246
Biznes-loyihani amalga oshirish uchun barcha sharoitlar mavjud, xususan fermer xo‘jaligining
ushbu loyihasi uchun lozim bo‘lgan uskuna va texnologiyalar tanlandi, uning texnik tavsiflari batafsil
o‘rganib chiqildi va fermer xo‘jaligining Nizomi asosida ish yuritish ko‘zda tutilib, lozim bo‘lgan
kafolat ta'minoti shakllantirildi.
Amaldagi sanitariya me'yorlari nuktai-nazaridan ham, ushbu loyiha barcha qo‘yiladigan
me'yorlarga javob beradi.
Loyiha ekologik toza tovar mahsulotlari ishlab chiqarishni nazarda tutadi va u atrof-muhit va
inson organizmiga hyech qanday zararli ta'sir ko‘rsatmaydi.
3. Bozor va marketing konsepsiyasi
3.1. Talab va taklif
Uch yillik meva va sabzavotlarni ishlab chiqarish hajmi.
Kuritilgan meva va sabzavotlarni eksport va import dinamikasi.
Tahlil natijasi ko‘rsatdiki Kashkadaryo viloyatida meva va sabzavot mahsulotlarini kuritish
liniyasini amalga oshirish Respublikani eksport imkoniyatlarini oshirishga ta'sir ko‘rsatadi.
3.2 Marketing konsepsiyasi, sotuvlar bashorati.
Hozirgi kunda «Rajab Momo» fermer xo‘jaligi Ukrainani «Konkurent» firmasi bilan 10 kg
kadoklangan mahsulot uchun kuritilgan piyozni realizatsiyasi uchun shartnoma tuzgan. Kuritilgan
olma va o‘rik mahsulotini realizatsiyasi uchun Karshidagi «AZD» firmasi bilan 200 gr kadoklangan
mahsulot uchun shartnoma tuzgan.
Zamonaviy yuqoritexnologik uskuna asosida joylarda qishloq xo‘jalik mahsulotlarini kuritishni
tashkil etish natijasida mahsulot sifati oshib hamda uning tannarxi kamayadi bu esa ichki bozorni
yukori sifatli va arzon mahsulot bilan ta'minlanish imkoniyatini beradi.