220
bozori bo‘yicha o‘rtacha foiz stavkasi esa 12%ga teng. Kapital aktivlarning narx modeli yordamida
korxonalar kapitali qiymatini aniqlang.
To‘g‘ri javob: AVS – 9,0%; XYZ – 13,2%.
4.4-masala. FMR korxonasining daromadi, dividendlari va aksiyalarining bozor narxi yiliga
7% o‘sishi kutilmoqda. Hozirgi kunda korxona aksiyalarining narxi 23 ming so‘m, oxirgi dividend
qiymati 2000 so‘m va yil oxiridagi qiymati 2140 so‘mni tashkil etadi.
A) dividendlarning prognoz qilinadigan o‘sishi modelidan foydalangan holda korxona shaxsi
kapitali qiymatini aniqlang;
B) korxona uchun βq1,6 tavakkalchiliksiz kapital qo‘yilmaning foiz stavkasi 9%ga, fond bozori
bo‘yicha o‘rtacha foiz stavka 13%ga teng. Kapital aktivlarning narx modelini qo‘llagan holda, korxona
shaxsiy kapitali qiymatini baholang;
To‘g‘ri javob: a) 16,3% ; b) 15,4%.
4.5-masala. Korxona oddiy aksiyalarining bozor qiymati 620 mln. so‘mni, imtiyozli aksiyalari
qiymati 140 mln. so‘mni, umumiy qarz kapitali esa 340 mln. so‘mni tashkil etadi. Shaxsiy kapital
qiymati 14%ga, imtiyozli aksiyalari qiymati 10%ga, obligatsiyalari qiymati esa 9%ga teng. Soliq
stavkasi 30%ga teng bo‘lganda, korxona kapitalining o‘rtacha o‘lchangan qiymatini toping.
To‘g‘ri javob: 11,1107%.
4.6-masala. Korxona bitta oddiy aksiyasining joriy qiymati 34 ming so‘mga teng. Keyingi
yilda kutilayotgan dividend kattaligi 2340 so‘mni tashkil etadi. Bundan tashqari, korxona
dividendlarning yiliga 2%lik o‘sishini rejalashtirgan. Korxona oddiy kapitali qiymatini aniqlang.