• 1.1.-Rasm. Investitsiyalarning turli belgilar bo’yicha turkumlanishi.
  • Инвестицияларни туркумлаштириш белгилари




    Download 4,03 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet33/230
    Sana18.12.2023
    Hajmi4,03 Mb.
    #122991
    1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   230
    Bog'liq
    9FGpxRXF4oZVzQ4RAFkIWArGCd7lguGpnEliCPmR

    Инвестицияларни туркумлаштириш белгилари 
    1. Mablag‘ 
    kiritish 
    ob'ektlari 
    bo‘yicha 
    2. 
    Investitsiyal
    ashdagi ishtiroki 
    bo‘yicha 
    3.Investitsiyal
    ash davri 
    bo‘yicha 
    4.Investitsiyaviy 
    resurslarning 
    mulkchilik shakli 
    bo‘yicha 
    5.Mintaqa
    viy belgisi 
    bo‘yicha 
    1.1.-Rasm. Investitsiyalarning turli belgilar bo’yicha turkumlanishi. 
    Davlat investitsiyalari deganda byudjet va nobyudjet fondlari, hamda qarz mablag`lari hisobiga 
    markaziy va mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlari, hamda o’zining shaxsiy va qarz mablag`lari 
    hisobiga davlat korxona va tashkilotlari kiritadigan kapital qo’yilmalar tushuniladi. 
    Chet el investitsiyalari - chet ellik fuqarolar, yuridik shaxslar va davlatlar tomonidan amalga 
    oshirilidigan kapital qo’yilmalardir. 
    Qo’shma investitsiyalar - mazkur mamlakat va chet el davlatlari sub'ektlari tomonidan qo’shma 
    ravishda amalga oshiriladigan investitsiyalardir. 
    5. 
    Hududiy belgisi bo’yicha mamlakat ichidagi va mamlakat tashqarisidagi investitsiyalar 
    farqlanadi. 
    Investitsiyalar o’z ob'ekti bo’yicha ham quyidagicha turkumlanishi mumkin: 
    - kapital (real aktivlarga); 
    - innovatsion (texnika va yangi texnologiyalarning yangi avlodini ishlab chiqishga 
    yo’naltirilgan); 
    - ijtimoiy (inson salohiyatini, ishlab chiqarish tajribasini rivojlantirish, nomoddiy boyliklarning 
    boshqa shakllariga kiritiladigan). 
    Bundan tashqari, loyiha boshlanishida korxona xarid qilishda amalga oshiriladigan boshlang`ich 
    yoki netto-investitsiyalar mavjud. Reinvestitsiyalar bilan birgalikda ular brutto-investitsiyalarni tashkil 
    etadi. 
    Reinvestitsiyalar - yangi ishlab chiqarish vositalarini yaratish yoki xarid qilishga va boshqa 
    maqsadlarda foydalaniladigan, qayta bo’shagan investitsiyaviy resurslardir. Bunday investitsiyalar 
    mavjud ob'ektlarni yangilash, texnologik uskunalarni zamonaviylashtirish, yangi mahsulot turlarini 
    ishlab chiqish, yangi bozorlarni tashkil etish va boshqa maqsadlarga yo’naltirilishi mumkin. 
    Ishlab chiqarishga, qimmatli qog`ozlarga va boshqa turdagi investitsiyalarni amalga oshirish 
    quyidagi hollardagina maqsadga muvofiq bo’ladi: 
    - ushbu qo’yilmadan olinadigan sof foyda, mablag`larni bank depozitiga qo’yish orqali 
    olinadigan sof foydadan yuqori bo’lsa; 
    - investitsiyalar rentabelligi inflyatsiya darajasidan yuqori bo’lsa; 
    M
    a
    m
    la
    k
    a

    ta
    sh
    q
    a
    ri
    si
    d
    a
    g

    in
    v
    e
    st
    it
    si
    y
    a
    la

    M
    a
    m
    la
    k
    a

    ic
    h
    id
    a
    g

    in
    v
    e
    st
    it
    si
    y
    a
    la

    U
    zo
    q
    m
    u
    d
    d
    a
    tl

    in
    v
    e
    st
    it
    si
    y
    a
    la

    B
    il
    v
    o
    si
    ta
    i
    n
    v
    e
    st
    it
    si
    y
    a
    la

