323
Spot bozori - darhol yetkazib beriladigan nakd mollar savdo qilinadigan bozor
Spred - 1. turli muddatda yetkazib beri-ladigan bitta yoki o‘zaro bog‘liq ikkita molga
mo‘ljallangan fyuchers shartno-malarini bir vaqtda xarid qilish va sotish;
2. soliqlarni kamaytirish maqsadida o‘zaro bog‘lik bo‘lmagan mollar fyuchers shartnomalarini
bir vaqtda xarid qilish va sotish;
3. boshlang‘ich narxi turlicha bo‘lgan yoki opsion tugagunga qadar turli davrga ega bo‘lgan bir
turdagi opsionlarni bir vaqtda xarid qilish va sotish;
4. narx-navo o‘zgarib turishi ko‘lami;
5. narxlar o‘rtasidagi farq
Spreder - turli vaqtdagi muddatli shartnomalarni bir vaqtning o‘zida sotuvchi va xarid qiluvchi
birja savdogari
Csuda marjasi - kredit ajratishdan olingan daromad va mablag‘ jalb etish qiymati o‘rtasidagi
farq
Stagnatsiya - iqtisodiyotda, ishlab chiqarishda yoki savdoda tanazzullikni yuzaga keltiruvchi
turg‘unlik
Stagflyasiya - inflyasiyaning iqtisodiy inqiroz bilan bir vaqtda sodir bo‘lishi; ishlab chiqarish
tanazzulligi, narx-navo va ishsizlikning o‘sishi bir vaqtda sodir bo‘ladigan iqtisodiyot holati.
Subsidiya-yordam, qo‘llab-kuvvatlash
Tajriba-konstruktorlik ishlari - yangi yoki jiddiy tarzda yaxshilangan materiallar,
mexanizmlar, mahsulotlar, texnologiyalar, tizimlar yoki xizmatlarni rejalashtirish yoxud
loyihalashtirish uchun, ularni tijorat maqsadlarida ishlab chiqarish yoki foydalanishdan oldin, ilmiy
tadqiqot ishlari natijalarini yoki boshqa bilimlarni qo‘llash.
tovar-moddiy zaxiralar - keyinchalik sotish maqsadida normal faoliyat yuritish jarayonida tutib
turiladigan va ishlab chiqarish jarayonida mavjud bo‘lgan, shuningdek mahsulot ishlab chiqarish,
ishlarni bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatish jarayonida yoxud ma'muriy va ijtimoiy-madaniy vazifalarni
amalga oshirish uchun foydalaniladigan moddiy aktivlar;
Tezkor lizing - ijraga olinadigan mulkni to‘liq amortizatsiya qilmaslik sharoitida va kelishilgan
vaqt davri davomida tuziladigan lizing.