kapital qiymati quyidagi
formulaga asosan baholanadi:
, (4.4)
Bu yerda: S
n
– investorning oddiy (o‘rtacha tavakkalchilikli) imkoniyatlarga pul qo‘yishning
qaytarilish darajasi;
RP – tavakkalchilik uchun mukofot.
Chet ellik investorlarni, faqatgina tavakkalchilik uchun katta mukofot evazigagina O‘zbekiston va
MDHning boshqa mamlakatlari korxonalariga kapital kiritish uchun jalb qilish mumkin, va bunday
holatda aynan ushbu model qo‘l keladi.
Sanab o‘tilgan modellardan, davlat korxonalari uchun o‘zini-o‘zi moliyalashtirish sharoitiga
moslashtirilgan aksiyaga to‘g‘ri keladigan foyda modeli eng qulay hisoblanadi. Bu holatda kapital
qiymati bo‘lib korxona yillik foydasining, ko‘rib chiqilayotgan yilga qadar yig‘ilgan korxonaning
shaxsiy mablag‘lariga nisbati xizmat qilishi mumkin.
, (4.5)
Bu yerda: P – korxona ixtiyorida qolgan yillik foyda;
S – yil oxiriga kelib korxona balansidagi shaxsiy mablag‘lari summasi.
Qayta jalb qilingan kapital qiymati.
Yangi (qayta jalb qilingan) shaxsiy kapital qiymati, odatda, mavjud shaxsiy kapital qiymatiga
nisbatan yuqori bo‘ladi. Korxona qo‘shimcha aksiyalarni chiqarganda, u mavjud aksiyalarning bozor
narxidan kamroq pul oladi. Bu yangi aksiyalarni chiqarish bo‘yicha qo‘shimcha xarajatlar, va bundan
tashqari yangi aksiyalarni tez sotish istagi bilan bog‘liqdir.
Qayta jalb qilingan kapital qiymatini hisoblashda, dividendlarning o‘sish modeli doirasidagi
quyidagi formuladan foydalaniladi:
, (4.6)
Bu yerda: F – yangi chiqarilayotgan aksiyalarning bozor qiymatini pasayishini aks ettiruvchi,
aksiyalarni chiqarish qiymati.
|
| |