    R
    e
    a

    in
    v
    e
    st
    it
    si
    y
    a
    la

    M
    o
    li
    y
    a
    v
    iy
    i
    n
    v
    e
    st
    it
    si
    y
    a
    la

    B
    e
    v
    o
    si
    ta
    i
    n
    v
    e
    st
    it
    si
    y
    a
    la

    Q
    is
    q
    a
    m
    u
    d
    d
    a
    tl

    in
    v
    e
    st
    it
    si
    y
    a
    la

    C
    h
    e

    e

    in
    v
    e
    st
    it
    si
    y
    a
    la
    ri
    D
    a
    v
    la

    in
    v
    e
    st
    it
    si
    y
    a
    la
    ri
    X
    u
    su
    si
    y
    i
    n
    v
    e
    st
    it
    si
    y
    a
    la

    Q
    o
    ‘s
    h
    m
    a
    i
    n
    v
    e
    st
    it
    si
    y
    a
    la



    40 
    - pullarning vaqt oralig`idagi qiymatini hisobga olgan holda, mazkur loyiha rentabelligi, boshqa 
    alternativ loyihalar rentabelligidan yuqori bo’lsa; 
    - loyiha amalga oshirilgandan so’ng korxona aktivlarining rentabelligi oshsa (yoki kamaymasa) 
    va har holda qarz mablag`lari bo’yicha o’rtacha hisob stavkasidan yuqori bo’lsa; 
    - ko’rib chiqilayotgan loyiha, ishlab chiqarishning ratsional tuzilmasini shakllantirish, 
    xarajatlarni qoplash muddatlari, moliyaviy manbalarning mavjudligi nuqtai-nazaridan korxonaning 
    bosh maqsadlariga muvofiq kelsa. 
    Shuni ham ta'kidlab o’tish lozimki, mazkur umumiy tamoyillar bo’lishiga qaramasdan, u yoki bu 
    xo’jalik faoliyatini yurituvchi sub'ekt uchun investitsiyaviy siyosatning asosiy mezonlarini aniqlash 
    juda ham sub'ektiv va muayyan bosqichdagi strategik moliyaviy maqsadlarga bog`liq bo’ladi. 
    Ammo sub'ektivlikning har qanday darajasida investitsiyalar bo’yicha qaror qabul 
    qilinayotganda, moliyaviy menejer pullarning vaqt oralig`idagi qiymatini, loyiha tavakkalchiligi 
    darajasini, loyihaning alternativ loyihalardan ustunligini va boshqa ko’plab omillarni e'tiborga olishi 
    lozim. 
    Shunday qilib, investitsiyalar to’g`risida qaror qabul qilish kutilayotgan daromadlilik va 
    tavakkalchilik nisbati tahliliga asoslanadi. Shuning uchun ham, investitsiyalar mohiyati to’g`risida gap 
    yuritayotganda, ularning turli xil tavakkalchilik va kutilayotgan daromadga bog`liq ekanliklarini esdan 
    chiqarmaslik lozim. Pullarning daromad olib kelish qobiliyati ularning kelib chiqish manbai va 
    iste'mol yo’nalishlari, ya'ni pul qayerdan kirib kelishi va nimaga investitsiya sifatida qo’yilishiga 
    bog`liq bo’ladi. Demak, kapital manbalarining ishonchliligi va mablag`larni to’g`ri investitsiya qilish 
    o’rtasida uzluksiz aloqa kuzatiladi. Ushbu belgilari bilan investitsiyalar boshqa qo’yilmalardan 
    farqlanadi. 

    Download 4,03 Mb.
    1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   230




    Download 4,03 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Инвестицияларни туркумлаштириш белгилари

    Download 4,03 Mb.
    Pdf ko'rish