Tranzit schyotlar (T) - bu hisobot davrida foydalaniladigan, lekin yopiladigan Moliyaviy
natijalar to‘g‘risidagi xisobotda aks ettiriladigan hisobot davri oxiriga qoldiqqa ega bo‘lmaydigan
daromadlar va xarajatlarning vaqtinchalik schyotlaridir.
Transfert - 1. bankning o‘tkazmada ko‘rsatilgan shaxsga muayyan summani to‘lash haqida o‘z
vakiliga bergan buyrug‘i;
2. summani bir hisob raqamdan boshqasiga o‘tkazish;
3. aksiyaga egalik huquqini o‘tkazma ustxat orqali bir aksiyadordan boshqasiga o‘tkazish;
4. pulni bir moliyaviy muassasadan boshqasiga o‘tkazish;
5. xorijiy valyuta yoki oltinni bir mamlakatdan boshqasiga o‘tkazish
Transfert daftari - aksiyalarga egalik qilish huquqini boshqaga o‘tkazish qayd etiladigan daftar
Tranchizi - 10-30 mln. dollarlik katta yevrodollar guvohnomalarining mayda investorlarga
sotiladigan va katta guvohnoma ko‘rsatkichlari (foizi, chiqari-lish sanasi, qayta sotib olinish sanasi)ga
ega bo‘lgan mayda (10 mln dollarlik) qismlari
Transh - obligatsiya zayomining alohida bo‘lak holda chiqariladigan ulushi (turkumi)
Trassant - o‘tkazma veksel sohibi
Trassat - o‘tkazma veksel bo‘yicha to‘lovchi
Trast - 1. xususiy shaxslar va tashkilotlar uchun ishonch asosidagi xizmatlarni bajaruvchi
kompaniya;
2. mol-mulkni ishonch asosida boshqarish
Trast-vakil - ishonch bildirilgan vakil
Trast-kompaniya -korporatsiya yoki alo-hida shaxslar mol-mulki va qimmatli qog‘ozlarini
ishonch asosida boshqarish maqsadida ta'sis etilgan muassasa
324
Trast-fond - muayyan qimmatli qog‘ozlar to‘plamini ishonch asosida boshqarishga tayanadigan
fond
Tratta - o‘tkazma veksel
Tratta aksepti - o‘tkazma veksel to‘lani-shiga rozilik bildirilganligi haqidagi qayd