215
to‘lanadi. Ushbu obligatsiya 3 yildan keyin 320 ming so‘mdan qaytarib olinishi nazarda tutilgan.
Amalga oshirilgan daromadlilikni toping.
To‘g‘ri javob: 30,4%.
3.2.4-masala. Obligatsiya qoplanishiga 4 yil qolganda, 80 ming so‘mga teng bo‘lgan bozor
narxida sotib olingan. Obligatsiyaning nominal qiymati – 100 ming so‘m, kupon stavkasi – 12%,
kupon to‘lovlari har yarim yilda to‘lanadi. To‘liq daromadlilikni toping.
To‘g‘ri javob: 19,4%
3.2.5-masala. Obligatsiya 60 ming so‘mlik bozor narxida, qoplanishiga 4 yil qolganda sotib
olingan. Obligatsiyaning nominal qiymati – 70 ming so‘m, kupon stavkasi – 20%, kupon to‘lovi har
yarim yilda to‘lanadi. Foiz stavkasi 2%ga o‘sishi prognoz qilinmoqda. Narxning prognoz darajasini
toping.
To‘g‘ri javob: 57,09 ming so‘m.
3.3. Obligatsiya va aksiyalar qiymatini baholash
3.3.1-masala. Nominal qiymati 100 so‘m va talab qilingan daromadliligi 12% bo‘lgan
obligatsiyalarning investitsiyaviy qiymatini aniqlang:
Obligatsiyalar
Yillik kupon daromadi
(nominalga nisbatan %da)
Qoplanishigacha muddat
(yil)
A
8
1
B
8
2
V
8
3
G
12
1
D
12
2
ye
12
3
J
14
1
Z
14
2
I
14
3
To‘g‘ri javob: (A: 964,286 so‘m.; B: 932,398 so‘m.; V: 903,927 so‘m.; G: 1000 so‘m.; D: 1000
so‘m.; ye: 1000 so‘m.; J: 1017,857 so‘m.; Z: 1033,801 so‘m.; I: 1048,036 so‘m.)
3.3.2-masala. Quyidagi obligatsiyaning to‘liq va sof narxi, hamda jamg‘arilgan foizlarini
toping. Nominal qiymati 500 ming so‘m, yillik kupon stavkasi – 14%, kupon to‘lovi har yarim yilda
to‘lanadi. Obligatsiya 2007 yil 20 iyunda sotib olingan va 2008 yil 1 sentyabrda qoplanishi kerak.
Talab qilingan daromadlilik – yiliga 30%, vaqt bazasi 30/360.