|
Investitsiyalar manbalariBog'liq 9FGpxRXF4oZVzQ4RAFkIWArGCd7lguGpnEliCPmR4. Investitsiyalar manbalari.
Umuman olganda, korxona moliyaviy resurslarining barcha manbalarini quyidagi ketma-ketlikda
aks ettirish mumkin:
- o’z shaxsiy moliyaviy resurslari va ichki xo’jalik zaxiralari;
- qarz moliyaviy mablag`lari;
- aksiyalarni sotish, pay va boshqa turdagi badallardan olinadigan, jalb qilingan moliyaviy
mablag`lar;
- korxonalar uyushmalari tomonidan markazlashtirilgan moliyaviy mablag`lar;
- nobyudjet fondlari mablag`lari;
- davlat byudjeti mablag`lari;
- chet el investorlari mablag`lari.
O’z moliyaviy resurslari. O’z moliyaviy resurslarining tuzilmasi 1.2.-rasmda keltirilgan.
1.2.-Rasm. O’z moliyaviy mablag`lar tuzilmasi
O’z va qarz moliyaviy mablag`lar o’rtasidagi asosiy farq shundaki, foiz to’lovlari soliq
to’lagunga qadar chegirib tashlanadi, ya'ni yalpi xarajatlarga kiritiladi, dividendlar esa foydadan
to’lanadi.
Qarz moliyaviy mablag`lar. Qarz moliyaviy mablag`larning tuzilmasi 1.3.-rasmda aks ettirilgan.
O‘z moliyaviy mablag‘lari
Korxona egalari
badallarining puldagi
qismi (ustav fondlari)
Xo‘jalik faoliyati natijasida
paydo bo‘lgan jamg‘armalar
Ichki aktivlar
Qarz moliyaviy mablag‘lari
Bank krediti
Qarz majburiyatlariga olingan
yuridik shaxslar ssudalari
Obligatsiyalarni
joylashtirish
Lizing
|
| |